e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb nom berishni taklif qildi. Ushbu taklif yig‘ilish
qatnashchilari tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi.
Nega 2023 yilga bunday nom berildi? Prezident 2023 yilgi rejalarni to‘g‘ri olish
uchun «juda katta-katta odamlarni pastlarga, birinchi marta mahallalargacha
tushirilgani»ni ta’kidladi. «Qani, odamlarimiz nima istayapti? Nima niyatlari bor?
Nimadan rozi, nimadan norozi? Kelajakka nima takliflari bor?», — degan savollarni
qo‘ydi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, 20 mingga yaqin takliflar muhokama
qilingan. «Odamlarimiz ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot yo‘nalishlaridagi aniq-aniq
4
O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni–Toshkent: 2020-yil 23-sentabr. 1-bet
O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
15-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.01.2023
masalalarni ko‘tarib, ular bo‘yicha tizimli yechimlarni ham taklif qilgan», — dedi
prezident. Davlat rahbari ularni «hozirgi vaqtda odamlarni qiynayotgan va ertangi
kunimizga, o‘zgarishimizga, taraqqiyotimizga to‘g‘ri zamin yaratish bo‘yicha takliflar»
deb atadi.
«Men bu fikrlarni o‘rganib, bir narsaga amin bo‘ldim. Aholimiz bizdan maktab,
bog‘cha va shifoxonalar ko‘paytirish, ta’lim va tibbiyot sifati oshirish; mahallada yo‘l,
suv, elektr, transport muammolari hal qilish; ish o‘rinlarini ko‘paytirish, tadbirkorlikka
yangi imkoniyatlar yaratishni; adolat ta’minlash, ovoragarchilik, byurokratiya, eng
asosiysi, korrupsiyani yo‘q qilishni kutmoqda. Ko‘tarilgan masalalar aniq va o‘rinlidir.
Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz bu muammolarni yechishimiz shart», — dedi
Mirziyoyev.
Prezident ko‘tarilayotgan masalalarni hech kim chetdan kelib hal qilib
bermasligini yana bir bor ta’kidladi: «Hech kim chetdan kelib — men har safar shu
masalani aytaman — hech kim chetdan mahallaga kelib, rayonga kelib, viloyatga kelib,
O‘zbekistonga kelib, bularni hal qilib bermaydi, hech qachon. Faqat va faqat o‘zimiz
qilishimiz kerak. O‘zimiz rejalarimizni hozirgi zamonga [moslab], munosib qaror,
farmon, qonunlarimizni chiqarishiz kerak. Odamlarimizning tashabbusi, shijoati va
salohiyatini ishga solish uchun barcha sharoitlarni yaratish asosiy vazifalarmiz bo‘lib
qolishi kerak».
Shavkat Mirziyoyev xalqqa qancha imkoniyat yaratilsa, buning foydasi 10 karra,
100 karra bo‘lib qaytishini, bunga so‘nggi yillarda hamma guvohi bo‘lib turganini aytib
o‘tdi. «Qancha sharoit yaratsak, shuncha odamlarimiz rozi bo‘lib, o‘z hayotini, o‘z
turmushini, o‘z yo‘nalishini, o‘z rejalarini mutlaqo katta-katta pog‘onada, baland
rejalarni amalga oshiryapti», — deya qayd etib o‘tdi prezident.
Shundan so‘ng, davlat rahbari yuqorida aytgan so‘zlariga xulosa qilib, 2023 yilga
O‘zbekistonda «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb nom berishni taklif qildi.
Yig‘ilganlar ushbu taklifni gulduros qarsaklar bilan olqishlab, qo‘llab-quvvatladi.
Prezident buning uchun yig‘ilganlarga minnatdorchilik bildirdi.
«Inson qadri degan g‘oyani hech qachon unutmasligimiz kerak. Insonga e’tibor va
sifatli ta’lim yili deb e’lon qilishimiz, agar [buni] chuqur tahlil qilsak, juda ko‘p
o‘ylandik, nimalar qo‘yish mumkin, deb. Albatta, kechagi qilgan ishimiz bilan
bugungisining davomiyligi, bardavomligi bo‘lishi kerak. Bardavomlik nuqtai nazardan,
yana va yana Inson qadri degan g‘oya yillarga qo‘shilib davom etishi kerak. Shuning
uchun „Insonga e’tibor va sifatli ta’lim“ [deb nom qo‘ydik]», — deya tushuntirdi
prezident.
«Insonga qachon e’tibor bo‘ladi? Ta’lim, ta’lim, ta’lim va yana bir marta ta’lim.
Men olti yil oldin shu masalalarga chuqur e’tibor qilib, birinchi kundan beri ta’limimiz
haqida ko‘p gapiraman. Agar ta’lim bo‘lsa, bilim bo‘lsa, sifat o‘zgaradi. Ta’lim bo‘lmasa,
sifat o‘zgarmasa, e’tibor ham o‘zgarmaydi», — dedi Mirziyoyev.
|