O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
16-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.02.2023
WEB 1.0, WEB 2.0, WEB 3.0 TEXNOLOGIYALARI RIVOJLANISHINING
QISQACHA TARIXI
Komilova Zulxumor Xokimovna
Fargʻona davlat universiteti
Annotatsiya.
Internet jadal rivojlanmoqda, insoniyat taraqqiyotiga ta’sir
kоʻrsatadigan yangi texnologiyalar va ishlanmalar doimiy ravishda paydo bоʻlmoqda.
Internet Web 1.0 dan Web 3.0 ga qadar uzoq yоʻlni bosib оʻtdi va mavjud bоʻlgan vaqt
ichida kоʻp narsa оʻzgardi. Quyida Web 1.0, Web 2.0, Web 3.0 va Web 4.0 Internet
texnologiyalari rivojlanishining qisqacha tarixi va afzalliklari keltirilgan.
Kalit so’zlar:
veb texnologiyalar, Web 1.0, Web 2.0, Web 3.0, Web 4.0 statik
sahifalar, podkastlar, bloglar, veb-saytlar, AJAX, teg, xosting, veb-brauzer, Semantik Web
Web 1.0 Internet rivojlanishining ilk bosqichi. Bu davr
kontent yaratuvchilarni
barmoq bilan sanash mumkinligi bilan ajralib turgan,
qolgan barcha Internet
foydalanuvchilari iste’molchi boʻlgan. Internet rivojlanishining ushbu bosqichida statik
sahifalardan tashkil topgan va internet provayderlari tomonidan boshqariladigan veb-
serverlarda yoki bepul xostingda joylashtirilgan shaxsiy saytlar (vizit karta saytlari)
mashhur edi. Internet rivojlanishining birinchi bosqichida veb-saytlarda reklama
berilmagan, u deyarli hech qaerda yоʻq edi. Web 1.0 ni veb-saytlarda ma’lumotlarni
kоʻrsatishga imkon beruvchi kontentni yetkazib berish tarmog’i sifatida ta’riflash
mumkin. Web 1.0 odamlarga ma’lumot qidirish va undan foydalanish imkonini bergan.
Foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan kontent bоʻlmaganidek, foydalanuvchilar bilan
va ular оʻrtasida hech qanday aloqa boʻlmagan.
Web 1.0 davrining asosiy xususiyatlari:
• Statik sahifalar.
• Sayt tarkibi serverning fayl tizimidan taqdim etiladi.
• Sahifalar Server Side Includes yoki Common Gateway Interface (CGI) yordamida
quriladi.
• Ramkalar va jadvallar sahifadagi elementlarni joylashtirish va
tekislash uchun
ishlatiladi.
Web 1.0 оʻsha davrdagi kоʻpchilik sayt egalarining ehtiyojlarini tоʻliq
qondiradigan Internet edi. Ularga kunning istalgan vaqtida odamlarga оʻz
ma’lumotlariga kirish imkonini beradigan vosita kerak edi va ularda bu vosita bor edi.
Web 1.0 shuningdek, axborot almashinuvidagi geografik
cheklovlarni ham olib
tashladi.
Web 2.0.
Web 2.0 Internet rivojlanishining ikkinchi bosqichi va оʻziga xos ijtimoiy
tarmoqdir. Web 2.0 - bu foydalanuvchi
tomonidan yaratilgan kontent, saytdan
foydalanish qulayligi va оʻzaro hamkorlikni qadrlaydigan Internet.
Bu bosqichda