O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 17- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix26.09.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#148693
  1   2   3
Panjiyeva Fotima Dilmurod qizi



O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
17-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.03.2023
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY RIVOJLANTIRISH 
MONITORINGINI OLIB BORISH 
 
Panjiyeva Fotima Dilmurod qizi 
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-kurs magistranti 
 
Annotatsiya
:
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning 
jismoniy rivojlanish monitoringini tashkil etishda amalga oshiriladigan ishlar, ularning 
mazmun va mohiyati haqida fikr yuritilgan. 
Kalit so‘zlar:
Jismoniy rivojlanish, monitoring, jismoniy fazilatlar, kuch, tezlik, 
moslashuvchanlik, chaqqonli. 
 
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar salomatligiga barcha hodimlar jamoasi 
mas’ul hisoblanadi. Tashkilot hodimlari mudiradan tortib to texnik hodimlargacha 
hammasi har bir bolaning hayotini muhofaza qilish va sog‘ligigni mustahkamlash 
haqida qayg‘urishga da’vat etilgan. Bolalarni jismoniy sog‘lom o‘sishi va rivojlanishi 
uchun tashkilot rahbari jismoniy tarbiyaga doir barcha ishlarni tashkil etishga 
javobgardir. Tashkilot hamshirasi va pedagog hodimlar doimi bolalarning sog‘ligini 
nazorat qilib turishadi. 
Bularga qo‘shimcha tarzda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yiliga ikki marta 
bolalarning jismoniy rivolanishini monitoring o‘tkazish bolalar sog‘lom 
rivojlanishining asoslaridan biri hisoblanadi. Monitoringni tashkil etish sentyabr-
oktyabr va aprel-may oylarida yani o‘quv yil boshi va oxirida o‘tkazilgani maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. Jismoniy rivojlanish monitoringi jismoniy tarbiya 
yo‘riqchisi,maktabgacha ta’lim tashkiloti hashirasi va guruh tarbiyachisi tomonidan 
tashkil etiladi. 
Jismoniy rivojlanish monitoringini o‘tkazishdan maqsad bolalar bilan jismoniy 
tarbiya va jismoniy tayyorgarlik ishlarini samarali tashkil etishdan iborat. Pedagogik 
jarayonni qurishning bir qismi sifatida monitoringni yaratish zamonaviy maktabgacha 
ta'limning dolzarb ehtiyojidir. Ushbu texnologiyadan bolalarni rivojlantirish, 
tarbiyalash va o‘qitish samaradorligini nazorat qilishning asosiy usuli sifatida 
foydalanish eng muhim insonparvarlik tamoyilini to‘liq amalga oshirish imkonini 
beradi. Pedagogik monitoring ta'lim standartlariga qaraganda kuchliroq usuldir. Bu 
nafaqat tez kuzatish imkonini beradi balki, ta'lim faoliyati jarayoni va dinamikasi, 
shuningdek, bolaning sog‘lig‘i va aqliy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin 
bo‘lgan taqdirda uni o‘z vaqtida tuzatish imkonini beradi. Sog‘liqni saqlash 
texnologiyalariga qo‘shimcha ravishda, monitoring usulidan foydalanish maqsadga eng 
qisqa yo‘l bilan yondashish imkonini beradi. 
Psixologik-pedagogik monitoringning asosiy maqsadi bolalarning sog‘lig‘i va 
psixologik farovonligiga mumkin bo‘lgan salbiy ta'sirlarning oldini olish uchun o‘quv 



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin