ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.04.2023
berildi. Albatta "iqtisod" so'zini birinchi bo'lib yunonlar ishlatgan, kim uni uy xo'jaligi
boshqaruviga murojaat qilish uchun ishlatgan. Ayni paytda Platon yoki Aristotel kabi
faylasuflar iqtisodiyotning dastlabki ta'riflarini shakllantirishgan, vaqt o'tishi bilan bu
tushuncha takomillashgan. Iqtisodning bir qancha tarmoqlari mavjud.
Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot.
Nazariy va empirik iqtisodiyot.
Normativ va ijobiy.
Pravoslav va heterodoks.
An'anaviy, markazlashgan, bozor yoki aralash iqtisodiyot.
Bugungi kunda iqtisodiyotning tarmoqlarini, turlarini bo‘yicha mamlakatimizda
qator islohatlar amalga oshirilmoqda. 2020 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 1,6 foizga
o‘sdi, bu mamlakatni mintaqada ijobiy o‘sishga muvaffaq bo‘lgan sanoqligina bo‘lgan
davlatlar safiga qo‘shildi. Bugungi kunda esa uning ulishi yanada o‘sdi. O‘zbekistonda
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va
diversifikatsiyalash bo‘yicha tanlangan strategik vazifalar, ularning bosqichma-bosqich
amalga oshirilishi natijasida yurtimiz dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanishning barqaror sur’atlarini ta’minlash, aholining moddiy
farovonligini yuksaltirishga erishmoqda. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich
Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaatnomasida – “2017-
yilda barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5 foizni tashkil yetdi, eksport hajmi qariyb
15 foizga ko‘paydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 854 million dollarga”
yetdi1 – degan fikrlaridan ham mamlakatda oxirgi yillarda barqaror o‘sish
sur’atlarining saqlanib qolayotganligini ko‘rish mumkin. Bugungi kunda raqobat
kurashi tobora kuchayib, shiddatli tus olayotgan va jahon bozori konyukturasi keskin
o‘zgarib borayotgan murakkab vaziyatda hamda mamlakat aholisi soni va ularning
iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabining oshib borishi hisobga olinib, Respublika
iqtisodiyotini jadal rivojlantirish va yalpi ichki mahsulotning barqaror o‘sish
sur’atlarini ta’minlash vazifalari qo‘yildi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasining kelajakda
mamlakatni yanada rivojlantirishga mo‘ljallangan strategik vazifalarida “2030-yilga
borib mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmini kamida 2 barobar oshirish...”
masalasining qo‘yilishi va Prezident Sh.M.Mirziyoyevning – “Makroiqtisodiy
barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab
qolish – eng muhim ustuvor vazifamizdir”– deb ta’kidlashlaridan hamda “2017–2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”da “yalpi ichki mahsulotning yuqori o‘sish
sur’atlarini ta’minlash” vazifasining belgilab qo‘yilishi Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotni ta’minlash naqadar dolzarb masalalardan ekanligi ko‘rinib turibdi.