ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.04.2023
masaladagi fikrlash doirasini kengaytirishdan iborat. Vazifasi esa iqtisodiy rivojlanish
to‘g‘risidagi turli xil nazariya va qarashlar; iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga xos
xususiyatlari; iqtisodiy rivojlanish mexanizmlarining amal qilish qonuniyatlari;
O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari;
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda davlat siyosati va uning asosiy
yo‘nalishlari; ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning xorij tajribalari kabi bilimlar bilan
talabalarni qurollantirishdan iborat. So‘nggi ikki yilda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining
ustuvor vazifalarini bajarish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini tubdan isloh qilish, islohotlarni
chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish, asosiy ijtimoiy-iqtisodiy
parametrlar va Davlat budjetining ijrosi uchun ularning mas’uliyatini oshirish
ta’minlanmoqda. Iqtisodiy sohada davlatning ishtirokini qisqartirishga, davlat-xususiy
sheriklik prinsiplarini rivojlantirishga, investitsiya siyosatini faollashtirishga, eksport
salohiyatini va tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga, erkin tadbirkorlikni
rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni olib tashlashga yo‘naltirilgan bir qator
kompleks dasturlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy sohadagi qayta o‘zgartirishlar
diqqat-e’tibor markazida turibdi. Qishloq joylarda va chekka hududlarda aholining uy-
joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, kompleks infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha qabul qilingan
qarorlarning ijrosi ta’minlanmoqda. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar respublika aholisi
turli toifalarining moddiy farovonligi, hayot darajasi va sifati oshishiga muayyan
darajada ko‘maklashdi. Yurtimiz ishlab chiqaruvchilarining an'anaviy tashqi
bozorlardagi o'rnini mustahkamlash va kengaytirish, yangi tashqi bozorlarni
o'zlashtirish bo'yicha tizimli ishlarni ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi
komplekslari, tarmoqlar va hududlar rahbarlariga har bir tarmoq va hudud bo'yicha
eksport strategiyasini ishlab chiqish vazifasi topshirildi. “Bugungi o'zgaruvchan
sharoitda iqtisodiyot barqarorligini ta'minlashning eng samarali yo'li bu – ichki
imkoniyatlarni ishga solish, import bo'layotgan ayrim mahsulotlarni o'zimizda ishlab
chiqarish va sanoatni yanada rivojlantirish. Bu milliy iqtisodiyotimizning ustuvor
yo'nalishi bo'lishi kerak,” – dedi Shavkat Mirziyoyev. Ma'lumki, sanoat korxonalari ilm
va innovatsiyadan ajrab qolsa, yangi raqobat sharoitiga moslashishi qiyin bo'ladi.
Innovatsion rivojlanish vazirligiga hududlardagi korxonalarni zamon talabiga
uyg'unlashtirish, mahsulot sifatini oshirishga ko'maklashish bo'yicha vazifalar
yuklatildi. Ijrosini bugungi kunda amalda ko‘rib turibmiz. Iqtisodiy rivojlanish
strategiyasining bir qancha tarmoqlari mavjud. Mamlakatimizda xomashyosi bo'lgan
yana bir sanoat tarmog'i bu – qurilish materiallari. Bu boradagi geologiya zaxirasini
kengaytirishga 100 milliard so'm ajratilgan. 1 milliard 800 million dollarlik 420 ta
loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Mutasaddilarga ushbu loyihalarni o'z vaqtida
ishga tushirish, qurilish materiallari eksporti hajmini oshirish bo'yicha ko'rsatmalar