O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 18- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix06.07.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135851
  1   2   3   4
Esankulov Abdullo Eshpo‘latovich2



O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
18-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.04.2023
IQTISODIY RIVOJLANISH STRATEGIYASIDA TARMOQLAR TARKIBIY 
O‘ZGARISHINING AHAMIYATI 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7853528
 
 
Esankulov Abdullo Eshpo‘latovich 
Termiz davlat universiteti 
Iqtispodiyot va turizm fakulteti 
Iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish, 
iqtisodiyotning sohalari va tarmoqlari boyicha islohatlar hamda iqtisodiy rivojlanish 
strategiyasida tarmoqlar tarkibiy o‘zgarishining ahamiyati haqida bayon etilgan. 
Kalit so‘zlar:
Respublika, bozor, iqtisod, prinsip, boshqaruv, tarmoq, strategiya, 
mexanizm. 
Respublika iqtisodiyotida davlatning roli va ishtirokini qisqartirish, iqtisodiyot 
tarmoqlarini boshqarishga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy qilish
shuningdek aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish bo‘yicha aniq maqsadga 
yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotning o‘zgarishi 
sharoitida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asoslangan maqsadli 
yo‘nalishlarini shakllantirish, shuningdek mavjud ichki va tashqi omillarni hamda 
islohotlarning strategik ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda iqtisodiy 
o‘sishning yangi manbalarini aniqlash tizimi mavjud emas. Iqtisodiyotning hududiy va 
tarmoq taraqqiyoti, shu jumladan urbanizatsiya salohiyatini amalga oshirish orqali 
mutanosiblikni ta’minlash uchun ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish borasidagi 
ishlarni muvofiqlashtirish tizimi kerakli darajada yo‘lga qo‘yilmagan. Mamlakatimizda 
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va diversifikatsiya qilishni
shuningdek hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uyg‘unligini ta’minlash maqsadida 
ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish, hududlarning mavjud tabiiy va 
iqtisodiy resurslaridan samarali foydalanish asosida mamlakat sanoatini rivojlantirish 
strategiyalarini ishlab chiqish, innovatsiya ishlanmalari va texnologiyalarini joriy 
qilish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlov berish tarmoqlarini jadal rivojlantirish va 
yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni 
kengaytirish asosida tovar bozorlari muvozanatini ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-
tadbirlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Iqtisodiy rivojlanish 
sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilindi. Iqtisodiy rivojlanish 
strategiyalarisi – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida yuzaga keladigan asosiy 
muammolar, ularning yechimlari, O‘zbekiston Respublikasini jadal rivojlantirish 
strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirish hamda ularning ushbu 



Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin