O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
9-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.06.2022
302
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINING BOSHQARUV HISOBINI TASHKIL
ETISHNING ASOSIY TAMOYILLARI
Fayziyev Oybek Raximovich
Toshkent davlat agrar universiteti,
“Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit”
kafedrasi dotsenti, i.f.f.d (PhD)
Yo‘ldoshboev Asadbek Hojiakbar o‘g‘li
Toshkent davlat agrar universiteti talabasi
KIRISH
Mamlakatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2020 yilni “Ilm, ma’rifat va
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlanishi pandemiya sharoitida
iqtisodiyotimizga xavf soladigan moliyaviy-iqtisodiy inqirozning oqibatlarini
yumshatishda qo‘l kelmoqda. Raqamli iqtisodiyotning
afzalligi haqida gap ketganda,
davlatimiz rahbarining “Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini
oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq
tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og‘ir illat —
korrupsiya balosini
yo‘qotishda ham ular samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab olishimiz
darkor”, deya kuyinib aytgan gaplarini keltirish o‘rinlidir
54
.
Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish O‘zbekistonni jahon iqtisodiyotiga
integratsiyalashuvining yanada chuqurlashuvini anglatadi. Raqamli iqtisodiyot ko‘p
qirrali faoliyat bo‘lib, unda ilm-ma’rifat raqamli axborot
ishlab chiqarishning asosiy
omili sifatida qo‘llaniladi.
Bu vazifani hal etishga qaratilgan sa’y-harakatlar tabiiy resurslar zaxirasiga
boyligi bilan tanilgan yurtimizni ulardan samarali foydalanish bo‘yicha rivojlangan
mamlakatga aylantirishni jadallashtirib yuboradi.
Shuningdek, raqamli iqtisodiyot
samarali menejment tizimini joriy qilish, turmush sifatini oshirish, jahon xom ashyo,
texnologik va oziq-ovqat bozorlari kon’yunkturasiga bog‘liqlikdan
xalos etish, yuz
berish ehtimoli mavjud bo‘lgan jahon moliyaviy inqirozi ta’siridan talafotlarsiz o‘tish
uchun mustahkam poydevor yaratadi
55
.
Iqtisodiyotda bozor konyunkturasining o‘zgarib turishi, raqobatning rivojlanishi
strategik boshqaruv hisobi tizimini, xususan, xarajatlarni optimallashtirish va
mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishga bo‘lgan talabni kuchaytirmoqda.
Buning
boisi, to‘g‘ri va aniq hisoblangan mahsulot tannarxi sub’ektning mahsuloti qiymatini,
pirovardida, uning moliyaviy natijalarini shakllantirishga asos bo‘ladi.
K.Simonds birinchilardan bo‘lib buxgalteriya hisobi tizimiga “Strategik boshqaruv
hisobi” atamasini joriy qildi va uni xarajatlar va baho, sotish va bozor ulushi, pul
54
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – T.: “Xalq so‘zi”, 2020 yil
25 yanvar, №19 (7521).
www.xs.uz
55
Shodiev T., Xasanov B. Yuksalishning eng qisqa yo‘li. – T.: “Xalq so‘zi”, 2020 yil 1 may, №89 (7591). www.xs.uz