ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.06.2022
303
oqimlari va asosiy raqobatchilarning bozordagi mavqei to‘g‘risida axborot to‘plash
orqali kompaniyaning tarmoqdagi boshqa raqobatchilariga nisbatan holatini baholash
vositasi sifatida tatbiq etdi
56
.
Korxonalarda har bir qishloq xo‘jalik ekin turi bo‘yicha mahsulot tannarxi alohida
kalkulyatsiya varag‘ida hisobga olib boriladi, unda kompleks xarajat moddalari
bo‘yicha mahsulot tannarxi umumiy holatda aks ettiriladi, ular miqdor va qiymat
ko‘rinishida ifodalanadi”
57
.
Respublikamiz iqtisodiyoti uchun yangi bir holat hisoblangan xarajatlarning
strategik boshqaruv hisobi usuli amaliyotga kirib kelmoqda. Uning mazmun-mohiyati
korxona xarajatlarini sarflanish tamoyiliga ko‘ra ichki va tashqi muhit bilan bog‘liq
xarajatlarga ajratishni taqozo etmoqda. Ichki xo‘jalik xarajatlari korxonaning ishlab
chiqarish faoliyati jarayonida hosil bo‘lgan mahsulot tannarxidan iborat bo‘ladi. Ya’ni
bu xarajatlar tannarxni shakllanishi bilan bog‘liqdir.
2019 yil 31 dekabr holatiga ko‘ra, respublikamizda jami еtishtirilgan don
ekinlarining tarkibi tahlil qilinganda, ularning еtishtirish umumiy hajmining asosiy
qismini, yoki 85,2%ini boshoqli don ekinlari tashkil etdi. Jami еtishtirilgan don
ekinlarining 5,7% - makkajo‘xori, 4,2% - sholi, 3,6% - dukkakli don va 1,3 % - boshqa
don ekinlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy
hajmining 70,1 % – dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 26,9 % – fermer
xo‘jaliklariga, 3,0 % – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga
to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda
58
.
Shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish xarajatlarining boshqaruv hisobini
korxonaning bozor faoliyati bilan bog‘liq tashqi xarajatlar tarkibiga xom ashyo,
yoqilg‘i-moylash materiallari, asosiy vositalarni sotib olish, uchinchi tomon
tashkilotlari ish va xizmatlar haqini to‘lash kabi ta’minot jarayoni xarajatlari kiradi.
Tashqi xarajatlar xarajatlarning tashqi muhitda ya’ni bozorda shakllanishiga bog‘liq
bo‘lib, ular pul oqimlarining kirimi va chiqimi balansini tuzish bilan boshqarib boriladi.
Bu borada olimlar tomonidan ilmiy ishlanmalar va modellar taklif qilinmoqda.
Xususan, permlik olima Shalaeva L.V.ning xarajatlarni strategik hisobini tashkil qilishi
beshta bosqichga bo‘lib tadqiq etish zarurligi to‘g‘risidagi fikrlarini ilmiy asos sifatida
ko‘rib chiqishimiz mumkin:
59
Ishlab chiqarish xarajatlarining boshqaruv hisobini tashkil etishda avvalo bir
qator tashkiliy va texnik masalalarni hal qilish zarur:
56
Шешукова Т.Г., Шалаева Л.В. Стратегический управленческий анализ внешней среды: монография. – Перм:
ИПЦ «Прокрост», 2015.- 139 с. ISBN 978-5- 94279-261-9
57
Ефремова И.Н. Формирование стратегического управленческого учета и анализа затрат в
селскохозяйственных организатсиях. Авт.дисс.канд.экон.наук.–Орел 2010
58
Kostaev U. Strategik boshqaruv hisobida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi. –T.:
J. “Biznes-Ekspert” 2020, 1-son, b. 54
59
Шалаева Л.В. Стратегический управленческий учет затрат в селскохозяйственных организatsiях: монография.
–Перм: ИПЦ «Прокростъ», 2014.– 171 с. ISBN 978-5-94279-213-8