O`zbekistonda genetik tadqiqotlarning yo`lga qo`yilishi va zamon-fayllar.org
O`zbekistonda genetik tadqiqotlarning yo`lga qo`yilishi va zamonaviy genetikaning rivojlanishi
O`zbekistonda genetik tadqiqotlarning yo`lga qo`yilishi va zamonaviy genetikaning rivojlanishi .
O'zbekistonda genetika fanining shakllanishi va rivojlanishida dunyoga mashhur olim akademik N.I.Vavilovning o'simliklar genetikasi, selektsiyasi va urug'chiligi haqidagi nazariy va metodik ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Ayniqsa uning madaniy o'simliklarning kelib chiqish markazlari haqidagi ta'limoti hamda N.I.Vavilov va uning hamkasblari tomonidan sobiq Ittifoqda dunyoda eng boy o'simliklar genofondidan iborat madaniy o'simliklar va ular-ning yovvoyi ajdodlarining dunyo kollektsiyasining yaratilishi O'zbekis-tonda madaniy o'simliklar genetikasi va selektsiyasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish uchun asos bo'ldi.
O'zbekistonda genetika fanining aksariyat yo'nalishlari bo'yicha ilmiy- tadqiqot ishlarining hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyor-lashning samarali bo'lishida O'zbekistonda ko'p yillar ishlagan mashhur olimlar – akademiklar B.L.Astaurov, V.A.Strunnikov hamda rossiyalik olimlar – akademiklar N.P.Dubinin, V.A.Shumnыy, professorlar – M.E.Lobashev va D.V.Ter-Avanesyanlarning xizmati katta bo'ldi.
O'zbekistonda madaniy o'simliklar dunyo kollektsiyasini yaratish va boyitish sohasidagi ishlar – O'zbekiston o'simlikshunoslik, O'zbekiston FA ning Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi, O'zbekiston G'o'za selektsiyasi va urug'chiligi institutlarida olib borilmoqda. O'zbekis-tonda madaniy o'simliklar genofondi kollektsiyasini yaratishda atoqli olimlar N.I.Vavilov, D.V.Ter-Avanesyan, G.S.Zaytsev, F.M.Mauyer, N.N.Konstantinov va A.A.Abdullayevlarning xizmati katta bo'ldi.
Hozirgi vaqtda g'o'za genofondini fundamental tadqiq qilish va uning takomillashgan sistematikasini yaratish sohasidagi ilmiy ishlar akademik A.A.Abdullayev va uning shogirdlari (S.M.Rizayeva, M.A.Axme-dov, R.D.Dariyev, R.Sh.Shodmonov, X.S.Saydaliyev) tomonidan amalga oshirilmoqda. Uning rahbarligida qator mamlakatlarga uyushtirilgan ekspeditsiyalar natijasida g'o'za genofondi kollektsiyasi boyitildi, sifati ko'tarildi. Bu kollektsiyada yig'ib o'rganilgan g'o'za yovvoyi turlari 50 ga yaqinlashib qoldi. Bunday kollektsiya dunyoda birinchi o'rinni egallaydi.
O'zbekiston G'o'za selektsiyasi va urug'chiligi institutidagi g'o'za kollektsiyasi genofondida 12000 dan ortiq namuna va navlar, O'zbekiston FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutida g'o'zaning 6500 nav va namunalari bor. O'simlikshunoslik institutida yaratilgan madaniy o'simliklarning dunyo kollektsiyasi tarkibida 80 turdan ortiq ekinlarning 30000 dan ko'proq nav va namunalari, g'o'zaning 5400 dan ortiq namunalari mavjud. Qayd etilgan madaniy o'simliklarning dunyo kollektsiyasi genofondi O'zbekistonda o'simliklar genetikasi, selektsiyasi sohasidagi olib borilayotgan fundamental, amaliy va metodik tadqiqotlarni rivojlantirish uchun boshlang'ich material sifatida katta ahamiyatga ega.
O'zbekistonda g'o'za genetikasi va selektsiyasining barpo etilishi va rivojlanishi vatanimiz atoqli olimlari G.S.Zaytsev, S.S.Kanash, A.A.Avtonomov, L.V.Rumshevich, L.G.Arutyunova, V.I.Kokuyev, K.A.Vыsots-kiy, B.P.Straumal, S.S.Sodiqov, A.D.Dadabayev, Sh.I.Ibragimov, A.A.Ab-dullayev, D.A.Musayev, S.M.Mirahmedov, N.N.Nazirov, A.E.Egamberdiyev, O.J.Jalilovlarning nomlari bilan bog'liq. Ular g'o'zada tur ichida, geografik va genetik uzoq turlar va kenja turlarni duragaylash, eksperimental mutagenez metodlarini qo'llashning nazariy va metodik muammolarini tadqiq qilib g'o'za selektsiyasining samaradorligini oshirib, qator o'rta va va ingichka tolali navlarni yaratdilar. Bu navlarni amaliyotda qo'llash natijasida sobiq Ittifoqda ekilayotgan navlarning o'rniga yuqori samarali navlar ekib almashtirishlar o'tkazildi. Mustaqillik davrida nav almashtirish jarayoni samarali amalga oshirilmoqda. 1922 yildan boshlab to hozirga qadar respublikada 6 marta nav almashtirish o'tkazildi.
Har vaqtning o'ziga xos biogeotsenoz xususiyatlari namoyon bo'lishligi evaziga selektsiya jarayoni uzluksiz va doimiy xarakterga ega. Irsiyatning genetik qonuniyatlariga asoslanib selektsioner yaqin kelajakdagi sharoitlarga adaptiv bo'lgan navlarning genmanbalariga ega bo'lgan selektsion materiallarni hozirdan zaxirada yaratishi lozim. Bu strategik muhim ahamiyatga ega bo'lgan yo'nalishda mavjud bo'lgan boy genofonddan foydalangan holda ilmiy-amaliy tadqiqotlar G'o'za selektsiyasi va urug'chiligi institutida A.B.Amanturdiyev rahbarligida keng miqyosda olib borilmoqda va bugungi kunda ushbu institutda yaratilgan navlar Respublikamiz paxta maydonining katta qismini egallab turibdi.
O'simliklar genetikasi sohasidagi dunyo adabiyoti dalillariga binoan ilmiy asoslangan genetik tadqiqotlarning samaradorligi genetik tahlil uchun olinadigan biologik ob'ektning irsiy tozaligiga bog'liq. Ma'lumki, g'o'za o'simligi to'liq o'z-o'zidan changlanuvchi o'simlik bo'lmasdan, ma'lum darajada chetdan changlanishga ham moyil. Shuning uchun bu o'simlikning navlari va namunalari ma'lum darajada geterozigotali va geterogen bo'ladi.
Bu sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlar O'zbekiston Milliy universitetida keyingi 50 yil davomida D.A.Musayev va uning shogirdlari va xodimlari (M.F.Abzalov, A.S.Almatov, S.A.Zakirov, Sh.Turabekov, S.T.Musayeva, G.N.Fatxullayeva, H.Xolmatov va boshqalar) tomonidan olib borildi va borilmoqda.
O'zbekistonda ko'p yillik amalga oshirilgan fundamental genetik tadqiqotlar natijasida g'o'zaning tola hosildorligining irsiylanishini belgilovchi genlar kashf etildi va ularning funktsiyasi aniqlandi. Olingan dalillarga asoslanib tola hosildorligi (tola chiqishi) ning genetik determinatsiyasi haqida yangi nazariya yaratildi. Bu nazariyaga binoan tola hosildorligini rivojlantirishda allel bo'lmagan ko'p genlar ishtirok etib, ularning faoliyatida bir vaqtning o'zida polimeriya, komplementariya, dominant va retsessiv epistaz, pleyotropiya tipidagi genlarning o'zaro ta'siri tola hosildorligining irsiylanishi va rivojlanishini ta'min etadi. Bu nazariyaga asoslanib 40 yildan ortiq vaqt ichida izogen (gomozigotali) liniyalar duragaylari avlodlarini genetik tahlil qilish natijasida bu muhim belgi bo'yicha har xil gomozigotali genotipga va alьternativ fenotipga ega bo'lgan dunyoda tenggi yo'q izogen liniyalar kollektsiyasi yaratildi. Bu mutant va izogen genkollektsiya liniyalari duragay avlodlarida ko'p yillik tanlash va baholash sohasidagi tadqiqotlar natijasida selektsiya uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan tola chiqishi 40-42%, chigiti yirik (1000 ta chigit og'irligi 150 g.), ko'sagi yirik (bir dona ko'sakdagi paxta xom-ashyosi 8-9 gr.) bo'lgan liniyalar yaratildi.
Professor A.T.G'ofurov g'o'za o'simligining madaniy turlari G.hirsutum
L. va G.barbadense L. navlari duragaylarini genetik tahlil qilish sohasida hamda shogirdi S.Fayzullayev bilan g'o'za genetik kollektsiyasining turli variantlarda genetik nishonlangan izogen liniyalarida o'simliklar evolyutsiyasining genetik asoslarini tadqiq qilish sohasida noyob ilmiy- tadqiqot ishlarini amalga oshirdi.
O'simliklar biologiyasi, genetikasi, selektsiyasi, urug'chiligi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirish hamda yangi navlar yaratish muddatini qisqartirishdek o'ta dolzarb masala sohasidagi tadqiqotlar O'zbekiston G'o'za selektsiyasi va urug'chiligi ilmiy tadqiqot institutida professor Yu.Ikromov va uning shogirdlari (S.Berdiyev, S.Usmonov, A.Saidkarimov) tomonidan samarali amalga oshirildi. Institutning butun yil davomida tajriba qo'yish imkoniyatiga ega bo'lgan noyob “Fitotron” selektsion-issiqxona kompleksida olib borilgan ko'p yillik tajribalar natijasida bir yilda g'o'zaning uch avlod genetik materiallari olinib, uning selektsiya jihatidan, xo'jalikda ahamiyatli va kasalliklarga chidamlilik belgilari bo'yicha tahlil qilish va baholash-ning ekspress (tezkor) metodlari yaratildi. Bu sohadagi tadqiqotlar natijasiga asoslangan selektsiya jarayonini jadallashtirishga qaratilgan metodik qo'llanmalar yaratildi va amaliyotga tavsiya etildi.
Qorako'l qo'ylarining genetikasi va selektsiyasi sohasidagi tadqiqotlar O'zbekiston qorako'lchilik va cho'l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutida olib boriladi. Qorako'l qo'ylarining har xil rangli mo'ynali terilari jahon bozorlarida xaridorgir bo'lib katta iqtisodiy samara keltiradi. Qorako'l qo'ylarining yuqori sifatli, noyob rangli mo'ynali teri beradigan zotlari yaratildi (mualliflari: A.M.Lisov, I.N.Dyachkov, A.A.Raximov, R.G.Valiyev, I.B.Ataqurbanov, U.Oripov va boshqalar.) Go'shtdor-serjun
qo'y zotlarini yaratib, ularni amaliyotga tadbiq etish borasida ham ilmiy- tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu sohadagi genetik-selektsion tadqiqotlar P.F.Kiyatkin, I.A.Tapilьskiy, F.M.Ma-madaliyev, A.A.Yo'ldoshev, Y.Qurbonovlar tomonidan bajarilgan.
O'zbekistonda parrandachilik genetikasi va selektsiyasi sohasidagi tadqiqotlar tovuq parrandasi misolida S.G.Azimov, X.K.Alimov, D.S.Azimovlar tomonidan samarali olib borildi. Natijada tovuqning yuqori mahsuldor tuxum – go'sht berishga ixtisoslashgan, kasalliklarga chidamli, vatanimiz sharoitiga moslashgan tovuq zotlari va duragaylari yaratilib amaliyotga samarali qo'llanildi.
Molekulyar genetika fanining barpo bo'lish va shakllanishida, uning genetik tadqiqotlarida biokimyo, biofizika, matematika, kiberne-tika, ayniqsa umumiy genetika va molekulyar biologiya fanlarining ilmiy va amaliy yutuqlari va metodlaridan foydalanish katta ahamiyatga ega bo'ldi. O'zbekistonda molekulyar genetika fanining taraqqiyotiga akademiklar Yo.X.To'raqulov J.H.Hamidov, B.O.Toshmuhamedov va ular shogirdlarining molekulyar biologiya, hujayra biologiyasi, biofizika sohasidagi tadqiqotlar natijasi katta ahamiyatga ega bo'ldi. O'zbekis-tonda molekulyar genetika va gen-hujayra injeneriyasi sohasida Gene-tika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutida akademik A.A.Abdukarimov rahbarligidagi ilmiy tadqiqotlar natijalari katta ahamiyatga sazovordir. Jumladan, biologiya fanlari doktori I.Abdurahmonov rahbar-ligida g'o'za o'simligining tola hosildorligi, sifati, tezpisharligi, vilt kasaliga chidamliligi kabi o'ta muhim belgi va xususiyatlari genetik boshqarilishining molekulyar asoslari tadqiq qilinmoqda. Genomika yo'nalishini rivojlantirishda “Genom texnologiyalar markazi” tashkil etilib, u yerda zamonaviy saviyadagi samarali tadqiqotlar olib borilmoqda.
S.Jatayev va G'.Muxamedxonovalar tomonidan g'o'za va bug'doy navlariga gerbitsidga chidamlilik geni kiritilib ushbu muhim belgiga ega bo'lgan transgen g'o'za, transgen bug'doy formalari yaratildi.
http://fayllar.org