Termiz Davlat Pedagogika Instituti Tabiiy Fanlar fakulteti Biologiya 1-kurs 103-guruh talabasi Qarshiyeva Hilolaning Rivojlanish biologiyasi fanidan «Hujayra organoidlari» mavzusida tayyorlagan MUSTAQIL ISHI
Reja:
1.Hujayra.
2.Hujayra organoidlari.
3.Ularning funksiyasi.
Hujayrani tashqi tarafdan о„rab turuvchi sitoplazma qobig„i biologik membrananing о„zidan iborat bо„lishi mumkin. Lekin, kо„pincha, hujayra murakkab tuzilgan 3 zonadan: tashqi, о„rta va ichki zonalardan tashkil topgan hujayra qobig„i bilan о„ralgan (6-rasm). Sitoplazma qobig„ining tashqi zonasi glikokaliks deb nomlanib oqsil va karbonsuvlardan hosil bо„lgan. U elektron mikroskop ostida uzluksiz struktura holida kо„rinadi. Glikokaliks tashqi qavat bо„lgani uchun hujayraning tashqi muhit bilan aloqasida muhim rol о„ynaydi. Glikokaliks zonasining ximiyaviy tarkibi turli hujayralarda farqlanadi. Ba‟zi bir hujayralarda glikokaliks moddalarni parchalovchi fermentlarga boy bо„lsa, boshqa hujayralardagi glikokaliksni hosil qiluvchi glikoproteidlar immunologik xususiyatga ega. Bu esa shu zonaning immunologik jarayonlarda muhim о„rin tutishini belgilaydi. Ichak epitelial hujayrasining mikrovorsinkalari ustidagi glikokaliks moddalar parchalanishida, sо„rilishida muhim rol о„ynaydi.
Kо„pgina hujayralarning ustki yuzasida – apikal plazmatik membrananing mayda о„simtalari bо„lgan mikrovorsinkalar kо„rinadi. Kо„pincha mikrovorsinkalar betartib joylashadi. Ingichka ichak jiyakli hujayrasining apikal qismidagi mikrovorsinkalar tartibli joylashgan.
Golji apparati. 1898 yilda Kamillo Golji kumush tuzi bilan bо„yash usulini ishlatib, nerv hujayralarida tо„rsimon tuzilmani kо„rdi (14-rasm,a). Bu tuzilmani u ichki tо„rsimon apparat nomi bilan atadi. Golji kompleksini tirik hujayrada о„rganish qiyin. Chunki, Golji kompleksining nur sindirish kо„rsatkichi sitoplazmanikiga yaqin turadi. Shu tufayli uzoq yillar davomida bir-biriga zid bо„lgan ilmiy ishlar paydo bо„lib, ularning kо„pchiligi hozirgi vaqtda deyarli eskirib qoldi.
Ribosomalar. Ribosoma donalari (Palade donalari, ribonukleoproteid donalari) sitoplazmatik tо„r komponentlaridan biri bо„lib, zich dumaloq shakldagi diametri 15–30 nm keladigan donalardan iborat (13-rasm).
mikrosomalar orasida alohida zarrachalar va ularning tо„plamlari tafovut qilinadi.
Bu zarrachalar – belgiyalik bioximik De Dyuv tomonidan ochilgan bо„lib lizosoma
(yunon, lvsis – eritish, soma – tana) deb ataladi. Ular kislotali sharoitda ta‟sir
etuvchi gidrolitik fermentlarga boy.
Peroksisoma. Peroksisomalar bir qavatli membrana bilan о„ralgan strukturalar bо„lib, kattaligi 0,3– 1,5 mkm dir. Struktura markazida nukleoid joylashgan. Bu nukleoid bakteriyadagi nukleoidga va umuman yadro strukturalariga aloqador emas. Peroksisomalarda, xususan, jigar hujayrasi peroksisomalarida nukleoid sohasida kristallsimon strukturalar bо„ladi. Bu strukturalar fibrilla va naychalardan tashkil topgan bо„lib, uratoksidaza fermentini saqlaydi.
Mikronaychalar – sentriola, bazal tanacha, xivchin va kiprikchalarning asosiy struktur birligi hisoblanadi. Mikronaycha (16-rasm) tо„g„ri, shoxlanmaydigan ichi bо„sh silindrdir. Uning tashqi diametri 24 nm, ichki diametri 15 nm bо„lib, devor qalinligi 5 nm ga teng. Mikronaychada devori zich joylashgan kattaligi 5 nm bо„lgan subbirliklardan tashkil topgan.