III -BOB. O„ZBEKISTONDA OLIY TA‟LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING DOLZARB MASALALARI 3.1 Oliy ta‟limni rivojlantirishda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun va mohiyati Oliy ta‘lim o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi negiziga asoslanib, ikki
bosqich (bakalavriyat hamda magistratura)da tashkil etilib, mutaxassisliklar
yo‗nalishlari bo‗yicha xalq xo‗jaligining turli tarmoqlariga oliy ma‘lumotli
mutaxassislarni davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asosda
tayyorlaydi.
Олий таълим босқичлари: Бакалавриат - мутахассисликлар йўналиши бўйича фундаментал ва амалий билим берадиган, таълим муддати камида тўрт йил давом этадиган таянч олий таълимдир Магистратура - аниқ мутахассислик бўйича фундаментал ва амалий билим берадиган, бакалавриат негизида таълим муддати камида икки йил давом этадиган олий таълимдир O‗zbekistonda ikki bosqichli tayyorlash tartibi har bir shaxsni ham,
jamiyatni ham qanoatlantiradi. Ancha chuqur va maxsus bo‗limlar talab qiluvchi
lavozimlarda ishlash uchun to‗liq oliy ma‘lumotga ega mutaxassislar va
magistrlar etishtirilmoqda.
Bakalavr fundamental va amaliy tayyorgarlikka ega bo‗lib, ma‘lum
«jilvirlanishi»dan o‗tgandan so‗ng mustaqil ravishda yoki oliy o‗quv yurtining
tegishli kursida, korxonada, tashkilot yoki muassasada o‗z ixtisosligi yo‗nalishi
bo‗yicha ommaviy lavozimlarda ishlay oladi. Mutaxassis bo‗lib bakalavriyatni
tugatsa, uni yaxshi o‗zlashtirib tegishli test sinovidan o‗tgan va bakalavriat
tayyorlashning yo‗nalishlaridan biriga kiruvchi kursni o‗tgan bitiruvchi
hisoblanadi.
Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli ma‘lum ixtisoslik
bo‗yicha ta‘lim olgan yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan sohasida
va ishlab chiqarishning mas‘uliyatli lavozimlarida faoliyat ko‗rsatadi. U
aspiranturaga kirish huquqiga ega.
O‗zbekiston Respublikasida quyidagi turdagi oliy ta‘lim muassasalari
faoliyat ko‗rsatadi (4-chizma):