KIRISH
Mavzuni
dolzarbligi.
O‗zbekistonda bugungi shiddat bilan
modernizatsiya, globall rivojlanish kechayotgan bir jarayonda davlat
tomonidan ta‘lim tizimini isloh qilish orqali boshqarishining
ahamiyati juda
muhimdir. Ta‘lim-tarbiya tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlashni zamon
talablari darajasiga ko‗tarish sohasida muhim chora-tadbirlar amalga
oshirilmokda.
Jumladan, ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi va ―Kadrlar tayyorlash milliy
Dasturi‖ning yangi loyixalari ustida ishlar olib borilmoqda, ya‘ni
takomillashtirilmoqda.
SHuningdek, maktabgacha ta‘lim tizimini rivojlantirish uchun
innovatsion tavsifga ega bo‗lgan ―Davlat – xususiy sherikchilik to‗g‗risida‖gi
O‗zbekiston Respublikasi Qonuni bor bo‗lgan maktabgacha ta‘limni yanada
rivojlantirish, yangilarini shakllantirsh va bunda davlatning rolini sherikchilik
asosida
kuchaytirishga
qaratilgan.
SHuningdek
xukumat
rahbari
SH.Mirziyoevning 2018 yil 28 fevraldagi PQ-3571-sonli «Davlat
maktabgacha
ta‘lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to‗lashni
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‗g‗risida»gi
qarori
ular
faoliyatini
rag‗batlantirishga undaydi, bu esa davlat tomonidan maktabgacha ta‘lim
muassasalari xodimlarini ijtimoiy ximoyasini ta‘minlaydi.
O‗zbekiston Prezidentimiz SH. Mirziyoevning 2017 yilning 16 iyunida
Toshkent shahrining Uchtepa tumaniga tashriflari asosida hududlarda olib
borilgan qat‘iy islohotlar natijasida majburiy to‗qqiz yillik ta‘limdan keyingi
ta‘lim, ixtiyoriy 11 yillik yoki 9-sinfdan so‗ng akademik letseylarda yoki kasb-
hunarga yo‗naltirilgan kollejlardagi ta‘limga aylantirildi, ya‘ni o‗quvchiga va
uning ota-onasiga to‗qqiz yillik majburiy ta‘limdan keyingi ta‘limni
tanlash
imkoniyati yanada kengaytirildi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi ―Oliy
ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 2909-son
qarori, O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirining
O„
zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Oliy ta‘lim tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son
qarorining ijrosi to‗g‗risida 2017 yil 24 aprel №244-son buyrug‗lari nomlaridan
ham ko‗rinib turibdiki oliy ta‘lim tizimini, oliy ta‘limdan keyingi ta‘limni
rivojlantirish orqali ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan e‘tiboridir.
Oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta‘minlashdagi
hamkorlikning muhim yo‗nalishi sifatida oliy ta‘lim,
fan va ishlab chiqarish
o‗rtasida innovatsion korporativ hamkorlikni o‗rnatish maksadiga SH.M.
Mirziyoevning ―Oliy ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda
iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarinnng ishtirokini yanada kengaytirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖gi 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli Qarori hamda
O‗zbekiston Respublikai Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12
yanvar oyidagi
―Ilmiy innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq
etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi
VMQ-24-sonli qarorlari asos bo‗ldi va bugungi kunda ushbu qarordagi
vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
YUqorida aytilgan davlatning ta‘lim tizimini boshqaruvidagi roli
asosida takomillashuv sifatlariga ega shaxsni shakllantirishga nafaqat ta‘lim
mazmuni, balki qo‗llanilayotgan
texnologiyalar, o‗quv jarayoni, o‗qish va
bilishning o‗qitish texnologiyasini tatbiq etishdan ham iboratdir.
SHuning uchun ushbu tanlangan bitiruv malakaviy ishining mavzusi
mavjud ta‘lim tizimini bozor menxanizmi orkali takomillashtirish,
yangilarini
shakllantirish orkali ta‘lim sifatini ortishiga erishishga qaratilgan bo‗lib,
dolzarb hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: