“O„zbekistonda ijtimoiy sohani rivojlanishida davlatning roli”



Yüklə 3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/52
tarix09.10.2023
ölçüsü3 Mb.
#153110
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
ozbekistonda ijtimoiy sohani rivojlanishida davlatning roli

 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
XULOSA VA TAKLIF-TAVSIYALAR 
Bugungi kunda oldimizga qo‗yilgan buyuk maqsadlarimizga ezgu
niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, xayotimizning
taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning 
samarasi taqdiri - avvalambor, zamon talabiga javob beradigan yuqori malakali, 
ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‗liqligini 
barchamiz anglab etmoqdamiz. 
Kadrlarni tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta‘lim sohasini tubdan 
isloh qilish uni o‗tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‗la 
xalos qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma‘naviy 
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini 
yaratish bo‗lib, maqsadni ro‗yobga chiqarishda «Ta‘lim to‗g‗risida» 
O‗zbekiston respubliksi Qonuniga muvofiq ta‘lim tizimini isloh qilish, davlat va
nodavlat ta‘lim muassasalari hamda ta‘lim sohasida raqobat muhitini 


shakllantirish negizida ta‘lim tizimini rivojlantirishni va takomillashtirish
ta‘minlashdan iborat bo‗ldi. 
Bugungi kunda Dastur spetsifik xususiyati uning insonni butun umri 
davomida ta‘lim jihatdan tayyorlashning barcha bosqichlari va bo‗g‗inlarini o‗z 
ichiga oluvchi uzluksiz ta‘lim tizimiga yo‗naltirishida mujassamlashgandir. 
Birinchi bosqichda yaqin o‗tmishdagi amaliyotga xos bo‗lgan barcha uzilishlarni 
bartaraf etgan holda maktabgacha ta‘lim, o‗rta ta‘lim, boshlang‗ich va o‗rta 
professional ta‘lim kichik tizimlari doirasida uzluksiz ta‘lim tizimini barpo 
etishga va takomillashtirishga e‘tibor berilmoqda. 
Deyarli barcha mamlakatlardagi kabi O‗zbekistonda ham davlat byudjeti, 
shubhasiz, ta‘limni moliyaviy ta‘minlashning bosh manbaidir. Ta‘limga davlat 
xarajatlarining deyarli 90 foizi respublika byudjetidan (jumladan mahalliy 
darajada qolgan respublika soliqlarini qo‗shgan holda respublika byudjetiga 
barcha tushumlar), shuningdek respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga 
subvensiyalar va boshqa transfertlardan moliya mablag‗ bilan ta‘minlash. 
Ta‘limga davlat xarajatlarining 10 foizdan sal ko‗prog‗i bevosita mahalliy 
daromadlardan moliyaviy ta‘minlangan. 
Bizning zamonamizda bo‗lg‗usi mutaxassis o‗zlashtirishi lozim bo‗lgan 
ilmiy axborotlar hajmi to‗xtovsiz oshib bormoqda. SHu munosabat bilan ta‘lim 
oluvchi rivojlanishning yuqori darajasiga intiladi, o‗z qobiliyati va
imkoniyatlarini to‗liq ishga soladigan, xullas to‗la kuch bilan o‗qiydigan 
takomillashgan o‗quv jarayoni tashkil etish tizimini ishlab chiqishi lozim. 
SHuni ham xulosa qilib aytish mumkinki, ta‘lim tizimi o‗quv yurtlarini 
jahon andozalari darajasiga ko‗tarish, xalq xo‗jaligining mutaxassislariga 
bo‗lgan talablarni ilmiy baholash, yoshlarga ta‘lim berish va ularni 
tarbiyalashda ilg‗or xorijiy tajribadan samarali foydalanish va ularning o‗z
mutaxassisliklaridan kelib chiqqan xolda bandligini ta‘minlash bugungi kunda 
eng muhim masalalardir, chunki barkamol intellektual etuk avlodsiz buyuk 
kelajakni tasavvur etib bo‗lmaydi. 


YUqoridagi ilmiy asoslangan fikrlarimizdan kelib chiqqan xolda 
quyidagi

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin