“O‘ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
848
UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA LINZALAR MAVZUSINI O’QITISH
METODIKASI
Umbarov Abduvohid Uktam o'g'li
Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi
umbarovabduvohid@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.7377944
Annotatsiya. Ushbu maqolada umumiy o`rta ta`lim maktablarida linzalar mavzusini
o’qitishdagi metodikalar yoritib berilgan.
Kalit so`zlar: metodika, linzalar, loboratoriya, fokus, masalalar yechish.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika fanining “Linzalar” mavzusini o‘qitishga 4 soat
ajratilgan bo‘lib, undan 2 soati ma’ruzaga, 1 soati laboratoriyaga, 1 soati amaliy mashg‘ulotga
ajratilgan. Ushbu rejadan dars berayotgan o‘qituvchining o‘zi nazariy kurs, masalalar yechish va
laboratoriya ishlarini o‘zi taqsimlab chiqishi lozim bo‘ladi.
O‘quvchilar yorug‘likka tegishli bir qancha qonunlar mavjud bo‘lib,
ulardan biri
yorug‘likning to‘g‘ri chiziqli tarqalish qonunidir. Yorug‘lik tarqaladigan yo‘nalish yorug‘lik nuri
deb atalishini, yorug‘lik nuri to‘g‘ri chiziqdan iboratligini, yorug‘lik
shaffof bir jinsli muhitda
(havoda, suvda, shishada) to‘g‘ri chiziq bo‘yicha tarqalishini, yorug‘likning qaytish va sinish
qonunlari haqida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishlari kerak.
Yangi dars bayonida:
Mavzuni bayon etishda sodda fikrlar blan mavzu yoritiladi va
asosiy tushunchalar beriladi. Mavzu bayonida xam talabalar e’tiborini
qaratish va diqqatini
mavzuga qaratish uchun muammoli savolar, fikrlar va misollar keltirib turilsa maqsadga
muvofiq bo‘lardi.
Linzaning turi, ko‘rinishi, ishlatilishi va kamchiliklari, linza parametrlari,
yupqa linza formulasini matematik ko‘rinishlarini yoritishda
tayyorlangan slaydlardan
foydalanilsa, keltirilgan misollar va chizmalar o‘quvchi talabalarning xotirasida uzoq muddat
saqlanib qoladi. Linzaning kamchiligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar akademik litsey va
bakalavriatda berilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun innovatsion texnologiyalardan «Aqliy hujum»,
«BBB». Foydalaniladi. “Linzalar haqida tushuncha. Linza va yupqa linza formulasi. To‘la ichki
qaytish” mavzusini yoritishda axborot texnologiyalardan
foydalanish mumkin, buning uchun
kompyuterda tayyorlangan slaydlar o‘rinlidir, o‘tilgan mavzuni mustahkamlashda yoki yangi
dars bayonida foydalaniladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning linzalar haqida
tushuncha, linzalarda
tasvir yasash, linzaning optik kuchi haqidagi bilimlari va o‘quvchilarning ixtisosligidan kelib
chiqgan holda linzalarning amalda qo‘llanishiga to‘xtalish mumkin. To‘la ichki qaytish qonuni
9- sinfda yorug‘likning qaytish va sinish qonuni mavzusi bilan birgalikda berilgan.
Darslarda o‘quvchilarga linzalar haqida ma’lumot takrorlaymiz.