O’zbekistonda inflatsiya darajasi va unga qarshi choralar xolmatov Ortiqjon Jo’rabek o’g’li


ICHKI VA TASHQI IQTISODIY SHAROITLAR



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix02.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#123857
1   2
Xolmatov Ortiqjon Jo’rabek o’g’li

ICHKI VA TASHQI IQTISODIY SHAROITLAR 
Yilning ikkinchi choragidan boshlab iqtisodiy faollikning jadallashishi kuzatilmoqda. 
Joriy yil 9 oyi yakuni bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning real o‘sishi 5,8%ni tashkil etib
qurilish ishlari va chakana savdo sohalarida o‘sish ko‘rsatkichlari o‘tgan yilning mos davriga 
nisbatan yuqori bo‘ldi. 
Byudjet sohasida oylik ish haqi va pensiyalar miqdorining oshirilishi hamda ajratilgan 
ijtimoiy transfertlar aholining real daromadlarini 10,7%ga ko‘payishiga zamin yaratdi. 
Shuningdek, o‘tgan 9 oy davomida iqtisodiyotda iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 
hajmi 27%ga va chakana savdo aylanmasi 10,8%ga oshdi. 
Budjet xarajatlari, transchegaraviy pul o‘tkazmalarning yuqori sur’atlari va 
iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalar yalpi iste’mol va iqtisodiy faollikni yil oxirgacha qo‘llab-
quvvatlovchi omillardan bo‘ladi. 
Yil yakuni bo‘yicha yalpi ichki mahsulot 5,2−5,8%lik prognoz koridori doirasida bo‘lishi 
kutilmoqda. 2023 yil uchun esa iqtisodiy o‘sish sur’atlari joriy yilgidan biroz sekinlashib 
4,5−5%ni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. 
Tashqi iqtisodiy sharoitlar. AQSh Federal zaxira banki tomonidan pul-kredit 
sharoitlarining qat’iylashtirilishi hisobiga dunyoning aksariyat valyutalari AQSh dollariga 
nisbatan qadrsizlanib bormoqda. Dollar indeksi yil boshiga nisbatan 17%ga oshib 112 
bandni tashkil etmoqda. 
Davlat statistika qo’mitasi 2021 yilning dekabr oyida O’zbekiston Respublikasi iste’mol 
sektoridagi inflatsiya darajasi haqida ma’lumot berdi. Qo’mita axborotnomasi 


Международный научный журнал № 4 (100), часть 2 
«Научный импульс» Ноябрь, 202
1844 
ta’kidlashicha, yilning so’nggi oyida o’rtacha iste’mol narxlari va ta’riflari darajasining oy 
davomidagi o’sish su’rati 1,6% ni tashkil etdi. 
Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi iste'mol 
sektoridagi inflatsiya darajasi haqida ma'lumot berdi.
Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil davomida iste'mol bozoridagi narxlar va 
tariflarning o‘sish darajasi 11,1 foiz bo‘lganini ma'lum qildi. 2019 yil ushbu ko‘rsatkich 15,2 
foiz bo‘lgani e'tirof etilgandi.
Qo‘mita axborotnomasida ta'kidlanishicha, yilning so‘nggi oyida o‘rtacha iste'mol 
narxlari va tariflari darajasining oy davomidagi o‘sish sur'ati 1,6 foizni tashkil etgan.
2020 yilning iyun va iyul oylarida iste'mol narxlari indeksi 2019 yildagi mos davrga 
nisbatan pasaygan. INI o‘sish sur'ati faqat sentyabr oyiga kelib, mart oyidagi ko‘rsatkichdan 
o‘tib ketgan. 
Inflatsiyaning o‘sishi asosan oziq-ovqat mahsulotlari narxida kuzatilgan, nooziq-ovqat 
mahsulotlari narxi hamda xizmatlar tarifida oylik inflatsiya 1 foizni ham tashkil etmagan 
(nooziq-ovqat mahsulotlari narxi faqat sentyabr oyida 1 foiz inflatsiyaga erishgandi). 
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodovga ko‘ra, bosh regulyatorning 2021 yildagi 
asosiy maqsadi inflyatsion targetlash siyosatini davom ettirish hamda inflatsiya 
ko‘rsatkichini 10 foizdan oshirmaslikdan iborat. 
Dunyodagi ahvol va milliy valyutaning o‘rni 
O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi rekord darajada tushib ketgan bir vaqtda dunyoning 
ko‘plab mamlakatlarida bu, aksincha, keskin tezlashib ketdi. Masalan, Qo‘shma Shtatlarda 
u 40 yil oldin, Rossiyada esa besh yil oldin rekord darajaga yetgan. 
Buning bir qancha sabablari bor. Birinchisi, albatta, koronavirus — pandemiya ortidan 
deyarli barcha mamlakatlar pul-kredit siyosatini yumshatdi. 
Ya’ni, hukumat iqtisodga ko‘proq pul to‘ka boshladi — masalan, aholiga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri to‘lovlar yoki arzon kreditlar shaklida. Buning oqibatida, iste’molga talab oshib, 
ishlab chiqarish ortda qolyapti. 
Yana bir boshqa sabablaridan biri — milliy valyutaning qadrsizlanishi. Masalan, turk 
lirasi bu yil deyarli 50 foizga qadrsizlandi va shu sabab inflyatsiya 20 foizdan oshdi. 
Bu vaziyatda o‘zbek so‘mi mustahkam turibdi — dastlabki o‘n oyda valyuta atigi ikki 
foizga qadrsizlandi. 
Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmatovning ta’kidlashicha, valyuta tushumi 
eksport hisobiga 35 foiz oshishi, shuningdek, banklar va eksportchilar tomonidan valyuta 
ayirboshlash hajmining ortishi natijasida nisbatan barqaror kursga erishishning uddasidan 
chiqilgan. 
Iqtisodiyotda davlat ishtirokining yuqori ulushi, xomashyo eksportiga kuchli bog‘liqlik 
va tarkibiy nomutanosiblik kabi hodisalar, ayniqsa, islohotlar davrida mahsulot va xizmatlar 
narxining o‘sishini sezilarli darajada tezlashtirib yuborishi mumkin. 


Международный научный журнал № 4 (100), часть 2 
«Научный импульс» Ноябрь, 202
1845 
Inflyatsion targetlash shu narsaga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan. Inflyatsiya 
darajasining pastligi narx-navo barqarorligini bildiradi, bu esa, o‘z navbatida, aholining 
turmush darajasiga ham, uning mehnat faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Bu omillar oxir-oqibat aholining milliy valyutaga bo‘lgan ishonchini oshirishi, 
iqtisodiyotdagi dollarlashuv darajasini pasaytirishi, ichki va tashqi investitsiya hajmining 
oshishiga olib kelishi ko‘zda tutilgan. 
O‘zbekistondagi inflyatsiyaga ta’sir etuvchi omillar. Ekspert fikri 
Inflyatsiya ko’rsatkichini past darajada ta’minlash makroiqtisodiy barqarorlikning 
muhim omili hisoblanadi. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti 
ekspertlari inflatsiyaga ta’sir yetuvchi omillar va ularning dinamikasini o‘rgandi. 
Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri savdo 
hamkori bo’lgan mamlakatlardagi inflyatsiya hisoblanadi. 
Negaki import inflatsiyasining o‘sishi asosiy inflatsiyaning taxminan 38%ni ifodalaydi. 
O‘zbekistonda pul massasi, foiz stavkasi va YaIM kabi talab omillarining inflatsiyaga 
qo‘shgan hissasi 29%ni tashkil yetadi. Narxga ta’sir yetuvchi omillardagi o‘zgarishlar 
mamlakatda iste’mol narxlari indeksining 33%ga o‘sishiga turtki bo‘lmoqda. 
Import inflyatsiyasi 
Import inflyatsiyasi 2022-yilning 5 oyida umumiy 11% inflyatsiyaning 4,18% ini tashkil 
qildi. Unda Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Turkiya kabi asosiy savdo 
hamkorlarimizning ulushi 2,73 foizga yetdi. 
Import inflyatsiyasiga Rossiya va Xitoy eng katta hissa qoʻshgan. Bu davlatlarning 
Oʻzbekiston umumiy importidagi salmoqli ulushi (mos ravishda 21% va 19%) — 0,90% va 
0,81%. 
Qozogʻiston, Janubiy Koreya va Turkiya import inflyatsiyasining taʼsiri esa umumiy 
import inflyatsiyasining taxminan 0,45%, 0,30% va 0,28% ini tashkil etdi. 
Rossiyadan inflyatsiya taʼsiri asosan sanoat tovarlari, mashina va transport 
uskunalarida kuzatiladi. Xuddi shunday, Xitoy import inflyatsiyasi asosan mashina va 
transport uskunalari, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va kimyoviy mahsulotlarga ta’sir 
ko’rsatdi. 
Qozog’istondan import inflyatsiyasi asosan oziq-ovqat va sanoat tovarlarida kuzatildi. 
Janubiy Koreya va Turkiyadan import qilingan inflyatsiya asosan mashina va transport 
uskunalari narxlariga ta’sir ko’rsatdi. 
Inflyatsiya ko’rsatkichini past darajada ta’minlash makroiqtisodiy barqarorlikning 
muhim omili bo‘lib, bu o’z navbatida, ijtimoiy rivojlanish, investitsiya faolligini oshirish, 
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zarur shart-sharoitlarni yaratadi. 
 
 


Международный научный журнал № 4 (100), часть 2 
«Научный импульс» Ноябрь, 202
1846 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR; 
1.Daryo.uz 
2.Kun.uz 
3.Qalampir.uz 
4.https://www.spot.uz. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin