О`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganidek "Insonning о`z huquq va burchlarini bilishi insonning Konstitutsiyaviy huquqlarining ta`minlanishini kafolatlaydi. Biz odamlardagi eski tuzum psihologiyasini о`zgartirishimiz va yangi huquqiy ongni shakllantirishimiz lozim, inson anglasinki, erkinlik - bu burch mas`uliyatidir". Konstitutsiyaga binoan О`zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bо`lgan huquqlari va burchlari bilan о`zaro bog`liqdir. Har bir fuqaro qonun oldida tengdir va boshqa fuqarolarning millati, tili, dini va e`tiqodini hurmat qilishi shart. Fuqaro о`z huquq va erkinliklaridan foydalanganida, uning harakatlari boshqa shaxs, davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon yetkazmasligi lozim. Shu bois shaxs qonun doirasidan chiqmagan holda о`z huquq va erkinliklaridan foydalanishi lozim. Agarda shaxs qonundan tashqari hatti-harakat sodir etsa, u holda qonun tomonidan jazolanadi.
Fuqarolar О`zbekiston xalqining tarixiy, ma`naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar Konstitutsiyasining 49-moddasi.1992 yil 3 iyulda qabul qilingan "Mudofaa tо`g`risidagi"gi qonunning ahamiyati kattadir. Ushbu qonunning 11-moddasida belgilanganidek, "О`zbekiston Respublikasining hududiy yahlitligini, mustaqilligini himoya qilish respublika fuqarolarining Konstitutsiyaviy burchi hisoblanadi. Boshqa davlatlarning О`zbekistonda doimiy yashab turgan yoki vaqtincha turgan fuqarolari va fuqaroligi bо`lmagan shaxslar О`zbekiston Respublikasida harbiy hizmatga tayyorgarlik kо`rishga majbur emas.
Fuqarolarning harbiy va muqobil hizmatini о`tashlarida О`zbekiston Respubliksining 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan "Muqobil hizmat tо`g`risida"gi va "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy hizmat tо`g`risida"gi qonunlari huquqiy asos bо`lib hizmat qiladi.