O’zbekistonda madaniy sohalarni rivojlantirishning asosiy mazmuni



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə2/2
tarix20.11.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#163909
1   2
Узбекистонда маданий сохаларни ривожлантиришнинг асосий мазмуни

Tarixiy davrlarda madaniyatning keng ko‘lamli rivoji sivilizatsiya tushunchasida xam ifodalanadi. Sivilizatsiya ijtimoiy va moddiy madaniyat taraqqiyoti bosqichini bildirib, moddiy madaniyatning turdosh nomidir. Hozirgi davrda sivilizatsiya insoniyatga begona bo‘lgan ob’yekglarni qayta o‘zgartirishni bildiradi, madaniyat esa insonning fazilata va holati, tashqi dunyoga bog‘liqligi yoki erkinligining mezonidir.



Nemis olimi O. Shpengler, sivilizatsiya tafakkurni bir qolipga solib qo‘yadi, umum qabul qilgan xaqikatlarni mutloqlashtiradi, deb hisoblaydi. Bundan tashkari, sivilizatsiyani urbanizatsiyaga, hatto olamni noinsonlashtirishga olib keladi, Sivilizatsiya va fan o‘zligicha ma’naviy taraqqiyotni ta’minlay olmaydi, bu yerda aqliy, axloqiy va estetik yutuqlarni mujassam qilgan ma’naviy tuzilma zarur degan fikrlar ham mavjud.



Mustaqillik yillarida mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, jahon miqyosidagi ilg‘or tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va san’at muassasalari barpo etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga davlatimiz tomonidan ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda.

Aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma’naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. 



LOREM IPSUM DOLOR SIT AMET, CONSECTETUER ADIPISCING ELIT.

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetuer adipiscing elit. Maecenas porttitor congue massa. Fusce posuere, magna sed pulvinar ultricies, purus lectus malesuada libero, sit amet commodo magna eros quis urna.



Shu bilan birga, madaniyat va san’at sohasini boshqarishda eskicha usullar saqlanib qolayotgani, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha kompleks yondashuvning yetishmasligi, madaniyat muassasalarining faoliyatini tashkil etish, aholiga madaniy xizmat ko‘rsatishda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilayotgani, aksariyat joylarda madaniyat va san’at maskanlarining moddiy-texnik bazasi bugungi kun talablariga javob bermasligini qayd etish zarur.
Ayniqsa, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda mavjud talab va ehtiyojlarni hisobga olmaslik, ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratilmagani madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish, bu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarni to‘liq bajarish imkonini bermayapti.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin