О‘zbekistonda neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi Neft va gaz insoniyatga juda qadimdan ma’lum bо‘lib, ulardan olinadigan mahsulotlarning xalq xо‘jaligidagi iste’mol qilish о‘rni hamda ularga bо‘lgan ehtiyoj yil sayin ortib borgan.
О‘zbekistonda qadim zamonlardayoq neftdan foydalanib kelingan. Neftning о‘ziga xos о‘tkir hidi tufayli qishloq xо‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda undan foydalanilgan. Neftdan dori-darmon tayyorlash maqsadida Abu Ali ibn Sino neftni haydashga oid tajribalar о‘tkazgan. Xorazm geografigi Bakrom (XIII asrda) Bakudagi neftni haydash texnologiyasi haqida birinchi bо‘lib eslatib о‘tagan. Shuning uchun ham neft va uni qayta ishlash О‘zbekistonda eng qadimiy tarmoqlardan biridir. О‘zbekistonda neft qazib chiqarish 1876 yildan boshlangan. Farg‘onaning Qamishboshi qishlog‘ida rus tadbirkori D.P. Petrov tomonidan XIX asrning 80-yillari boshida 25 metrgacha burg‘ilangan 2 ta quduqning har biridan kuniga 10 pud (160 kg) gacha neft qazib olgan. 1880-1883 yillar davrida bu quduqlar soni 4 taga yetgan. Quduqlar zarbali usul bilan qazilgan. Ularning devorlari taxta bilan qoplangan va neft maxsus uzun chelaklar (qovg‘alar) yordamida tortib olingan. Ba’zi ma’lumotlarga muvofiq bunday quduqlardan kuniga 5-10 tonnagacha neft olingan.
Rus tadbirkori D.P. Petrov 1885 yilda SHо‘rsuvda ikkita quduq qazdirgan va ulardan kuniga 400-500 kg neft olingan, undan maxsus qozonda kerosin va qoramoy ajratib olina boshlangan. Aynan, shuning uchun ham manbalarda О‘zbekistonda neft sanoatining boshlanishi 1885 yildan deb kо‘rsatilgan.
О‘zbekistonda dastlabki neft koni 1904 yilda ochilgan, u Farg‘ona vodiysidagi Chimyon neft konida 278 m chuqurlikdan (avvalgi Vankovsk) qazib olingan. Undan kuniga qariyib 130 tonna neft otilib chiqqan. О‘sha yili Oltiariq temir yо‘li stansiyasi yaqinida neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilgan. О‘zbekistonda neft sanoatining paydo bо‘lishi shu sanadan boshlanadi degan fikrlar ham mavjud. Qayta ishlangan neftdan asosan kerosin olingan. Kerosin va qoldiq qoramoy aravalarga va tuyalarga yuklanib, О‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Xitoy bozorlarida, Toshkent, Andijon, Qо‘qon paxtani qayta ishlash zavodlariga, moyjо‘vozlarga va aholiga sotilgan. Neft qoldiqlari temir yо‘l taransportida yoqilg‘i sifatida ishlatilgan. Keyinroq Farg‘ona botig‘ida bir nechta konlar ochilgan (Chimyon yonidagi Yorqо‘ton va Moylisoy maydonlarida), Chimyon- Oltiariq neft quvuri qurilgan, neftni qayta ishlash zavodi kengaytirilgan. Bu davrda rus va chet el kapitali neft qazib olish, uni qayta ishlash, neft mahsulotlarini sotishni tо‘la nazoratga olgan. 1913 yilda jami 13 ming tonna neft qazib olingan. Sobiq chor Rusiyada oktabr oyidagi tо‘ntarishdan keyin neft konlari va neftni qayta ishlash korxonalari davlat tasarrufiga о‘tkazilgan, neft konlarini izlash, ishga tushirish ham shо‘rolar hokimiyati ixtiyoriga berilgan. Bundan keyingi yillarda yangi neft konlari ochilgan va tez fursatlarda ishga tushirilgan. Oltiariq zavodi kengaytirilgan. О‘sha davrda respublikada neft sanoatining infratuzilmasi ham vujudga kelgan. 1941 yilda 196 ming tonna, 1945-yilda 478 ming tonna neft qazib olingan. 1950-yilga kelib О‘zbekistonda neft qazib chiqarish 1 mln 342 ming tonnaga yetgan. XX asr 50 yillaridan neft konlarida mexanizatsiya vositalari qо‘llanilgan, turbinali burg‘ilash joriy qilina boshlangan. Farg‘ona vodiysi va Surxondaryo viloyati 1959 yilda 9 ta neft konining о‘zidan 1 mln 460 ming tonnadan ziyod neft qazib olingan. О‘sha davrda Buxoro–Xiva hududlarida topilgan neft konlari ishga tushirilgan, ularning negizida neft va gaz qazib olish boshqarmasi tashkil etilgan. XX asr 70 yillarning boshida ayrim neft konlaridagi zaxiralarning tugashi natijasida neft qazib olish kamaygan. Yangi neft konlarini topish uchun chuqur quduqlar qazishga tо‘g‘ri kelgan. Voruxda 5200 m, G‘umxonada 5670 m, Chust-Popda 5805 m, Mingbuloqda 6006 m о‘ta chuqur neft quduqlari burg‘ilangan.
Keltirilgan ma’lumotlardan kо‘rinib turibdiki, О‘zbekistonda dastlabki neftgaz konlari Farg‘ona botig‘ligidan topilgan va ishga tushirilgan.
Respublikamizda gazdan birinchi foydalanish ham Farg‘onadan boshlangan. 1944 yil Farg‘ona vodiysidagi Andijon konidan Andijon shahrigacha gaz quvuri tortilgan, 1951 yil Polvontosh konidan gaz qazib olina boshlangan. Surxondaryodagi Xovdok maydonida 1933 yil chuqur razvedka qudug‘ini burg‘ilashga kirishilgan va 1934 yil 158 m chuqurlikdan neft favvora holida otilib chiqqan. Burg‘ilangan 4 ta quduqdan kuniga 75-100 tonna neft chiqa boshlagan. Shuningdek, 1936 yilda Termiz shahrining shimol tomonida Uchqizil koni, 1939 yil Kо‘kaydi neft koni ochilgan. Keyinchalik Lalmikor, Amudaryo, Qо‘shtor, Mirshodi, Gajak neft va gaz konlari qidirib topilgan. Farg‘ona va Surxondaryo о‘lkalaridan sо‘ng geologiya qidiruv ishlari G‘arbiy О‘zbekistonning Buxoro tektonik pog‘onasida olib borilgan.
О‘zbekistonda gaz sanoatining tarkib topishi va rivojlanish tarixi asosan 1953 yilda Qizilqum chо‘lida Setanlantepa hududida birinchi gaz koni ochilishi bilan boshlangan. Buxoro viloyatining gaz–neftli hududlarida katta hajmdagi ishlar olib borilgan. 1956 yilning 17 oktabrida Gazli maydonidagi 600 metrlik quduqdan kuchli gaz favvorasi otilib chiqqan. Bu bilan О‘zbekistonda gaz sanoatida yangi davr boshlangan.
Keyinchalik Buxoro-Xiva hududida SHо‘rtan, Zevarda, Pomiq, Alan, Kо‘kdumaloq, Shimoliy О‘rtabuloq, Kruk konlari qidirib topilgan va ishga tushirilgan.
Ustyurt о‘lkasida mustaqillik yillarida Urga, Sharqiy Berdax, Uchsoy, Surg‘il kabi qator gazkondensat konlari topilgan va ulardan ayrimlari ishga tushirilgan.
О‘zbekistonda neft va gaz sanoatining rivoji va taraqqiyotini Respublikamiz mustaqilligi bilan tо‘g‘ridan–tо‘g‘ri bog‘lab, shundan keyingi yillarda bu sohada erishilgan jiddiy yutuqlar haqida fikr yuritish maqsadga muvofiqdir.
О‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan sо‘ng neft va gaz sanoatini rivojlantirish masalasi muhim ishga aylangan. 1992-yilda 23 dekabrda neft va gaz sanoati hamda u bilan bog‘liq barcha korxona va tashkilot muassasalar yagona boshqaruvga birlashtirilgan va «О‘zbekneftgaz» korporatsiyasi tashkil etilgan. 1993 yil Farg‘ona botig‘ining о‘ta chuqur qatlamlaridan (Mingbuloq tuzilmasidan) neft otilib chiqgan, qidiruv-burg‘ilash ishlari natijasida 6000 metrdan chuqurlikdan anomal yuqori bosimli neft qatlami topilgan va bugungi kunda uni ishga ishlari jadal davom etmoqda. Respublika neft sanoati xalq xо‘jaligining neftga bо‘lgan talablarini tо‘liq qondirish imkoniyatlariga ega bо‘lindi. Ayniqsa, Kо‘kdumaloq neftgazkondensat koni ochilgandan keyin Fransiyaning TEKTER firmasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Qoravulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1996 yilda qurib tugallandi. 1997 yilda yuqori sifatli surkov moylari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan О‘zbekiston-AQSH “О‘z-Teksako” qо‘shma korxonasi tashkil etildi. 2000 yilda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi tо‘liq ta’mirlandi. Mazkur zavodda surkov moylari va yonilg‘i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bо‘lib, 30 dan ortiq texnologik moylar ishlab chiqariladi va Oltiariq neft zavodi yonilg‘i yо‘nalishda qayta jihozlandi. О‘zbekiston neftni qayta ishlash zavodlarida yuqori oktanli benzin (shu jumladan, B-92 aviabenzin), dizel yonilg‘isi, koks, parafin, motor moylariga qо‘shilmalar, yengil avtomashinalar uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, urchuq moylari) kerosin, bitum, mazut kabi 50 turdan ortiq neft mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni о‘zlashtirish dasturiga muvofiq yangi texnologiyalar о‘zlashtirilmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda neft (gaz kondensati bilan birga) qazib olish hajmi keskin oshirildi. 1991-2003 yillarda О‘zbekistonda neft va kondensat olish 2,8 marta oshdi (1990 yilda 2,81 mln tonna, 1995 yilda 7 mln tonnaga yaqin, 1997 yilda 7,9 mln tonna neft va gaz kondensat bilan qazib olindi) va 1995 yilda neft importi tugatilib, respublikaning neft mustaqilligini ta’minlashga imkoniyat yaratildi. О‘zbekiston neft mustaqilligiga erishgach, chetdan neft va neft mahsulotlari tashib keltirishga zarurat qolmadi. 2001 yilning yanvariga kelib konservatsiyadagi 13 ta kon qidiruv holatida. 2000 yilda О‘zbekiston neft va gaz kondensati bilan birga 7,53 mln tonna qazib olindi. Neftni qayta ishlash zavodlarida 1,7 mln. tonna benzin, 1,9 mln. tonna dizel yoqilg‘isi, 0,4 mln. tonna kerosin, 1,7 mln. tonna mazut ishlab chiqarilgan. Neft qazib chiqarishning kо‘payishi, sanoat, transport va qishloq xо‘jaligining rivojlanishiga olib kelmoqda, shu bilan birga motor yoqilg‘isi va moylarga, bitum va koksga hamda suyultirilgan gazga bо‘lgan ehtiyoj tez sur’atlar bilan о‘sdi va neft mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini, ularning sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yuzasidan respublikaning neft mahsulotlariga bо‘lgan ehtiyojini ichki rezervlar hisobiga ta’minlash, neftni qayta ishlash sanoati oldidagi quvvatlarni oshirish, neftni qayta ishlash jarayonini tezlashtirish, mahsulot turini kо‘paytirish va sifatini yaxshilash neft va gazni qayta ishlash hamda neft kimyo sanoati oldiga о‘lkan vazifalar qо‘ymoqda. Respublika neftni qayta ishlash sanoati shu ehtiyojlarni hozircha tо‘la qondirmoqda. Farg‘ona va Oltiariq netfni qayta ishlash zavodlari tо‘liq quvvat bilan ishlamoqda, yiliga 8,6 mln. tonna, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi yiliga 5 mln. tonna neftni qayta ishlash quvvatiga ega. Yaqin yillar ichida Farg‘ona NQIZ mavjud quvvatlardan tо‘la foydalanish hisobiga Markaziy Osiyoni moylash materiallari bilan ta’minlamoqda. Neft bitumi ishlab chiqarish 1,5 baravar, neftni qayta ishlashni umumiy hajmidagi ikkilamchi jarayonlar salmog‘i 1,5 baravar, xom ashyoni katalitik krekinglash hajmi ikki baravar kо‘paydi. Gidrokreking jarayonlari joriy etildi. Umuman О‘zbekistonda qazib olinayotgan gazning asosiy qismi Muborak gazni qayta ishlash zavodi va Shо‘rtan gaz kondensati majmuasining oltingugurtdan tozalash inshootlarida qaytadan ishlanmoqda. О‘zbekistonda tabiiy gaz 12 ming km.dan kо‘proq magistral gaz quvurlari orqali uzatilmoqda va taqsimlanmoqda. Respublikaning gaz uzatish tarmog‘i MDH mamlakatlarini yagona gaz tizimlariga ulangan. О‘zbekistonda aholini tabiiy gaz bilan ta’minlashning ishlab chiqilgan dasturi izchil amalga oshirilmoqda. О‘zbekiston territoriyasida izlov – qidiruv ishlarining natijasida hozirga vaqtda 200 tadan kо‘p neft va gaz konlari ochilgan hamda ishlatishda 100 tadan kо‘p konlar bо‘lib, shundan 60 tadan kо‘pi neft va neftgaz konlaridir.
O‘zbekiston neft va gaz sanoati: transformatsiya yo‘li bilan bozor munosabatlariga o‘tish 2030-yilga qadar O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish hajmi 66,1 milliard kub metrni tashkil etishi rejalashtirilgan. O‘z navbatida iste'mol 56,5 milliard kub metrga yetadi. Bu ichki iste'molchilar talabini qondirish va tabiiy gazni xom ashyo sifatida chuqur qayta ishlash ustuvorligiga o‘tishni anglatadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan tabiiy gazni chuqur qayta ishlash hamda uning samaradorligini oshirish va bozor munosabatlariga o‘tkazish maqsadida tarmoqni isloh qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.Neft va gaz sanoatini isloh qilish Mamlakatning ish bilan band aholisining 1 foiziga yaqini faoliyat yuritadigan neft va gaz sanoati yalpi ichki mahsulot, byudjet daromadlari va valyuta tushumlarining asosiy manbalaridan biri bo‘lib, sanoat ishlab chiqarishi va investitsiyalarni jalb qilish tarkibida muhim rol o‘ynaydi. Aynan shu narsa iqtisodiyotni rivojlantirish, odamlarning farovon yashashi, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarining normal faoliyat yuritishi uchun shart-sharoit yaratish imkonini beradi. Biroq, ulkan neft va gaz infratuzilmasini normal ish holatida saqlash, tabiiy gaz qazib olish hajmini yanada oshirish, aholi va mamlakat iqtisodiyoti ehtiyojlarini qondirish bugungi kunda sohani bozor iqtisodiyotiga o‘tkazmasdan turib amalga oshirish mushkul. Neft va gaz sanoatining bozor qonuniyatlari asosida rivojlanishi raqobat uchun sharoit yaratadi, bu esa ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlash samaradorligini oshirish, eng muhimi, iste'molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta'minlash imkonini beradi. Shuningdek, loyihalarni amalga oshirishga nafaqat mablag‘ga, balki zamonaviy texnologiyalar va tajribaga ega bo‘lgan investorlarni ham jalb etish imkonini beradi Energetika vazirligi 2 yildan ortiq vaqt oldin tashkil etilgan. Keyin bu haqda matbuotda ham, turli yig‘ilishlarda ham ko‘p gapirildi. Bu haqda ortiqcha takrorlamoqchi emasmiz, lekin qisqacha aytganda, transformatsiyaning asosiy sababi avvalgi tuzilmalarning moslashuvchanligi va samarasizligi edi, deb aytishimiz mumkin. Ulardan ba'zilari yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirishga muvofiqlashtirilgan yondashuv kabi zamonaviy vazifalarga mos kelmadi: innovatsion boshqaruv tamoyillarini joriy etish; mamlakatimizda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va jozibador investitsiya muhitini yaratish. Hozirda Energetika vazirligi O‘zbekistonning butun yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirishni muvofiqlashtirmoqda. Energetika vazirligi va uning tuzilmasi va faoliyatini muvofiqlashtirishga kiruvchi tashkilotlar neft, gaz va ularni qayta ishlash, mahsulotlarni qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish jarayonlarini, shuningdek, elektr va issiqlik energiyasi, ko‘mirni qazib chiqarish, uzatish, tarqatish va iste'mol qilish jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshiradi. Yoqilg‘i-energetika kompleksidagi bu tub o‘zgarishlar butun asosiy tuzilmani tubdan isloh qilishni talab qildi. 2019-yilning o‘rtalarida neft-gaz sanoatini isloh qilish jarayoni boshlandi, buning natijasida hozirgi kunda uni o‘zgartirish bosqichi yakunlandi. “O‘zbekneftgaz” AJning yangi tashkiliy tuzilmasi shakllantirildi, kompaniya boshqaruv tizimidagi ortiqcha oraliq bo‘g‘inlar qisqartirildi. “O‘ztransgaz AJ gaz ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan tabiiy gazni kelgusida tashish, shu jumladan eksport va import, shuningdek magistral gaz quvurlariga ulangan iste'molchilarga sotish uchun yagona operator sifatida belgilangan “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidan chiqarildi. “O‘ztransgaz” AJning hududiy gaz ta'minoti filiallari negizida gaz taqsimlash tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish, aholi va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta'minlash maqsadida “Xududgazta'minot” AJ tashkil etildi. Ushbu qayta tashkil etishdan maqsad – tabiiy gazni ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlash va sotishni tashkil etishning zamonaviy usullariga o‘tishdir. Energetika vazirligi tashkil etilganidan buyon o‘tgan davr mobaynida bir qator tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, neft-gaz sanoatining samarali faoliyat yuritishi uchun huquqiy asos yaratish, bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlarning bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida xalqaro maslahatchilar bilan birgalikda “Gaz ta'minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish yakunlanmoqda.
2020-yilning iyun oyida Energetika vazirligi tomonidan vazirlik va idoralar, shuningdek, xalqaro maslahatchilar bilan birgalikda ishlab chiqilgan “2020-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasini neft va gaz mahsulotlari bilan ta'minlash konsepsiyasi” tasdiqlandi. 2021-yilning iyun oyida Energetika vazirligi tomonidan qator vazirlik va idoralar, shuningdek, xalqaro maslahatchilar bilan birgalikda “O‘ztransgaz” AJ va gaz tarmog‘ini o‘zgartirish bo‘yicha strategiyasi”ni ishlab chiqishni yakunladi. Bizning asosiy vazifamiz – mamlakatni neft va gaz mahsulotlari bilan ta'minlash, ya'ni aholini ham, umuman iqtisodiyotni ham tabiiy gaz va neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlab turadigan shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Bu ishlab chiqarishni ko‘paytirish, gaz tashish tizimini modernizatsiya qilish, iste'mol hisobi va nazoratini takomillashtirish demakdir. Bu vazifalar qiyin, ammo amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan jarayonlar hisoblanadi. Avtomatlashtirish va raqamlashtirish Neft va gaz sanoatida raqamlashtirish bozor munosabatlarining raqobatbardoshligi va rentabelligini oshirishning asosiy usuli sifatida qaralmoqda. Deyarli barcha texnologik jarayonlarni modellashtirish, sinov va xatolik yo‘li bilan joyida bo‘lishdan ko‘ra, eng mos ssenariyni oldindan tanlash mumkin. Bir necha soatlik simulyasiya oylik sinovlarni almashtiradi, shu bilan birga shakllanish xususiyatlarini yanada aniqroq ko‘rsatish imkonini beradi. Natijada yillar mehnati tejaladi, neft qazib olish esa bir yarim-ikki baravarga oshadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va jarayonlarni avtomatlashtirishni ta'minlash maqsadida Energetika vazirligi “IKS Xolding” kompaniyasi bilan birgalikda sanoatning joriy va uzoq muddatli biznes maqsadlarini hisobga olgan holda “O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika kompleksini avtomatlashtirish va raqamlashtirishni kompleks va rejalashtirilgan rivojlantirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqmoqda. Joriy yil oxiriga qadar konsepsiya tasdiqlanadi va 2022-yildan konsepsiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish ishlari boshlanadi.
Joriy holat
Joriy yil oxiriga qadar konsepsiya tasdiqlanadi va 2022-yildan konsepsiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish ishlari boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyulda “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4388-son qaroriga muvofiq vazirlik huzurida xalqaro moliya institutlari bilan ishlaydigan loyiha ofisi tashkil etildi. Turli mamlakatlarda neft va gaz sanoatini isloh qilishda katta tajribaga ega xalqaro ekspertlar jalb etildi. Shuningdek, neft-gaz sanoatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish ishlari davom ettiriladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Gaz ta'minoti to‘g‘risida”gi qonunini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar nihoyasiga yetmoqda.
Burg‘ulash samaradorligini oshirish
“RLG International Inc.” kompaniyasi ishtirokida. (Kanada) “O‘zbekneftgaz” AJ “Quduqlarni burg‘ulash va kapital ta'mirlashning ekspluatatsion samaradorligini oshirish”: “Diagnostika” loyihasining birinchi bosqichi amalga oshirdi. “Diagnostika” loyihasining birinchi bosqichi doirasida “O‘zneftgaz-Quduqta'mirlash” aksiyadorlik jamiyati va “O‘zneftgaz burg‘ulash ishlari” mas'uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyati hamda konlarda quduqlarni burg‘ulash va qayta ishlash bo‘yicha olib borayotgan ishlari o‘rganilib, tanqidiy tahlil qilindi va baholandi. Tahlil natijalari asosida ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish va moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Ayni paytda loyihaning 1-bosqichi doirasida ishlab chiqilgan tavsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yangi tizimni joriy etish” loyihasining navbatdagi bosqichini amalga oshirish maqsadida Quduqlarni burg‘ulash va qayta ishlash bo‘yicha loyiha guruhlarini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
Gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish
Tabiiy gaz yo‘qotishlarini kamaytirish maqsadida “O‘ztransgaz” AJ O‘zbekistonning mavjud gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish ishlarini boshladi. “2021-2022-yillarda O‘zbekiston gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish dasturi” tasdiqlandi. Mazkur dasturga muvofiq, 2021-yilda umumiy qiymati 300 million dollarga teng 275 kilometr magistral quvurlar modernizatsiya qilinadi.
Vodorod energetikasi
Bugungi kunda energiya resurslariga bo‘lgan talabning tarkibi o‘zgarmoqda, xususan, uglevodorod resurslaridan qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish munosabati bilan vodorod energetikasini rivojlantirish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Vodorod ideal energiya manbai va ekologik toza yoqilg‘idir. Uning yonish issiqligi (1,17 GJ / kg) neftnikidan deyarli uch baravar va ko‘mir yoki tabiiy gazdan to‘rt baravar yuqori. Qayta tiklanuvchi va vodorod energiyasi sohalarida ilmiy-amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-aprelda “O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5063-son qarori qabul qilingan. Jahon banki va xalqaro maslahatchilar bilan birgalikda 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasining “ko‘k” vodorod ishlab chiqarish bo‘yicha texnik salohiyatini uning qiyosiy afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, past uglerodli vodorodga mintaqaviy va global talabning kutilayotgan rivojlanishi nuqtai nazaridan baholash rejalashtirilmoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda “ko‘k” va “yashil” vodorodni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi. Shuningdek, 2022-2023-yillarda vodorod sanoatini rivojlantirish maqsadida “Air Products”, “ACWA Power” va “Siemens Energy” kabi xorijiy kompaniyalari bilan respublika hududida pilot loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, vodorod energetikasining yetakchi xorijiy texnologik ob'ektlarida amaliy mashg‘ulotlar olib boradigan qisqa muddatli/uzoq muddatli o‘quv dasturlarini tashkil etish bo‘yicha muayyan kelishuvlarga erishildi. Zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish va xalqaro moliya bozorlariga chiqish Xalqaro moliya bozorlariga chiqish nafaqat nisbatan arzon moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyati, balki shaffoflik va boshqaruv samaradorligini ta'minlagan holda zamonaviy korporativ boshqaruv tizimlarini joriy etish zaruriyati bilan ham dolzarbdir. Zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish uchun konsalting kompaniyasini jalb qilish maqsadida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini xalqaro fond bozorida (IPO) birlamchi joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida “PricewaterhouseCoopers” xalqaro konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda ish boshlandi. Boshqarmalar (zavodlar), korxonalar, neft bazalarida muvofiqlik inspektorlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiq, korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini joriy etish uchun sertifikatlashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Korporativ kredit reytingi
“O‘zbekneftgaz” AJning korporativ kredit reytingini olish maqsadida “Fitch”, “Moody's” va “Standard & Poor's” xalqaro reyting agentliklari va investitsiya banklari bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib borilmoqda. “O‘zbekneftgaz” AJ birinchi marta “Fitch Ratings” va “S&P Global Ratings” xalqaro kredit agentliklari tomonidan baholangan BB-darajali xalqaro korporativ kredit reytingini oldi. Shu yilning 9-noyabr kuni “O‘zbekneftgaz” AJ ilk bor London fond birjasiga 7 yil muddatga 4,75 foizli 700 million AQSh dollari miqdoridagi yevroobligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi. Kompaniyaning xalqaro obligatsiyalari Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya va yevroosiyo davlatlaridan kelgan 120 dan ortiq investorlar orasida taqsimlangan. Obligatsiyalarni chiqarish uchun tashkilotchi banklar “CITI Group”, “JP Morgan (AQSh), “Mitsubishi UFG” (Yaponiya) va “Gazprombank” AJ (RF) jalb qilingan. Yevrobondlardan olingan mablag‘lar, birinchi navbatda, uglevodorodlarni qazib olish va qayta ishlash hajmini oshirishga qaratilgan tadbirlar va istiqbolli loyihalarga yo‘naltiriladi.
Konchilik
Neft-gaz sohasida olib borilayotgan islohotlar iste'molchilarning neft va gaz sanoati mahsulotlariga o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirishni ta'minlovchi, yetkazib beruvchilar va iste'molchilarning iqtisodiy manfaatlari muvozanatini ta'minlovchi natijaga qaratilishi kerak. 2030-yilga borib tabiiy gaz iste'molini 56,5 milliard kub metrga yetkazish prognozini hisobga olgan holda, ortib borayotgan talabni qondirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish Energetika vazirligining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Buning uchun quyidagi choralar ko‘riladi:
- energiya tejamkor texnologiyalar, mashina va uskunalardan foydalanishni rag‘batlantirish orqali iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish;
- bozor mexanizmlarini joriy etishni yanada rivojlantirish va mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, bozorning barcha ishtirokchilari uchun tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun teng sharoitlar yaratish;
- innovatsion texnologiyalarni, korporativ boshqaruvning zamonaviy tamoyillarini joriy etish orqali uglevodorod xomashyosini geologiya-qidiruv, qazib olish, tashish, qayta ishlash va sotish sohalarida ish samaradorligini oshirish;
- mamlakatning neft-gazli hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish hisobiga tarmoq korxonalarining uglevodorod xomashyo bazasini rivojlantirish;
- yangi kashf etilgan va ilgari to‘xtatib qo‘yilgan konlarni joriy etish orqali uglevodorod qazib olishning zarur hajmlarini saqlab qolish;
- uzoq muddatli o‘zlashtirilgan zahiralarga ega bo‘lgan konlarda uglevodorodlarni qazib olish hajmini tavakkalchilikka xizmat ko‘rsatish shartnomasi shartlari asosida xalqaro miqyosda tan olingan kompaniyalarni jalb qilgan holda oshirish.
Qayta ishlash
Neft-kimyo sanoati boshqa tarmoqlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori barqarorlik va o‘sish sur'atlari bilan ajralib turadi va hozirgi bosqichda O‘zbekiston iqtisodiyoti nuqtai nazaridan eng strategik sohalardan biri hisoblanadi. Tabiiy gazni qayta ishlashni kengaytirish rentabellikni sezilarli darajada oshiradi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi. Bu yo‘nalishda yirik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi: Yil oxiriga qadar Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasidan tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushiriladi. Natijada 311 ming tonna kerosin, 743 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 435 ming tonna nafta va 53,4 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi. Loyiha Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini yiliga 280 ming tonna polietilen va 100 ming tonna polipropilen ishlab chiqarish hajmini kengaytirish loyihasini amalga oshirish davom ettirmoqda. 2024-yilda Buxoro neftni qayta ishlash zavodining ishlab chiqarish quvvatlari modernizatsiya qilinadi, bu esa 1,75 million tonna yevro 5 standartidagi neft mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. 2026-yilda Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo majmuasini barpo etish bilan “Mutaqillikning 25 yilligi” konida qo‘shimcha qidiruv va o‘zlashtirish loyihasini amalga oshirish orqali yiliga 500 ming tonna polimer mahsulotlari ishlab chiqariladi. Shuningdek, 2026-yilgacha MTO texnologiyasi asosida 1,1 million tonna gaz-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etgan holda gaz-kimyo klasterini yaratish rejalashtirilgan. Mamlakatimizda neft va gaz mahsulotlarini qayta ishlashni kengaytirish bo‘yicha joriy etilgan loyihalar O‘zbekiston neft-gaz tarmog‘i oldiga qo‘yilgan vazifani amalga oshirishga xizmat qiladi.