GLOSSARIY
AKSELERATSIYA – bolalar va o’smirlarda oldingi avlodga nisbatan bo’y nisbati va jinsiy taraqqiyotining tezlashishi, jadallashishi.
ANTROPOGENEZ – odamning kelib chiqish jarayoni.
AN’ANA – avloddan-avlodga o’tib boradigan va muayyan jamiyat, ijtimoiy guruhlar ichida uzoq vaqt saqlanadigan ijtimoiy va madaniy meros elementlari.
APATIYA – kishining tevarak-atrofdagi olamga nisbatan befarq holati. A. og’ir kechinmalar yoki kasalliklar natijasida kelib chiqadi.
ASSOTSIATIV PSIXOLOGIYa – XVII-XIX asrlarda maydonga kelgan psixologiya fanining yo’nalishi. U tushuntirishning asosiy yo’llari tariqasida assotsiatsiyani asos qilib oladi.
AHLOQ – shaxsning jamiyatga va boshqa kishilarga nisbatan burchini belgilab beruvchi me’yorlar tizimi, ma’naviy hulq qoidalari.
AXLOQIY BARKAMOLLIK – eng oliyjanob xarakter xislati, har qanday sharoitda ham aqloqiy talablarga qatiy rioya qilinadigan ahloqiy e’tiqod.
AQLIY HARAKATLARNING BOSQICHMA-BOSQICH SHAKLLANISHI NAZARIYASI – rus psixologi P.Ya.Galperin tomonidan ishlab chiqilgan va uning shogirdlari tomonidan rivojlantirilgan ta’limot bo’lib, bilim, ko’nikma va malakalar shakllanishining umumiy psixologik asoslari bosqichma-bosqich ma’lum dastur asosida rivojlanadi.
BILISHGA QIZIQISH – aqliy-intellektual hislar mahsuli, bu odamning tevarak-atrofdagi olamni bilish ehtiyoji tariqasida namoyon bo’ladi.
GENETIK METOD – psixik holatlarning paydo bo’lishi va ularning quyidan yuqoriga qarab rivojlanish jarayonini o’rganish usullari.
GENETIK PSIXOLOGIYa – odam individual psixologik xususiyatlarining kelib chiqishi, ularning shakllanishida genotip va muhitning rolini o’rganadigan soha.
GENIALLIK – shaxsning eng yuksak darajadagi ijodiyoti bilan o’zini namoyon qilish hodisasi.
GENOTIP – ota-onadan farzandga o’tadigan genlar majmui, irsiy asosi.
GERONTOPSIXOLOGIYA – psixologiya tarmog’i, qarilik davri psixologiyasini o’rganadi.
PSIXODIAGNOSTIKA – psixik taraqqiyot darajasi va individual psixologik xususiyatlarni aniqlash maqsadida odamni har tomonlama tekshirib ko’rish usuli.
PSIXODRAMA – guruhiy psixoterapiya turi bo’lib, bunda ishtirokchilar navbatma-navbat aktyor va tomoshabin rolida bo’lishadi. D.Moreno tomonidai ilk bor qo’llanilgan.
Psixokorreksiya – psixologik ta’sir ko’rsatish metodlari yordamida psixologik yordamga muhtoj sog’lom inson psixologiyasi yoki xulqini maqsadga muvofiq o’zgartirish.
PSIXOLOGIYA – odamning ob’ektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg’u-hissiyot va boshqa psixik holatlar orqali aks ettirish jarayonini o’rganadigan fan.
PSIXOLOGIYA TARIXI – psixologiya tarmog’i, psixologik tushuncha va faktlar, ularning kelib chiqishi, qadimgi davrdan to hozirga davrgacha bo’lgan rivojlanish jarayonini o’rganadi.
Dostları ilə paylaş: |