Bu holatni yaxshiroq tasavvur qilish uchun biz quyida) chizmaga e'tiborni jalb etamiz.
Bu chizmadan tovarning narxi ma'lum bir iqtisodiy jarayonni ifoda etuvchi mustaqil ilmiy tushuncha ekanligi tovarning ikki xususiyatiga asoslanishini, ular bilan chambarchas bog'liqlikda o'zgarishini ko'rish mumkin. Unda tashqari, hozirgacha real hayotda turli-tuman tovarlar va xizmatlar nafliligini, ularning o'zgarishini bir ko'rsatkichga keltirib hisoblashning pul ko'rinishidan boshqa o'lchami iqtisodiy fanlarda topilgan emas.
Bulardan xulosa qilib aytish mumkinki, narx — real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliliginipg puldagi ifodasidir.
Bu yerda shuni yana bir bor ta'kidlash joizki, narhi alohida olingan ishlab chiqaruvchilarning individual sarflari emas yoki alohida olingan individual shaxslarning psixslogik jihatdan naflilikka bergan bahosi ham emas, balk jamiyat tomonidan tan olingan ijtimoiy sarflar va jamiya uchun zarur bo'lgan miqdorda va sifatda yaratilgan va tan olingan ijtimoiy naflilik (iste'mol qiymat) o'z ifodasini topadi. Tovarlar va xizmatlar uchun qilingan ijtimoiy sarflarning asosli ravishda o'sishi yoki tovar va xizmatdagi sifat ko'rsatkichlarining o'sishi ushbu tovar narxining oshishiga olib keladi.
Masalan, mashinalarda ot kuchining oshishi, salonlarida, boshqaruv va tezligida bo'lgan o'zgarishlar uning narxining oshishiga sabab bo'ladi. Chunki shu o'zgarishlar bilan bir vaqtda unga sarflangan harajatlar ham oshgan bo'ladi. Bunday ikki tomonlama o'zgarishlar natijasida narxlarning o'zgarishi xamma tovarlar va xizmatlarga xosdir. Narx tovar va xizmatlardagi ikki xususiyatning puldagi ifodasi sifatida, ularning o'zgarishi natijasida o'zgaradi.
Uning uchun real hayotda turli tovarlar va xizmatlardagi ikki xil xususiyat o'zgarishlari ularning hajmini hisoblashda ikki xil narxda hisobga olinadi.
Narxning mazmunini to'laroq tushunish, uning darajasiga ta'sir etuvchi omillarni bilish muxim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari:
Qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; raqobat holati, davlatning iqtisodiy siyosati va h. k. Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo'lib xizmat qiladi.
Boshqa omillar esa narxning ijtimoiy qiymat bilan ijtimoiy naflilik miqdori atrofida goh birinchisining, goh ikkinchisining foydasiga tebranishiga sabab bo'ladi. Masalan, talab va taklif nisbatini olaylik. Agar tovarlarning ayrim turiga talab taklifga nisbatan baland bo'lsa, ijtimoiy qiymat o'zgarmagan holda narxning darajasi nisbatan oshiq bo'ladi, yoki aksiicha taklif talabga nisbatan ko'proq bo'lsa, ijtimoiy qiymat o'zgarmagan holda narxning darajasi unga nisbatan past bo'ladi.
Narx darajasiga boshqa omillarning ta'siriga alohida to'xtalmasa ham bo'ladi.Chunki soliq miqdori qancha ko'p bo'lsa, narx darajasi shuncha yuqori bo'lishi hammaga ayondir.
Dostları ilə paylaş: |