O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari Reja


Xalqaro atrof-tabiiy muhitni muhofazalash kuni



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix29.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#104632
1   2   3   4
mus eko Kelichev 7

Xalqaro atrof-tabiiy muhitni muhofazalash kuni 
1972 yilda Stokgolmda (Shvetsiya) 113 mamlakat, turli davlatlararo va nodavlat 
tashkilotlar ishtirokida BMTning atrof-muhit muhofazasi bo'yicha konferentsiyasi 
o'tkazildi. Uning natijalari asosida Atrof-muhit to'g'risidagi deklaratsiya qabul qilindi. 
Stokgolm konferentsiyasi qarorlari BMTning 32-Bosh Assambleyasida ko'rib chiqildi 
va ular asosida 11 ta rezolyutsiya qabul qilindi. Bu rezolyutsiyalarda BMTning atrof-
muhit muhofazasi sohasidagi tadbirlarining tashkiliy, ma'muriy va huquqiy asoslari 
yoritib berildi. 
Atrof-muhit muhofazasi masalalariga dunyo jamoatchiligi e'tiborini yanada 
kuchaytirish maqsadida 1972 yili BMTning 1-jahon kongressida har yili 5 iyunni 
"Xalqaro tabiatni muhofazalash kuni" sifatida nishonlash qarori e'lon qilindi. Shu yili 
BMT Bosh Assambleyasining 27-sessiyasida davlatlararo hamkorlikning tashkiliy va 
moliyaviy tadbirlarini belgilovchi "Tashqi muhit bo'yicha BMTning ish dasturi" 
(YUNEP) va uning Boshqaruvchilar kengashi ta'sis etildi. 
1982 yilda BMT Umumjahon tabiat xartiyasini tasdiqladi. Uni insonning tabiatga 
munosabatini belgilovchi o'ziga xos kodeksi deyish mumkin. 
1985 yilda Venada (Avstriya) BMT rahnamoligida Ozon qatlamini muhofazalash 
bo'yicha konventsiya qabul qilindi. Ushbu Konventsiyadan kelib chiqib, dunyoning bir 
qator mamlakatlari ozon qatlamini yemiruvchi moddalar ishlab chiqarishni to'liq 
to'xtatish yoki qisqartirish bo'yicha ixtiyoriy majburiyatlar oldi. Konventsiyada bundan 
tashqari ozon qatlamini muhofazalashning turli jihatlariga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni 
rivojlantrish va amalga oshirish ko'zda tutilgan. 
Shuningdek, BMTning 2030 yilgacha bo'lgan davrda Barqaror rivojlanish sohasidagi 17 
ta milliy maqsad va vazifalarining 13, 14, 15-maqsadlari bevosita atrof-muhitni 


Kelichev B 

muhofaza qilish borasidagi vazifalar va yo'nalishlarni belgilab bergan. Bunda: 
13-maqsad: Iqlim o'zgarishiga qarshi kurash: iqlim o'zgarishi va uning oqibatlariga qarshi 
kurash bo'yicha tezkor choralarni ko'rish; 
14-maqsad: Dengiz ekotizimlarini asrash: Barqaror taraqqiyot yo'lida okeanlar, dengiz va 
dengiz resurslarini asrash va ulardan oqilona foydalanish; 
15-maqsad: Yer ekotizimlarini asrash: o'rmonlardan oqilona foydalanish, qumlanishga 
qarshi kurash, yerlarning tanazzulga uchrashi jarayonini to'xtatib, yerlarni qayta tiklash, 
biologik xilma-xillikning yo'qolib ketishini to'xtatish ko'zda tutilgan. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin