O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari Reja


Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishning milliy standartlari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix29.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#104632
1   2   3   4
mus eko Kelichev 7

Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishning milliy standartlari 
Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishning huquqiy asoslari birinchi navbatda 
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida o'z aksini topgan. Konstitutsiyaning 50, 
54, 55 va 100-moddalarida fuqarolaring ushbu sohadagi huquq va majburiyatlari, atrof-
muhitga munosabat va boshqaruv tizimi bo'g'inlarining faoliyati belgilangan. Jumladan, 
50-moddada "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga 
majburdir", 
deyiladi. 
100-moddada atrof-muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimlik organlari vazifasiga 
kirishi ta'kidlangan. 
Shuningdek, 1996 yil 27 dekabrda O'zbekiston Respublikasining "Atmosfera havosini 
muhofaza qilish to'g'risida"gi qonuni qabul qilingan. Qonun 30 ta moddadan iborat bo'lib, 
unda atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari, fuqarolarining 
huquq va majburiyatlari, standartlar va me'yoriy hujjatlar, havo muhitiga zarar 
yetkazganlik uchun javobgarlik kabi moddalar mavjud. 
1994 yil 23 sentyabrda O'zbekiston Respublikasining "Yer osti boyliklari to'g'risida"gi 
qonuni qabul qilingan. Qonun 10 ta bo'lim va 51 ta moddadan iborat. 
1993 yil 6 mayda O'zbekiston Respublikasining "Suv va suvlardan foydalanish 
to'g'risida"gi qonuni qabul qilingan. 
1999 yil 14 aprelda O'zbekiston Respublikasining "O'rmon to'g'risida"gi qonuni qabul 
qilingan. 
2000 yilda O'zbekiston Respublikasining "Ekologik ekspertiza to'g'risida"gi qonuni 
qabul qilingan. 
2001 yil 6 dekabrda O'zbekiston Respublikasining "Chiqindilar to'g'risida”gi qonuni 
qabul qilingan. Ushbu qonunda respublika hududida chiqindilardan foydalanish, ularni 
qayta ishlash, eksport qilish tartibi, bu borada korxona va tashkilotlarning huquq va 
majburiyatlari o'z ifodasini topgan. Shuningdek, ikkinchi chaqiriq O'zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining 7- sessiyasida O'zbekiston hududida Biologik rang-
baranglikni saqlash konventsiyasi ham qabul qilingan. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi “2030 yilgacha 
bo'lgan 
davrda 
o'zbekiston 
respublikasining 
atrof 
muhitni 
muhofaza 
qilish 
kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi farmoni qabul qilingan. Farmon doirasida 
Kontseptsiya erishilgan natijalar, maqsadli ko'rsatkichlar va atrof-muhitni muhofaza 


Kelichev B 

qilish bo'yicha tegishli davrga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlardan kelib chiqqan holda
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan uch yil muddatga alohida-
alohida tasdiqlanadigan «yo'l xaritalari» asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 
Kontseptsiya ko'rsatib o'tilgan davrda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat 
siyosatining ustuvor yo'nalishlarini belgilaydi. Ularning amalga oshirilishi esa kelajak 
avlodlarning manfaatlari yo'lida davlatni barqaror rivojlantirishni ta'minlash imkonini 
beradi. 
Kontseptsiyaning maqsad va vazifalari: 
O'zbekiston Respublikasi aholisining hayoti va salomatlik darajasini yaxshilashning 
zarur sharti sifatida atrof-muhitning qulay holatini ta'minlash; 
- atrof muhitga va aholining salomatligiga salbiy ta'sirni pasaytiruvchi innovatsion 
texnologiyalarni joriy etish hisobiga barqaror iqtisodiy rivojlanish; 
- atrof muhit ob'ektlaridan oqilona foydalanishni va biologik resurslar qayta 
tiklanishini ta'minlash. 
- Quyidagilar Kontseptsiyaning vazifalari hisoblanadi: 
- atrof muhit ob'ektlarini (yer, suv, atmosfera havosi, yer qa'ri, o'simlik va hayvonot 
dunyosi) saqlash va qo'riqlanishini ta'minlash; 
- qo'riqlanadigan tabiiy hududlarni kengaytirish; 
- atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida davlat 
nazoratini, 
shuningdek, 
atrof 
muhitning 
ekologik 
monitoringi 
tizimini 
takomillashtirish; 
- atrof muhitni muhofaza qilishni ilmiy jihatdan ta'minlash; 
- aholining ekologik madaniyatini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida 
davlat organlari faoliyatining oshkoralik darajasini oshirish va fuqarolik jamiyatining 
rolini kuchaytirish; 
- atrof muhitga minimal og'irlik tushiradigan barqaror rivojlanishni ta'minlovchi 
jamiyatni shakllantirish; 
- atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish. 
Hozirgi 
vaqtda 
O'zbekistonda 
BMTning 
atrof-muhit 
muammolari 
bilan 
shug'ullanuvchi 7 ta missiyasi faoliyat ko'rsatmoqda. Ayniqsa, Orol va Orol bo'yidagi 
ekologik muammolar Xalqaro tashkilotlarning diqqat markazida bo'lib ushbu yo'nalishda 
turli tadbirlar o'tkazilmoqda. 
O'zbekiston Respublikasi 1993 yil 18 mayda Ozon qatlamini muhofaza qilish 
to'g'risidagi Vena konventsiyasiga va Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo'yicha 
Monreal protokoliga qo'shildi. 
2030 yilda gidroxlorftoruglerodlar ishlatishni batamom to'xtatish O'zbekiston uchun 
Monreal protokolining xalqaro majburiyatlarini bajarishga rioya etishning strategik 
yo'nalishi hisoblanadi. 
O'zbekiston 1993 yildan buyon BMTning Iqlim o'zgarishi to'g'risidagi hadli 


Kelichev B 

konventsiyasining (Nyu-York, 1992 yil may) a'zosi hisoblanadi. Ushbu Konventsiyaga 
Kioto protokoli 1998 yilda imzolangan va 1999 yilda ratifikatsiya qilingan, Parij bitimi 
esa 2017 yilda imzolangan va 2018 yilda ratifikatsiya qilingan. 
O'zbekiston 1992 yilda imzolangan MDH Davlatlararo Ekologiya Kengashining teng 
huquqli a'zosi hisoblanadi. 
Bugungi kunda, O'zbekiston Xitoy, Gruziya, Hindiston, Isroil, Yaponiya, Qozog'iston, 
Qirg'iziston, Malayziya, Koreya Respublikasi, Slovakiya, Shveytsariya, Tojikiston, 
Tailand, Turkiya, Turkmaniston va Ukraina bilan atrof-muhitga tegishli komponentlar 
kiritilgan bir qator ikki tomonlama bitimlar imzolagan. 
Ushbu bitimlarda O'zbekiston quyidagi sohalarda hamkorlik qilishi ko'zda tutilgan: 
- Suv 
va 
havoning 
ifloslanishi 
monitoringi 
texnologiyalari. 
- Tabiatni 
muhofaza 
qilish 
ilmi 
va 
texnologiyalari 
tadqiqotlari. 
- Ekologik 
ta'lim, 
mutaxassislarni 
tayyorlash 
va 
targ'ibot. 
- Tabiatni muhofaza qilish jarayonlarini boshqarish va biologik turlarni himoya qilish. 
- Ekologik 
toza 
ishlab 
chiqarish 
texnologiyasi. 
- Tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunlar, qonun-
qoidalar, siyosat va standartlar, shu jumladan sanoat ishlab chiqarishi va mahsulotlari 
uchun 
ekologik 
standartlar. 
- Tomonlar kelishib olgan atrof-muhitni muhofaza qilish va yaxshilashga taalluqli 
hamkorlikning 
boshqa 
sohalari. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin