Turizm industriyasida ish o‘rinlarinig xususiyatlari quyidagicha o‘ziga xosliklarga ega:
aholiga turistik xizmatlar ko‘rsatishda bandlikning mavsumiylik xarakteri
to‘liqsiz ish kuni bilan band bo‘lgan ahamiyatli darajadagi ulushi;
past malakali jismoniy mehnatning ahamiyatli darajadagi ulushi;
Respublikada turizmning bugungi kundagi ahvolini tahlili shuni ko‘rsatadiki, uning noyob salohiyat va imkoniyatlaridan g‘oyatda kam foydalanilmoqda. O‘zbekiston xalqaro turizm biznesida ancha orqada qolib ketmoqda. Bunga sabab avvalo shuni respublikamizda turizmning yosh sohalardan biri bo‘lganligi, unda malakali kadrlarning yetishmasligi, O‘zbekiston turizm va mavjud imkoniyatlari haqida reklama-axborot ishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, xizmat ko‘rsatish turlarining nisbatan kamligi va sifat darajasining pastligi va x.k. O‘zbekiston ko‘xna tarix va madaniyat beshiklaridan biridir. Yevroosiyo mintaqasida turistlar uchun yangi turizm markazi hisoblangan o‘zbekiston kelajakda xalqaro va ichki turizmni rivojlantirish borasida qulay strategik imkoniyatga egadir

Xulosa
O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishdan asosiy maqsad-jamiyat ehtiyojlarini qondirish, xizmat ko‘rsatish sifati va hajmini kengaytirilgan holda sohaga bozor iqtisodiyotining dunyo standartlari darajasidagi modeli kirib kelishini ta’minlashdir. Jamiyat ehtiyojini qondirish turistlar talabini ichki va tashqi turizm xizmatlariga aholining ekskursion xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish shu bilan xizmat importi va eksportiga bo‘lgan xalqaro talabni o‘rganish bilan bog‘liqligi masalaning nechog‘li muhimligini ko‘rsatadi