Kalom ilmida moturidiya oqimining asoschisi, Islom olamida Imom-ul-Hudo (Hidoyat imomi) deb tanilgan buuk ilohiyot olimi, faqih, shayx Muhammad ibn Mahmud al-Xanafiy al-Moturidiy 870 yilda Samarqandning Moturid mavzesida tug‘ilgan. Dastlab maktabda savod chiqarib, keyin madrasa ta’limini olgan.
Imom al-Moturidiy Imom Ash’ariy, Rudakiy, Abul Hasan Balxiy, Farobiy kabi olimlar bilan bir zamonda yashab, imom Muhammad al-Buxoriyni o‘zining ma’naviy ustozi, deb bilgan. Alisher Navoiy Imom al-Moturidiyning sha’nini ulug‘lab, u kishiga “Buuk ulamolar sultoni” dea yuksak baho bergan.
IX-X asrlarda Islom dinini noto‘g‘ri targ‘ib va talqin qiluvchilar ko‘payganligi sababli Imom al-Moturidiy o‘zining asarlari bilan ularga qarshi kurashadi. Uning “Kitob al-Tavhid” asari alohida o‘rin tutadi. Imom al-Moturidiy 944 yilda Samarqandda vafot etadi va shahardagi Chokardiza qabristoniga dafn etiladi.
Yurtboshimiz rahnamoligida 2000 yilda allomaning 1130 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi, imom qabri ustida yangi maqbara barpo etildi.
Imom Moturudiy yodgorlik majmui
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan maqbara 2000 yilda Samarqandning Chokardiza qabristonida bunyod etilgan. Buyuk vatandoshimiz Abu Mansur al-Moturidiy ilmiy-diniy merosining xalqimiz ma'naviy-ruhiy hayotidagi o'rni beqiyosdir. U Islom olamida "Imom al-huda" (Hidoyatga boshlovchi imom) va "Imom al-mutakallimin" (Kalom olimlarining imomi) degan sharafli unvonlar bilan mashhur bo'lgan. Ismlari Muhammad, "Moturidiy" taxallusini Samarqandning Moturid qishlog'ida tavallud topganliklari uchun olganlar. Manbalarning dalolat berishicha, Al-Moturidiy fiqh va kalom ilmi bilan yoshlikdanoq qiziqib, hanafiy mazhabi olimlaridan tahsil olgan. Ko'plab mashhur faqih va muhaddislar bilan muloqotda bo'lgan, butun umri davomida shu sohaga oid ko'plab asarlar yozib qoldirgan. "Kitob at-tavhid", Kitob maqomat", "Tavilot ahl as-sunna" asarlari shular jumlasidandir.