O'zbekistoning eksport salohiyati reja


O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy



Yüklə 22,48 Kb.
səhifə2/4
tarix10.09.2022
ölçüsü22,48 Kb.
#63544
1   2   3   4
O\'ZBEKISTONING EKSPORT SALOHIYATI

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni rivojlantirish maqsadida jamg‘arma tomonidan joriy yil 3-8-mart kunlari “Daejin Chemical” korxonasi vakillarining O‘zbekistonga tashrifi tashkil qilindi. “Daejin Chemical” va “Navoiy” erkin iqtisodiy zona direksiyasi o‘rtasida mazkur zonada kosmetika vositalari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish hamda bu mahsulotlarni MDH davlatlari bozorlariga eksport qilishni nazarda tutuvchi Anglashuv memorandumi imzolandi.

Birinchi Prezidentimizning 2016-yil 16-martdagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan jamg‘arma Rossiya, Koreya Respublikasi, Italiya, Bolgariya, Shveytsariya, Germaniya va Ispaniyada o‘z vakolatxonalarini ochgan. Ularning asosiy vazifasi marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, xaridorlar topish, mahalliy brendlarning ushbu mamlakatlarda reklamasini ta’minlash, ko‘rgazma, yarmarka, tender savdolari va boshqa tadbirlarda tadbirkorlarning ishtirokini tashkillashtirish, O‘zbekistonga xorijiy importyorlarning tashrifini tashkil etish, xorijiy mamlakatlarning qonunchiligiga muvofiq talab etiladigan sertifikat va litsenziyalarni olishda ko‘maklashishdan iboratdir.

Bir so‘z bilan aytganda, jamg‘arma tadbirkorlarni tashqi bozor xatarlaridan ishonchli himoyalash, mahsulot turlarini tahlil etish, ularning tashqi bozordagi raqobatbardoshlik darajasini aniqlash va oshirish, xorijdan ishonchli hamkorlar topish va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishga kamarbastadir.
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi pandemiyadan oldingi darajadan oshdi
11 oy yakunlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi pandemiyagacha bo‘lgan darajadan oshib, qariyb 38 mlrd dollarni tashkil etdi. Eksportning yarmidan ko‘pi oltin, rangli metallar va to‘qimachilik mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Rossiya bir necha yildan beri ilk marta Xitoyni O‘zbekistonning import bo‘yicha hamkorlarining birinchi qatoridan siqib chiqardi.
2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,95 mlrd dollarga (+ 15 foiz) o‘sib, 37,94 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida aytiladi. Bu 2019 yilning shu davridagi kovidgacha ko‘rsatkichidan (37,86 mlrd dollar) ko‘proqdir.
11 oy davomida eksport 15,45 mlrd dollardan oshdi, bu 2020 yilning shu davriga nisbatan 8,9 foizga ko‘pdir. Import ham 19,7 foizga o‘sib22,48 mlrd dollarni tashkil qildi. Tashqi savdo aylanmasining manfiy saldosi 7 mlrd dollargacha oshdi (2020 yil yanvar-sentabrda 4,5 mlrd dollarni tashkil etgan).
Noyabrda eksport hajmi 3 mlrd dollardan sal ko‘proqni tashkil etdi, bu ko‘rsatkichning katta qismi oltin savdosi — 1,74 mlrd dollar (57,7 foiz), shuningdek, gaz savdosi — 88 mln dollarga to‘g‘ri keldi.
Yil boshidan buyon 4,1 mlrd dollarlik oltin (umumiy eksportning 26,5 foizi), 2,65 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari (17,1 foiz), 1,49 mlrd dollarlik rangli metallar (9,6 foiz), 684,8 mln dollarlik gaz (4,4%), 866,6 mln dollarlik sabzavot va mevalar va boshqalar (5,6%) sotilgan.
Pandemiya yiliga nisbatan O‘zbekiston yetakchi 20 ta hamkor-davlatning deyarli barchasiga o‘z tovar va xizmatlarini yetkazib berishni ko‘paytirdi. Jumladan, Xitoyga — 2,32 mlrd dollarga (+32,3%), Rossiyaga — 1,87 mlrd dollarga (+41,6), Turkiyaga — 1,54 mlrd dollargacha (+ 71,7%), Qozog‘istonga — 1,05 mlrd dollargacha (+ 29,1%), Ukrainaga — 202,6 mln dollargacha (+84 , 1%), Buyuk Britaniyaga — 133,8 mln dollarga (3,3 marta) oshdi.
Shu bilan birga, Afg‘onistonga eksport 573,2 mln dollarga (-17,6%), Germaniyaga esa 60,8 mln dollarga (-3,6 foiz) kamaydi.

Yüklə 22,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin