O'zbekistoning eksport salohiyati reja


Import ham deyarli barcha yetakchi 20 ta hamkor-mamlakatdan



Yüklə 22,48 Kb.
səhifə3/4
tarix10.09.2022
ölçüsü22,48 Kb.
#63544
1   2   3   4
O\'ZBEKISTONING EKSPORT SALOHIYATI

Import ham deyarli barcha yetakchi 20 ta hamkor-mamlakatdan, jumladan, Rossiyadan — 4,73 mlrd dollargacha (+ 26,4 foiz), Xitoydan — 4,4 mlrd dollargacha (+ 10,6 foiz), Qozog‘istondan — 2,48 mlrd dollargacha (+ 37,3 foiz), Turkiyadan — 1,5 mlrd dollargacha (+ 52,7%), Turkmanistondan — 450,6 mln dollargacha (+ 29,9%), Ukrainadan — 419,9 mln dollargacha (+ 49,9%), Braziliyadan — 331,3 mln dollargacha (4,7 marta), Erondan — 221,5 mln dollargacha (2,4 marta) oshdi.
Qayd etish joizki, Rossiya 2017 yildan beri birinchi marta Xitoyni O‘zbekistonning import hamkorlarining birinchi qatoridan chiqardi.
O‘zbekistonga yetkazib berish Koreya Respublikasidan 1,63 mlrd dollarga (-12,5 foiz), Germaniyadan 614,6 mln dollargacha (-5 foiz), Latviyadan 161 mln dollarga (- 45 foiz), Chexiyadan — 158,6 mln dollargacha (-67,7%) kamaygan.
11 oy davomida YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 11,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston o‘zi eksport qilganidan ko‘ra ko‘proq tovar va xizmatlarni import qilmoqda. Eksport — 3,7 mlrd dollar, import — 7,6 mlrd dollar. Salbiy saldo — 3,9 mlrd.
Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28,2 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Tashqi savdo saldosi 7,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Uchinchi chorakda import hajmida eksport hajmiga qaraganda jadalroq o‘sish kuzatildi.
Кириллчада18 oktabr 2021, 19:01 Iqtisodiyot
Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28,2 mlrd dollarga teng bo‘ldi, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, uchinchi chorak yakunlariga ko‘ra eksport hajmi 10,3 mlrd dollarni, import hajmi esa 17,9 mlrd dollarni tashkil etgan. Tashqi savdoda 7,6 mlrd dollar miqdorida passiv balans kuzatilgan.
Tashqi savdo aylanmasida import hajmi eksport hajmiga qaraganda yirikroq hajmda o‘sib bormoqda. Joriy yilda eksport tarkibida oltin eksporti hajmining keskin qisqarishi tashqi savdo asosiy ko‘rsatkichlari shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, eksport va import hajmlari orasidagi farqning yanada yiriklashishiga sabab bo‘lmoqda.
Xususan, 2021 yilning ikkinchi choragida oltin eksporti hisobiga eksport hajmi birinchi chorak yakuniga nisbatan qariyb uch barobarga o‘sgan. Uchinchi chorakda esa eksport hajmi o‘sish sur’ati pasaygan. Import hajmi uchinchi chorakda yanvar-iyun natijalariga nisbatan 1,6 barobardan ziyodga o‘sgan.
2021 yilning I-III choraklarida tashqi savdo asosiy ko‘rsatkichlari, mlrd dollarda. Manba: Statistika qo‘mitasi

Yüklə 22,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin