O'zbekistoning investitsiyaviy siyosati va uning yo'nalishlari


-rasm. Barqaror rivojlanish mezonlari



Yüklə 65,25 Kb.
səhifə6/10
tarix22.09.2023
ölçüsü65,25 Kb.
#146883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi mavzu “O\'zbekistoning investitsiyaviy siyosati va uni-fayllar.org

1.5-rasm. Barqaror rivojlanish mezonlari
Kioto Protokoli - Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o’zgarishi to’g’risidagi Hadli Konventsiyasiga (IO’HK) 1997 yil 11 dekabrda qabul qilingan, O’zbekiston Respublikasi tomonidan 1999 yil 20 avgustda ratifikatsiya qilingan va 2005 yil 16 fevraldan boshlab kuchga kirgan bo’lib, “parnik effekti”ni hosil qiluvchi gazlarni atmosferaga chiqarishni qisqartirish mexanizmlarini belgilovchi hujjat hisoblanadi.
Iqtisodiy mezonlar:

  • -tayyor mahsulot birligi hisobiga energiya va xom ashyo sarfini kamaytirish;


  • -zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo’li bilan ishla chiqarish samaradorligini yoki tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish;


  • -O’zbekiston Respublikasida bozorning xususiy sektorini rivojlantirishga ko’maklashish.


Ekologik mezonlar:


  • -atrof-muhitning saqlanishiga va yomonlashishining oldini olishga ko’maklashish;


  • -tabiiy xom ashyo sarfini va ishlab chiqarish chiqitlarini kamaytirish;


  • -xom ashyodan takroriy foydalanishga va tiklanayotgan tabiiy resurslardan foydalanishga yo’naltirilgan texnologiyalarni joriy etish;


  • -atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish. Ijtimoiy mezonlar:


  • -aholining ish bilan bandligining o’sishiga va haqiqiy daromadlarining oshishiga ko’maklashish;


  • -loyihani amalga oshirishga jalb etilgan xodimlarning va loyiha amalga oshirilayotgan hududda yashaydigan aholining sog’lig’ini yaxshilash;


  • -aholining tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalaridan xabardorligini oshirish.


Tavsiya etilayotgan investitsiya loyihasi barcha Barqaror rivojlanish milliy mezonlarini qondirishi shart emas, lekin ko’rsatib o’tilgan mezonlarga muvofiq mamlakatning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak.


Maqsadiga ko’ra xorijiy investitsiyalar bevosita va portfelь investitsiyalarga bo’linadi. Bevosita investitsiyalar – bu kapitalning to’g’ridan-to’g’ri eksporti bo’lib, investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Bunda korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi shahobchasiga aylanadi. Bevosita xorijiy investitsiyalar (BXI) asosan xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida bo’ladi.
Transkontinental kapital qo’yilmalar - investitsiya kiritish uchun qulay bozor sharoiti bo’lgan boshqa bir davlat yoki qit’aga investitsiya eksportini amalga oshirishdir. Asosiy maqsad – bozorni egallash va shu kontinentda yangi ishlab chiqarishni tashkil etish. Transmilliy kapital qo’yilmalari esa asosan qo’shni davlatlarga amalga oshiriladi.
Bevosita investitsiyalar ikki maqsadda yo’naltiriladi:
  • yangi kompaniya tashkil etish;


  • bankrot bo’lgan kompaniyalarni xarid qilish.


Portfel investitsiyalar - shunday investitsiyalarki, bunda kapitalni daromad olish maqsadida korxonalarning aktsiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlarini sotib olish uchun sarflanadi. Bunday investitsiyalar korxonalarning moliyaviy xo’jalik faoliyati ustidan nazorat o’rnatish huquqini bermaydi. Xorijiy portfelь investitsiyalar barcha xalqaro operatsiyalarni amalga oshirishda firmalar uchun muhim ahamiyatga ega. By turdagi investitsiyalarga asosan moliyaviy muammolarni yechish uchun murojaat qilinadi. Korporatsiyalarning moliyaviy bo’limlari mablag’larning bir mamlakatdan boshqa mamlakatga qisqa muddatli investitsiyalardan yuqori foyda olish uchun o’tkazadilar.


Moliyaviy derivativlar– bozor narxiga ega bo’lib, uning sohibiga birlamchi qimmatli qog’ozlarni sotish yoki sotib olish huquqini beradi. Bularga optsionlar, fьyucherslar, varrantlar, svoplar kiradi.
Nota (qarz majburiyati) - qisqa muddatli (3-6 oy) pulli dastak bo’lib, bank bilan kelishuv asosida qarz oluvchining o’z nomiga chiqariladi, bozorda joylashtirilishi kafolatlanadi va sotilmagan notalar sotib olinadi, rezerv kreditlar bilan ta’minlanadi. Keng tarqalgan notalar – Yevronotalardir.


Yüklə 65,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin