2.2. O’ZBEKISTONDA INVESTITSIYAVIY SIYOSATNING AMALIYOTDA O'TKAZILISH JARAYONI VA UNING NATIJALARI.
Zamonaviy O’zbekiston – butun mintaqaning barqarorligi va iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi Markaziy Osiyo mintaqasida etakchi sanoat davlatidir. Zamonaviy O’zbekiston iqtisodiyotining xorijiy kompaniyalar uchun taqdim etadigan afzalliklari orasida siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik, qulay iqlim sharoitlari, mehmondo’st va mehnatsevar xalq va boshqalarni o’z ichiga oladi.
O’zbekistonda biznesni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy omillari orasida: boy resurs bazasi, yirik mintaqaviy bozorlarning markazida qulay jo’g’rofiy joylashuvi, xalqaro ahamiyatga ega yer va havo kommunikatsiyalari tarmog’i, diversifikatsiyalangan sanoat bazasi va respublikaning ilmiy va intellektual kadrlar salohiyatiga integratsiyalangan transport-logistika tizimi mavjud.
Xom ashyolarning keng doirasiga kirish xom ashyo va materiallarni tashish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini maksimal darajada optimallashtirish, yuqori qo’shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va mahalliylashtirish darajasi 30 foizdan ortiq bo’lgan mahsulotni chuqur qayta ishlash imkoniyatini beradi.
Respublikada 2800 dan ortiq konlar va foydali minerallar aniqlangan, mamlakatning umumiy mineral-xom ashyo salohiyati taxminan 3,5 trln. dollar, shu jumladan, bir qancha o’rinlarda metall va metall buyumlar, qishloq xo’jaligi buyumlar bo’yicha O’zbekiston dunyodagi yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Xususan, mis zaxiralari bo’yicha – 11-o’rin, oltin ishlab chiqarish bo’yicha – 9-o’rin, uran-8-o’rin, paxta tolasi – 5-o’rinlarni egallaydi.
O’zbekiston iqtisodiyoti mutlaq energetik mustaqilligi bilan ajralib turadigan dunyodagi ozchilik mamlakatlardan biridir. Respublikaning sanoati tabiiy gaz, neft va neft mahsulotlari, ko’mir va elektr energiyasi bilan to’la ta’minlangan. Shu jumladan Respublikada 188 ta neft, gaz va kondensat konlari, uchta ko’mir zaxiralari aniqlangan. O’zbekiston uran zaxiralari va uni qazib olish bo’yicha birinchi o’ntalikka kiradi. O’zbekistonning jami energiya zahiralari iqtisodiyotning kamida 100 yillik ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiya Respublikaning o’sib borayotgan ehtiyojlarini qoplaydi va rivojlangan mamlakatlarda sanoat iste’molchilari tomonidan to’lanadigan o’rtacha narxdan 4,5 barobar past. Qo’shimcha muqobil energiya manbalari cheksiz imkoniyatlarini yaratadi, shu jumladan quyosh, shamol, qattiq chiqindilarni qayta ishlashdan olingan energiya har yili 51 milliard tonna ekvivalentida neft ishlab chiqarish imkonini beradi.
Qulay iqlim sharoitlari tufayli O’zbekiston eng boy qishloq xo’jalik imkoniyatiga ega: Respublika to’qimachilik sanoatida eng ko’p talab etiladigan paxta tolasining ishlab chiqaruvchi yirik mamlakatlar ichida beshinchi o’rinni egallaydi. Ushbu mamlakat yiliga 10 million tonnadan ortiq meva va sabzavot ishlab chiqarish salohiyatiga ega bo’lib, har yili 10 ming tonnaga yaqin quruq ipak qurti pilla ishlab chiqaradi. O’zbekistonning keng savdo bozorlari va rivojlangan transport infratuzilmasiga yaqinligi, Yevroosiyoning multimodal kommunikatsiya tizimi integratsiyalashgan va investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlik rivojlanishinii belgilab beradi.
O’zbekistonga sarmoya kiritib, Xalqaro kompaniyalari eng yirik va eng jadal rivojlanayotgan beshta bozorga chiqish imkoniyatiga ega – ular bozordagi MDH mamlakatlari hamda, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharqdagi 300 million kishidan ortiqdir.
Shu bilan birga, rivojlangan multimodal tarmoq, O’zbekistondan tovarlarni etkazib berish va mamlakatimiz hududi orqali tranzit qilish vaqtini va xarajatlarini sezilarli darajada qisqartiradi, shuningdek, 44 davlat bilan eng ko’p qulaylik yaratish tartibi to’g’risidagi shartnomalar va MDHning 12 mamlakati o’rtasida tashkil etilgan erkin savdo hududi O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshiradi. Ma’lumki, mehnat resurslari xorijiy sarmoyadorlar uchun ham muhimdir. G’arb bilan Sharq o’rtasidagi kesishuvda joylashgan dunyoning eng zich aholisi va ko’p millatli davlatlaridan biri bo’lgan O’zbekiston bugungi kunda mamlakatimizni yuqori malakali, kadrlarni «shakllantirish» ga aylantirgan yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari va ta’lim muassasalari to’plangan joy bo’lib kelgan.
Bugungi kunda O’zbekistonda 91 ta oliy o’quv yurtlari faoliyat ko’rsatmoqda.Bundan tashqari Britaniya, Singapur, Italiya, Rossiya oliy o’quv yurtlarining filiallari mavjud.Universitetlarning yarmi texnik, maxsus soha mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan.
O’zbekistonning tarixiy shakllangan boy ilmiy madaniyati, keng ko’lamli ilmiy va amaliy tashkilotlarning tarmog’i iqtisodiy taraqqiyotning ilg’or innovatsion mexanizmlarini rivojlantirish uchun obyektiv shart-sharoitlarni yaratadi.
1943 yildan buyon dunyoning yetakchi ilmiy bazalaridan biri bo’lgan O’zbekiston – 18 ta tadqiqot institutlarini birlashtirgan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi – bu mintaqada «innovatsiya markazi» dir.
O’zbekistonning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini rivojlantirish zarurati O’zbekistonning dunyodagi eng yirik va eng jadal rivojlanayotgan beshta bozorning markazida joylashganligi – MDH, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, shu jumladan, Afg’oniston, Yaqin Sharq, Markaziy va Sharqiy Yevropa bozorlaridagi raqobat bugungi sharoitda xorijiy kompaniyalar, shu jumladan Ispaniya kompaniyalari O’zbekistonning mutlaq va qiyosiy afzalliklari bilan faqat yutib olishlari mumkin.
Avvalo, bu yuqoridagi hududlar o’rtasidagi barcha savdo yo’nalishlarini kesib o’tishda respublikaning qulay jo’g’rofiy joylashuvi, Markaziy Osiyoning chegaralaridan tashqarida bo’lgan bozorlarni qamrab oluvchi rivojlangan multimodal tarmoq, shu jumladan Sharqiy Yaqin Sharq, Shimoliy Hindiston va G’arbiy Xitoy.
Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlarida jadal o’sib borayotgan va ko’p jihatdan ochilmaydigan bozorlarni rivojlantirish uchun misli ko’rilmagan shart-sharoitlar, O’zbekiston ishlab chiqaruvchilarining 60 million aholisi va 300 million aholisi bo’lgan MDH mamlakatlari Markaziy Osiyo bozorlariga bojsiz kirish imkoniyatlaridan ham foydalanishmoqda.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunga qo‘shimchalar ishlab chiqib, uni jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, mamlakatdagi investitsiya loyihalariga kamida 1 million dollar ekvivalentida mablag‘ kiritgan xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun O‘zbekiston fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish taklif etilmoqda. Bunday imkoniyat nafaqat investorlarga, balki boshqa mamlakatlarning taniqli olim, sportchi, madaniyat va san’at arbobiga nisbatan ham tadbiq etiladi.
Bunda «Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi» DUK yoki Davlat xizmatlari markazi chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga sarmoya kiritganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma beradi. Ushbu hujjat O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadi.
O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblangan vatandoshga nisbatan quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar u:
mamlakat hududida yashaydigan va fuqarosi bo‘lgan, nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan loaqal bitta o‘zidan oldingi qarindoshga ega bo‘lsa;
tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo‘lsa;
Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga olsa;
davlat tilini qonunchilikda belgilangan tartibda muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa.
Qonun loyihasi prezident Administratsiyasining 2022 yil 10 martdagi topshirig‘i va hukumatning «Vujudga kelayotgan xalqaro inqiroz sharoitida turizm tarmog‘i imkoniyatlaridan foydalanish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi «yo‘l xarita»si»ga asosan ishlab chiqildi.
2.3. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INVESTITSIYA SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISHNING YO’NALISHLARI.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish boʼyicha ustuvor yoʼnalishlarni amalga oshirish maqsadida: “ 2017 — 2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi” ishlab chiqildi. Strategiyaning “iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yoʼnaltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʼsish surʼatlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xoʼjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish boʼyicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom yettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ragʼbatlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy yettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb yetish” yoʼnalishiga yeʼtiborimizni qaratish maqsadga muvofiqdir. Xarakatlar strategiyasida ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investisiya siyosatini olib boorish zarurligi taʼkidlangan. Bu vazifa muvofaыiyatli bajarildi. ( 1-jadval)
2017-2021yillarda Oʼzbekistonda
oʼzlashtirilgan investitsiyalar xajmi
Ushbu maqsadga yerishishda mamlakatimizda qabal qilingan 2017-2021 yillarga Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning harakatlar strategiyasi muhim oʼrin yeagallaydi. Mamlakatimizda xarakatlar strategiyasini bajarilishi taraqqiyot strategiyasiga oʼtishga imkon berdi. 20122 — 2026 yillarda YAngi Oʼzbekiston Respublikasini taraqqiyot strategiyasida «Milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom yettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish.
Investitsiya siyosatida quydagi chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish lozim deb oʼylaymiz:
– xalqaro maydonda mamlakatimizdagi investitsiya muhiti, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoq, kompaniya va tashkilotlarining investi-tsion imkoniyatlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni keng targʼib etish, tahlil qilish, baholash va tasdiqlash kabi tadbirlarni kuchaytirish hamda internet tarmogʼida mahalliy va xorijiy investorlarni kerakli statistik axborotlar hamda biznes yuritish uchun yaratilgan sharoitlar haqida keng maʼlumotlar berib borish;
– raqobatbardosh mahsulotni taʼminlovchi yangi ishlab chiqarish va tarmoqlarni yaratishga, diversifikatsiya jarayonlariga erishish uchun ishlab chiqarishga fan va texnikaning zamonaviy yutuqlarini boshqarishning ilgʼor usullarini joriy etgan holda qayta ishlab chiqarish zaxira¬larini tejashni tashkil etish;
– mamlakatimizdagi bozor axborot xizmatini yanada rivojlantirish, marketing xizmati fao¬liyati va tashqi iqtisodiy qonunchilikni faol-lashtirish;
– yirik xorijiy banklarning filiallari, xalqaro kompaniya va korporatsiyalar vakolatxo¬nalarini ochish uchun yetarli sharoitlar yaratish;
– infratuzilma sohasidagi (yoʼllar, transport, kommunikatsiya, axborot, aloqa) qoʼshma investi¬tsiyalarni amalga oshirishni faollashtirish;
– kichik biznes va xususiy tadbirkorlik fao¬liyatiga toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalarnijalb qilishning meʼyoriy asoslarini yanada tako¬millashtirish;
– joylarda investorlar uchun yaratilgan sharo¬itlarni aniqlash boʼyicha reyting natijalari eʼlon qilib borilishi;
– xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik stra¬tegiyasini, ayniqsa dengiz yoʼllariga chiqib olish va shu orqali eksport-import yuk tashuvlarini amalga oshirishga yoʼnaltirilgan, oʼzaro foydali kooperatsiya aloqalarini yoʼlga qoʼyish va boshqalar.
Demak, yuqorida bayon qilinganlardan koʼrinadiki, mamlakatimizda investitsiya borasida hal qilinishi lozim boʼlgan masalalar mavjud, shuning uchun bu ishlarni keskin faollashtirish va kam¬chiliklarni tezda bartaraf etish lozimdir. Bu borada Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiya qoʼmitasining viloyat, shahar va tuman boʼlimlari xorijiy investitsiyalarni olib kelishi va xori¬jiy investorlarga barcha masala boʼyicha amaliy yordam hamda koʼmak berish va investitsiyalar boʼyicha davlat qoʼmitasi va Tashqi ishlar vazirligi mahalliy delegatsiyalarning xorijiy mamlakat¬larga xizmat safarlari oldidan tashrifning maqsadi, taklif etilayotgan loyihalar va kutila¬yotgankutila¬yotgan amaliy natijalar boʼyicha taqdimot oʼtkazish tartibini joriy etish kerak, deb oʼylaymiz.
Prezident Shavkat Mirziyoev oʼzining 2017 yil 22 dekabrь kuni Oliy Majlisga Murojaatnoma¬sida «Biz, avvalo, chetdan kredit va sarmoyalar olib kelish boʼyicha samarali tizim yaratishimiz, har bir kreditni aniq ishlatishni oʼrganishimiz lozim. Bu masalada yetti oʼlchab, bir marta kesadi-gan, oqibatini puxta oʼylab ish olib boradigan davr keldi. Shu nuqtai nazardan, davlatning inno¬vatsion yangilanish dasturini shakllantirish, innovatsiya va investitsiyalardan samarali foy¬dalanadigan yangi avlod kadrlarini, yangi sar¬moyadorlar sinfini tayyorlash oʼta muhim ahamiyatga ega»,] deb taʼkidladi. Shuningdek mazkur Muro¬jaatnomada rahbar xodimlarning investitsiyalar masalasida vazifalari va masʼuliyati toʼgʼrisida quyidagilar taʼkidlangan: «Hokimlar, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining investitsiyalarni jalb etish, xorijiy investorlar bilan hamkorlik qilish, yangi ishlab chiqarish turlarini tashkil etish, ish oʼrinlari yaratish boʼyicha faolligini oshirish zarur» .
Prezidentimizning yuqoridagi fikrlaridan koʼrinadiki, xorijiy investitsiyalarni mamlaka¬timiz iqtisodiyotiga jalb qilish borasida bugungi kunda oʼz yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklar bor. Shuning uchun yuqoridagi noxush holatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshi-rish lozimdir.
Shuni ham aytish lozimki, xorijiy sarmoyalar¬ning hududlar boʼyicha joylashtirilishi maʼlu¬motlariga umumiy baho beriladigan boʼlsa, investitsiyalar joylashuvining nobarqaror taqsimlanganligi namoyon boʼladi. Fikrimizcha, bunday holat oʼz navbatida, respublika miqyosida notekis rivoj¬lanishni keltirib chiqarishi bilan birga, aholi migratsiya jarayonining ham kuchayib ketishiga taʼ¬sir koʼrsatishi mumkin. Shu bois investitsiyalarni respublika hududlari boʼyicha joylashtiruvchi mintaqaviy dasturlarni, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tatbiq etish hamda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
Bu chora-tadbirlar kelajakda investitsiya bora¬sidagi yutuqlarga zamin yaratadi.
Xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiyalarni jalb etish boʼyicha shart-sharoitlar yaratish jahon standartlariga javob beradigan va dunyo bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni nazarda tutish kerakki, oʼtgan yillar mobaynida mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga oʼtishning huquqiy asoslari, infrastruk¬turasi yaratilibgina qolmasdan, iqtisodiy oʼsishdan yuksalish sari mustahkam zamin yaratildi. Mamlakatni jadal isloh etish va modernizatsiya qilish hamda mulkiy munosabatlarni takomil¬lashtirish natijasida koʼplab korxonalar ishga tushirilishi chinakam industrial qudrat vujudga kelayotganligini bildiradi. Ularning iqtisodiy samarasi darhol koʼrinmasligi mumkin. Chunki, bunday sharoitda iqtisodiy samara kelgusi davrga koʼchadi va oʼzining butun boʼyi-basti bilan yaqin kelajakda namoyon boʼladi. Buni jahondagi rivoj¬langan davlatlar tajribasi tasdiqlab turibdi.
XULOSA
Mustaqillik boshlarida boshlangan iqtisodiyotni, shu jumladan sanoat korxonalarini texnik qayta qurollantirish, modernizatsiya qilish va uning investitsion faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlar bugunga kunda o’z samarasini bermoqda. Buning natijasida sanoat tarmog’i iqtisodiyotimizni yetakchi tarmog’iga aylandi.
O’zbekistonda amalga oshirilga iqtisodiy islohotlar natijasida qulay investitsiya muhiti shakllantirildi, ya`ni qulay investitsiya muhitini shakllanishida iqtisodiy rivojlanishning barqaror sur`atlariga erishilayotganligi va bozor institutlarining mavjudligi hamda eng avvalo, mustahkam qonunchilik bazasi, rivojlangan bankkredit va investitsiyalashni davlat tomonidan qo’llab quvvatlash kabi chora-tadbirlar tizimlari yaratilganligi sabab bo’lmoqda. Turli iqtisodchi – olimlarning investitsiyalar va investitsiya faoliyati atamlariga bergan ta’riflari hamda qarashlari tahlil qilindi. Mamlakat iqtisodiy qudrati va xalq farovonligi bilan bog’liq tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirishda muhim o’rin egallaydi. Shu bois, sanoat tarmog’igainvestitsiyalar jalb etishni kengaytirish, uni rivojlantirish strategik ahamiyatga ega bo’lgan yo’nalishlar qatoriga kiradi. Sanoat tarmog’i korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi ham yildan-yilga oshib bormoqda. Bunga sabab, korxonalarning texnik bazasi yangilanayotganini, ishlab chiqarish quvvatlarini oshayotganini ko’rsatish mumkin. O’zbekistonda sanoat korxonalari investitsiya loyihalarini moliyalash uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishga muhim qo’shimcha manba sifatida qaralishi lozim. Xorijiy investitsiyalar mahalliy investitsiyalarni to’ldirishi mumkin, biroq, ularning o’rnini bosolmaydi. Shu jihatlarni inobatga olganda, investitsiyalashning tashqi manbalarini kengaytirish tarmoq korxonalarining investitsiya faoliyatini yuksaltirishda ustuvor vazifa hisoblanadi.
Mahalliy investitsiyalarni jalb qilish orqali sanoat tarmog’i korxonalari investitsion faoliyatini rivojlantirish yo’llari, muammolarini o’rganish yuzasidan quyidagilarni ta`kidlash mumkin: sanoatdagi korxonalarida aksiya va obligatsiyalarni muomalaga chiqarish orqali ularni investitsion faoliyatni moliyalashtirishda qo’shimcha mablag’lar tarkibini kengaytirish lozim. Ma`lumki, investitsion faoliyatdagi kapital qurilish va texnik qayta jihozlash tadbirlari uchun kreditlar kerak. Bu jarayonda respublikada investitsion faoliyatni jadallashtirishda tijorat banklari alohida o’rin tutadi. Shu nuqtai-nazardan, sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirish uchun tijorat banklari kreditlaridan ham foydalanish kerak. Sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirishda investitsiya va investitsiya faoliyatini o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqish zarur. Ichki va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni sanoat korxonalariga jalb etish va ularni investitsion faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish orqali kelgusida ushbu tarmoqni modernizatsiya qilish hamda rivojlantirish strategiyasini asoslash va eksportga mahsulotlar ishlab chiqarish ko’lamini kengaytirishda] foydalanish mumkin. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni amalga oshirishda asosiy kuch bu elektr-energiya hisoblandi. Ayrim chekka joylarda elektr-energiya quvvati past bo’lib, bu masalaning yechimi sifatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko’rsatish mumkin. Shuning uchun quyosh batareyalari yoki shamol parraklaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sanoat korxonalarini barpo etish va ishlab chiqarishini tashkil etish uchun qishloq joylarda barcha shartsharoitlar (yer, suv va xom-ashyo) yetarli. Shuning uchun sanoat korxonalarini qishloq joylarda barpo etish va u yerda qayta ishlab chiqarishni rivojlantirish zarur. Buning uchun investitsiyalarni qishloq joylarga jalb etish maqsadga muvofiq hisoblanadi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni – http://www.lex.uz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» gi PF-4947-sonli Farmoni http://www.lex.uz.;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3270-sonli Qarori http://www.lex.uz.;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi «Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PQ-3272-sonli Qarori http://www.lex.uz.;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» gi PF-5185-sonli Farmoni http://www.lex.uz.;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori http://www.lex.uz.;
Dostları ilə paylaş: |