O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati asoslari


Xalqaro saylov standartlari va O‘zbekiston qonunchiligi



Yüklə 311,31 Kb.
səhifə93/103
tarix02.01.2022
ölçüsü311,31 Kb.
#38035
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   103
1O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi Fuqarolik jamiyati 77

Xalqaro saylov standartlari va O‘zbekiston qonunchiligi.

Ma’lumki, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fuqaroning saylov huquqlari va erkinliklari mavzusi nufuzli xalqaro tashkilotlar jiddiy shug‘ullanadigan masalaga aylandi. Hozirgi paytda dunyoda insonning saylov huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, erkin demokratik adolatli saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish sohasiga doir 20 dan ziyod xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar mavjud.

Saylov huquqi sohasiga taalluqli prinsiplar va andozalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir qancha xalqaro universal hujjatlarida, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining (1948 yil) 21-moddasida, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning (1966 yil) 25-moddasida, Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risida xalqaro konvensiyaning 5-moddasida, Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risida BMT deklaratsiyasining (1963 yil) 6-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan.

Davlat hokimiyati vakillik organiga saylov masalalariga o‘zida 145 davlat parlamentlarini birlashtirgan va, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ham a’zo hisoblanuvchi Parlamentlararo ittifoq ayniqsa katta e’tibor qaratadi. 1994 yili Parlamentlararo ittifoq Kengashi «Erkin va adolatli saylov prinsiplari to‘g‘risidagi deklaratsiya»ni qabul qildi. Ushbu Deklaratsiya barcha mamlakatlar hukumatlari va parlamentlarini mazkur hujjatda belgilangan saylov huquqi sohasiga doir xalqaro prinsiplar va normalarga amal qilishga da’vat etadi.

Mintaqaviy xalqaro tashkilotlar ham o‘zlarining Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoyalash to‘g‘risidagi Evropa konvensiyasi (1950 yil), Inson huquqlari to‘g‘risidagi Amerika konvensiyasi (1969 yil), Inson va xalqlar huquqlarining Afrika xartiyasi (1986 yil) kabi xalqaro-huquqiy hujjatlari timsolida xalqaro saylov andozalariga jiddiy ahamiyat qaratadi. Xususan, Evropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) demokratik saylovlar sohasidagi asosiy andozalari Insoniylik mezonlari bo‘yicha Kopengagen hujjatida (1990) o‘z aksini topgan. EXHTning saylov prinsiplarini quyidagi ettita so‘z – universallik, tenglik, erkinlik, adolatlilik, yashrinlilik, ochiqlik va hisobdorlik - misolida to‘la ifodalash mumkin. Bu - har bir ovoz e’tiborga olinishi va fuqaro davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishga ko‘maklashishi mumkin ekanligining o‘ziga xos dalolatidir.

‘zbekiston saylov qonunchiligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi prinsipi ham o‘z aksini topgan. Fuqarolar saylovda nomzod uchun bevosita, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz beradilar. «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasida belgilanganidek, «qonunchilik palatasi deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanadilar». O‘zbekiston qonunchiligidagi yashirin ovoz berish prinsipi saylovchilarning xohish-irodasining qanday tarzda bo‘lmasin nazorat qilinishini istisno etish, erkin saylov uchun teng shart-sharoit ta’minlash kabi maqsadlarni ko‘zda tutadi. Saylovlar yashirin ovoz berish protsedurasidan foydalangan holda o‘tkaziladi.

O‘zbekiston saylov qonunchiligida saylovlarning ochiqligi va oshkoraligi prinsipiga alohida o‘rin berilgan. qonunchilik palatasi saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar («O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasi). Saylovlarni belgilash, tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish, fuqarolarning saylov huquqini ta’minlash va himoyalash bilan bog‘liq qarorlar saylov to‘g‘risidagi qonunlarda ko‘zda tutilgan tartibda va muddatlarda rasmiy e’lon qilinadi va ko‘pchilikning e’tiboriga havola etiladi. Ushbu prinsipga amal qilinishi saylov jarayonlarini milliy va xalqaro doiralarda kuzatishni yo‘lga qo‘yish uchun ham tegishli shart-sharoit yaratadi.




  1. Yüklə 311,31 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin