Fuqarolik deganda jismoniy shaxsning ma’lum bir davlat bilan mustahkam siyosiy-huquqiy bog’lanishig aytiladi. Fuqarolikka ega shaxs fuqaro, deyiladi. Bu bogʻlanish fuqaroning tegishli davlatga nisbatan boʻlgan huquq va burchlari hamda uning oʻsha davlat tomonidan himoya qilinishida namoyon boʻladi. Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 21-moddasiga koʻra butun Oʻzbekiston hududida yagona fuqarolik oʻrnatiladi (Qoraqalpogʻiston fuqarosi ayni vaqtda Oʻzbekiston fuqarosi hamdir).
O‘zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati
O‘zbekiston aholisining asosiy qismini tashkil qilivchi fuqarolardan tashqari, O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lmagan, uning hududida doimiy yashovchi yoki vaqtincha bo’lib turgan shaxslar – chet ellik shaxslar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar hisoblanadi.
Fuqarolik masalalari bilan shug‘illanuvchi davlat organlari O‘zbekiston Konstitutsiyasining 93-moddasiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlariga O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga oid masalalarni hal qilish kiritilgan.
“Fuqarolik to‘g‘risidagi” qonunning 29-moddasida fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarni yurituvchi Respublika davlat idoralari ro‘yxati berilgan.