O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti;
O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi, Respublikaning diplomatiya vakolatlari va konsullik muassasalari;
Shaxs va fuqaroning huquqiy maqomi deganda ularning huquq va erkinliklari hamda burchlarining majmui tushuniladi. O‘zbekiston Konstitutsiyasida shaxs va fuqaro huquqiy maqomining quyidagi prinsiplari belgilab qo’yilgan:
Shaxs va fuqaroning huquq va erkinliklari sohasida xalqaro huquq normalarining ustunligi;
Asosiy huquq va erkinliklarning ajralmasligi;
Huquq va erkinliklarning bevosita amalga oshirilishi;
Huquq va erkinliklarning majburan cheklashga yo’l qo’yilmasligi;
Shaxs va fuqaroning huquq va erkinliklari davlat tomonidan kafolatlanganligi;
Teng huquqlilik;
Shaxs va fuqaroning huquq va erkinliklarining amalga oshirilishi boshqalarning huquq va erkinliklariga putur yetkazmasligi shart ekanligi.
Konstitutsiyamizning 18 moddasida, “O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo'yiladi hamda ijtimoiy adolat printsiplariga mos bo'lishi shart” – deb belgilangan.
Dostları ilə paylaş: |