O`ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN ENERGETIKA FAKULTETI 35-22
O`ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN ENERGETIKA FAKULTETI 35-22 GURUX TALABASI TURDALIYEV XASANJONNIG TAQDIMOT LOIXASI
MAVZU:Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining o‘zaro aloqasi va farqi
1.Globallashuv tushinchasi va uning mohiyati 1.Globallashuv tushinchasi va asosiy xususiyatlarning namayon bo’lish yo’llari 3.Globallashuv universallashuv jarayoni sifatidagi o’rni. 4. Xulosa 5. Foydalanilgan adabiyotlar
REJA:
Globallashuv- lotincha “glob” so‘zidan olingan bo‘lib, aynan uni “dumaloqlashuv”, “kurralashuv” deb tarjima qilish mumkin. Yer sharining, Yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. “Global” tushunchasi lug‘aviy ma'nosi nuqtai nazaridan fransuz tilida “umumiy”, lotin tilida esa “globus”-Yer shari” ma'nolarini bildiradi. Demak, globalizm tushunchasi ana shu ikki ma'noda ham bevosita insoniyat hayoti va taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan katta muammolarni, “sayyoraviy”, “dunyoviy” muammolarni, global taraqqiyot istiqbollarini o‘ziga qamrab oladi. Globallashuv atamasi Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratiligan qo`shimcha chora tadbirlarbor 1960 yil Giddins tomonidan foydalanilgan1 . Bu atama XX asrning 90-yillarigicha deyarli foydalanilmagan. 1985 yilga kelib amerikalik sotsiolog R. Robertson «globallashuv» atamasiga tushuncha bergan2 . Globalizatsiya atamasi birinchi bo‘lib iqtisodchi olimlar tomonidan 1981 yildan beri qo‘llanilib kelingan. Ammo bu so‘zning to‘liq ma’nosi, konsepsiyasi 1990 yilning yarmida amerikalik olim CHarlz Taz Rassel tomonidan to‘liq ochib berilgan. “Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili «Garvard biznes rev`yu» jurnalida chop qilgan maqolasida qo`llangan. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini “globallashuv” deb atagan. Mazkur ta`rifda globallashuv jarayonining iqtisodiy tamonlariga e`tibor berilgan. O`z davrida frantsuz faylasufi Rene Dekart “Tushunchalar ma`nosini aniqlashtiring va bu insoniyatning yarmini adashishdan saqlaydi” - deb yozgan edi
Ayni shu ma`noda dastlab biz “globallashuv” tushunchasining istilohiy ma`nosini izohlashga harakat qilamiz. Bu so‘zga quyidagicha tarif berish mumkin: Globallashuv – Jahon xo‘jaligi rivojlanishining ob’ektiv jarayoni bo‘lib, juda ko‘p ijobiy xususiyatlarga egadir: bular asosan turli mamlakatlar xo‘jaligining o‘zaro aloqasi, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ilm – fan texnika texnalogiya yutuqlari almashuvini tezlashishni hamda davlatlarni ilmiy texnikaviy taraqqiyotiga ko‘maklashuv bilan tasdiqlanadi. Globallashuv — butunjahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir birga yaqinlashuv) jarayonidir.