3.
O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli
hamkorligi.
O‘zbekiston mustaqillikning ilk yillaridanoq jahonning yana bir yirik tashkiloti
Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan aloqalar o‘rnatishga intildi. Aslida
bu masala Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) katta mansabdor
xodimlari qo‘mitasining Pragadagi yig‘ilishida MDH tarkibidagi davlatlarni ushbu
tashkilotga a’zo bo‘lib kirishi jarayonida ko‘tarilgan edi. 1992- yil 26-fevralga kelib
O‘zbekiston ham bu tashkilot kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekdi.
Mazkur hujjat imzolangan vaqtdan beri O‘zbekistonning Yevropa xavfsizlik va
hamkorlik tashkiloti bo‘linmalaridagi ishtiroki tobora kengayib bormoqda.
YeXHTning Markaziy Osiyo bilan aloqalari bo‘yicha Byurosi mintaqada
barqarorlikni ta’minlash maqsadida mintaqadagi respublikalar bilan hamkorlikni
yo‘lga qo‘yib olgani quvonarli holdir. Ushbu byuroning tashabbusi bilan Toshkentda
YeXHTning “Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar”, “Ommaviy axborot
vositalari demokratlashtirish sharoitida” mavzusidagi bir qator anjumanlari o‘tkazildi.
Seminarlar Markaziy va Sharqiy Yevropada inson huquqlari bo‘yicha milliy
institutlar faoliyatini rivojlantirish, xalq ta’limi va ommaviy axborot vositalarining
inson huquqlari sohasidagi roli masalasini ko‘rib chiqdi. Bunday yig‘ilishlarda
O‘zbekistonning ishtiroki tinchlikparvar tashqi siyosat yuritishida asosiy omil bo‘lib
qoldi. O‘zbekistonning 1996-yil Lissabon Sammitida ishtiroki respublika
rahbariyatining xavfsizlik doirasiga kiruvchi qarashlarini bayon etishga ham imkon
berdi.
1999-yil 18-19-noyabr kunlari 54 mamlakat rahbarlarining Turkiyaning
Istambul shahrida Oliy darajadagi uchrashuvi bo‘lib, mazkur anjumanda ancha
dolzarb
muammolar,
jumladan,
Yevropada
xavfsizlik
va
hamkorlikni
mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Yig‘ilishda O‘zbekiston
rahbarining ma’ruzasi dunyo mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotini, fuqarolarning
ijtimoiy turmush tarzini faqatgina xavfsizlikni ta’minlagandagina amalga oshirish
mumkinligiga qaratildi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti yig‘ilishda
global ahamiyatga ega bo‘lgan terorrizmga qarshi markaz tuzish haqidagi taklifini
kiritdi va turli qabih niyatdagilarga yordam berayotgan tashkilotlarni ildizi bilan
yo‘qotish orqaligina mamlakatlar xavfsizligini ta’minlash mumkinligini alohida
ta’kidladi. XX asr oxiri XXI asr boshlari xalqaro terrorizmga qarshi keskin kurash
davri bo‘ldi. Bu kurashga O‘zbekiston o‘zining katta hissasini qo‘shmoqda. Buni
AQSh senatorlaridan biri bo‘lgan Liberman tasdiqlab, quyidagilarni ta’kidlagan edi:
“O‘zbekistonsiz bizning Afg‘onistondagi aksilterrorchilarga qarshi kurashimiz
181
muvaffaqiyatli bo‘lmas edi”, - deydi.
Bu o‘rinda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi masalasiga ham
to‘xtab o‘tmoq joiz. Mazkur ittifoq bilan hamkorlik uchun tuziladigan bitim bo‘yicha
ishlar respublikada 1995-yildan boshlangan bo‘lib, bu muzokaralar 1996- yilga qadar
davom etdi. Bu muzokaralarning natijasi o‘laroq O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi
o‘rtasidagi bitim 1996-yil 21-22-iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida Yevropa
Ittifoqi davlatlari rahbarlarining yig‘ilishida imzolandi. Florensiyaning “Fortezza de
basso” qal’asida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining
navbatdagi uchrashuvi-sammitda imzolangan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bu
hujjat O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida o‘z o‘rni va ovoziga
ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi
o‘rtasida imzolangan “Sheriklik va hamkorlik” to‘g‘risidagi bitim 1999-yildan
kuchga kirgan bo‘lib, bitimning maqsadi quyidagilarga qaratilgan:
•
O‘zbekiston mustaqilligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlash;
•
Siyosiy aloqalarni rivojlantirishga, tomonlar bilan siyosiy muloqot olib
borishga sharoit yaratish;
•
O‘zbekistonda demokratik islohotlarni amalga oshirish va ularni
mustahkamlash, bozor munosabatlariga o‘tish jarayoniga ko‘maklashish va
yakunlash;
•
savdoni rivojlantirishda investitsion sheriklar o‘rtasida iqtisodiy
hamkorlikni uyg‘unlashtirish va shu orqali barqaror iqtisodiy rivojlanishni
ta’minlash;
•
huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, moliya, fuqarolik, ilmiy va madaniy
sohalarda hamkorlikning huquqiy asosini yaratish.
Shunday qilib, “Sheriklik va hamkorlik” bitimining kuchga kirishi hamda
amaldagi faoliyati, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etib,
hamkorlikning yangi qirralarining ochilishiga keng imkoniyatlar yaratdi. Shu o‘rinda
ta’kidlash joizki, Yevropa Ittifoqi bilan sheriklik va hamkorlik jarayonini amalga
oshirish O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri
bo‘lib, xalqaro hamjamiyat va jahon xo‘jaligi bilan integratsiyalashuvida muhim o‘rin
tutadi.
Jumladan, 2017-yil noyabrida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining Samarqandga
tashrifi o‘zaro hamkorlik borasida yangi sahifani ochdi. 2018-yil 23- noyabrda
Bryusselda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlari tashqi ishlar
vazirlarining uchrashuvida ham bir qator dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, 2017-yilda olib borilgan diplomatik harakatlar natijasida Yevropa
taraqqiyot va tiklanish banki, Yevropa investitsiya banki bilan aloqalar qayta tiklandi,
Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan hamkorlik munosabatlari yangi
mazmun-mohiyat bilan boyidi.
Xorijiy davlatlar va moliya institutlari bilan savdo iqtisodiy, investitsiyaviy
texnologik va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirishda salmoqli natijalarga
erishildi. Jumladan, xorijiy hamkorlar bilan 340 dan ortiq kelishuvlar tuzilib, 43
millard dollardan ziyod bitimlar imzolandi.
182
BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi, ShHT, IHT, MDH sammitlari, Yevropa
Ittifoqi va 21 ta xorijiy davlatlar bilan muzokaralar hamda Xitoyda bo‘lib o‘tgan “Bir
makon, bir yo‘l” forumida O‘zbekistonning xalqaro xavfsizlik va mintaqaviy
rivojlanishning dolzarb muammolarini hal etish yuzasidan ilgari surgan yangicha
yondashuv hamda tashabbuslari xalqaro miqyosda keng qo‘llab-quvvatlandi.
Dostları ilə paylaş: |