O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Eng yangi tarix kitob


1-
 
MAVZU. “O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” O‘QUV 
FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, NAZARIY- 
METODOLOGIK TAMOYILLARI. 
Reja: 
1.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining fan sifatida tutgan o‘rni. Uning 
o‘rganish ob’yekti va predmeti. 
2.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik, ilmiy-nazariy 
asoslari, usullari va tamoyillari. 
3.
O‘zbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish. 
4.
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishning ahamiyati. 
1.
 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining fan sifatida tutgan o‘rni. 
Uning o‘rganish ob’yekti va predmeti. 
Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va o‘tmishga oid turli xil voqelik hamda 
hodisalarning izchil rivojlanishi, ularning qachon, qayerda, qanday holatda yuz 
bergani, insoniyatning paydo bo‘lishi va uning tadrijiy-evolyutsion rivojlanishi, 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlar hamda madaniy-ma’naviy hayot jabhasi va 
boshqalarni o‘rganadi. Shuningdek, O‘zbekiston tarixi umumjahon-insoniyat 
tarixining ajralmas qismi hisoblanib, o‘z navbatida, ahamiyatga molik voqeliklarga 
juda boydir. O‘zbekiston tarixi fani mana shu voqeliklarni boshidan kechirgan qadim 
va yaqin ajdodlarimizning hayoti qanday bo‘lganini, jahon tarixi taraqqiyotiga 
qo‘shgan ulkan hissalarini xolisona va haqqoniy tarzda o‘rganadi. 
Ta’kidlash lozimki, tarixiy, milliy-madaniy, axloqiy va diniy qadriyatlarni 
o‘rganish, tiklash va yangi asoslarda rivojlantirish - yoshlar, ta’lim va tarbiya 
tizimidagi talabalarning dunyoqarashida milliy g‘urur hamda o‘zlikni anglash, ular 
ongi-shuurida vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini yanada mustahkamlash 
bugungi davrning muhim talabi bo‘lib hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham oliy 
ta’lim tizimida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini har tomonlama chuqur 
o‘qitish maqsadida yangi avlod o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar 
yaratilib, bu boradagi ilmiy tadqiqotlar natijalari o‘quv jarayoniga joriy etilmoqda. 
1991 yildan O‘zbekiston tarixida boshlangan yangi mustaqillik davrini o‘rganish, 
shu davrda ro‘y bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, iqtisodiy hayot, madaniy- 
ma’rifiy yangilanishlar masalasini o‘rganish - o‘sib kelayotgan avlod, yuksak 
ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashda, shubhasiz, katta ahamiyat kasb etadi. 
Masala mohiyatining dolzarbligini hisobga olib, 2020-2021 o‘quv yilidan 
boshlab respublika Oliy o‘quv yurtlarida O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini 
o‘qitish jarayoni boshlandi. Shubhasiz yaqin o‘tmish tarixini xolisona va ilmiy 
jihatdan o‘rganish tarixchilar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Tarixiy 
haqiqatning to‘la ro‘yobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix fanining 
predmeti va ob’yektining to‘g‘ri belgilanishi muhim ahamiyatga egadir. Chunki 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani uchun ham boshqa barcha fanlar qatori 
predmet va ob’yekt masalasi asosiy masala bo‘lib hisoblanadi. Zero, fanning 



o‘rganish predmeti va ob’yekti aniq bo‘lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo‘lib, 
maqsadga erishish mushkul bo‘ladi. Bunday holat o‘quv jarayoni samaradorligiga 
ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy va tabiat fanlaridan 
farqli o‘laroq mustaqil fan hisoblanadi. Shuningdek, u barcha fanlar orasida alohida 
o‘z o‘rni va mavqeyiga ega. U barcha fanlar tarixini ham o‘z ichiga olgan holda 
ularning rivojiga katta ta’sir etadi. Bu uning o‘rganish predmeti va ob’yekti hamda 
vazifasida to‘la namoyon bo‘lmog‘i kerak. Tarix fani o‘z xususiyatiga ko‘ra, 
birinchidan, o‘zining butun diqqat e’tiborini faqat yaqin o‘tmishga qaratadi, undan 
saboq beradi, xulosa chiqaradi, o‘tgan davrning hayot tarzi, ijtimoiy-siyosiy, 
madaniy-ma’rifiy, iqtisodiy jarayonlarini o‘rganadi. 
Ikkinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga 
nisbatan ancha aniq fandir. U matematika usulidan ham keng foydalanadi. Tarixiy 
voqea va hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik - xronologik asosda 
o‘rganiladi. Shuningdek, tarixiy voqea va hodisalar, hujjat va dalillarning haqiqiy va 
haqiqiy emasligi, ular qachon, qayerda, qanday tarixiy muhit va sharoitlarda tarixan 
voqe’ bo‘lgani aniqlanadi. Va nihoyat, bo‘lib o‘tgan voqeliklarning aniq sabab va 
oqibatlari, shu bilan birga, ularning aniq shakl-shamoyillari va holati aniqlanadi. 
Uchinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani mamlakatimiz yaqin 
o‘tmishidagi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy hayotining ahvoli, holatini o‘rganadi, ulardan 
kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi. Mustaqillikka erishishidagi murakkab 
siyosiy ahvol tahlil etilgan holda istiqlolning qanchalik ulug‘ ne’mat ekanligi 
ko‘rsatib beriladi. Bu esa kelajak avlod uchun dasturilamal sifatida xizmat qiladi. 
To‘rtinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ko‘p qirralik va xilma- 
xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiyotining va inqirozlarining faqat bir 
tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy, o‘zaro 
bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani 
mamlakatning yaqin o‘tmishdagi voqeliklari, insoniyat hayoti, jamiyat taraqqiyotini 
tahlil qiladi. Uning o‘rganish predmetiga esa mana shu makondagi jamiki voqelik va 
jarayonlar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi 
va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi. 
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, butun bir xalqlar, elatlar, millatlar va 
davlatlarga taalluqli bo‘lgan murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy 
jarayonlar tarixda o‘z aksini topadi. Tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, inson har 
qanday tarixning predmeti hisoblanadi. Har bir voqea, hodisa inson (yoki uning bir 
guruhi - xalq) xatti-harakati, uning ko‘zlagan ma’lum maqsadga intilishi jarayonida 
sodir bo‘ladi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining o‘rganish makoni - ob’yekti 
mamlakatning eng yangi tarixi davri hisoblanadi. Mazkur davr respublika 
mustaqillikka erishganidan to shu bugungi kunga qadar bo‘lgan hayot tarzini qamrab 
oladi. Tarixiy ob’yekt (makon)ga nisbatan O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining 
maqsadi, vazifasi, yo‘nalishi va harakat (faoliyat) doirasi yoki chegarasi belgilanadi. 
Ma’lum bir ma’noda ob’yekt bilan predmet bir-biriga juda yaqin tushuncha 
bo‘lsa-da, ular tarix fanida tutgan o‘rni va vazifasi bilan farqlanadi. 



Ob’yekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, 
ma’lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum hudud 
doirasidagi voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet 
esa mana shu bir butun ob’yekt ichidagi aniq siyosiy, tarixiy-madaniy, 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iborat bo‘ladi. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani fan sifatida ijtimoiy-siyosiy, 
umuminsoniy xarakterdagi fan bo‘lib, inson va millat o‘z o‘tmishini bilishi, o‘zligini 
anglashi hamda kelajagini belgilashida asosiy dasturilamal hisoblanadi. Shu bilan 
birga, u ijtimoiy-siyosiy hayot sohasidagi yagona fan ham emas. Jamiyat, umuman, 
insoniyat o‘tmishini o‘rganuvchi boshqa soha fanlari ham bor. Masalan, arxeologiya, 
etnologiya, geologiya, antropologiya, demografiya, madaniyat, iqtisodiyot va boshqa 
fanlar shular jumlasidandir. Ammo boshqa fanlarning hammasi tabiat, jamiyat ham, 
avvalo, katta tarixda aks etadi. Soha tarixi fanlari ham tarix fanining o‘rganish 
ob’yekti va predmeti hisoblanadi. 
Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan mustahkam va 
uzviy aloqa birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham tarixchilar falsafa, adabiyot, 
tilshunoslik, dinshunoslik va boshqa fanlarni bilmay turib, haqqoniy tarixni to‘la 
yoritib berolmaydilar. 
Shuni ham aytish lozimki, tarix bilan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning 
o‘rganish ob’yekti bitta, ya’ni jamiyat hisoblanadi. Predmeti esa inson va tabiatdir. 
Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatlarning 
ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuningdek, tarix fani ham boshqa soha 
fanlari rivojiga katta ta’sir etadi. Bundan tashqari tarix boshqa fanlarni, shuningdek, 
ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir. Chunki boshqa fanlarning hammasi ham 
tarix mahsulidir. 
Muxtasar qilib aytganda, tarix fani, ya’ni Vatan tarixi - millat va Vatan 
kelajagining ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati 
shundaki, birinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix 
fanining naqadar haqqoniy bo‘lishiga bog‘liqdir. Chunki ular tarix bilan bevosita 
bog‘liq. Ikkinchidan, tarix falsafasi qanchalik to‘la va ravon tarzda yuzaga chiqsa, 
boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda ta’sirchanligi ham 
shuncha yuksak darajada bo‘ladi. 
Tarix falsafasi deganda, tarix, ya’ni o‘tmish tajribasi va sabog‘idan to‘g‘ri 
xulosa chiqara olish tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, o‘tmish-tarixga qarab, 
kelajakni his etish, ko‘ra bilish va to‘g‘ri belgilay olish ham tarix falsafasini 
anglashni bildiradi. 
Tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, insonning shaxsiy manfaat va 
ehtiyojlari, qolaversa, uning qobiliyati, iste’dodi, voqelikni teran idrok etishi tarix 
falsafasini anglab yetishda muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu nuqtayi nazardan 
olib qaraganda, inson aql-idroki, uning tafakkur darajasi, hayotiy falsafasi, jamiyat 
taraqqiyoti yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlari hamda intilishlari ma’lum millat va 
jamiyat mentalitetini belgilab beradi. Mana shu mentalitet millat yoki xalqning 
umummadaniy-ma’naviy darajasi, aql-idroki va tafakkur maydonining salohiyatiga 



qarab o‘ziga xos mazmun-mohiyat kasb etadi. Tarix esa ana shu murakkab, 
ziddiyatli, shu bilan birga, qudratli ruhiyat va faoliyat orqali xotiraga aylanadi. Bu 
holat tarix falsafasini o‘zida ifoda etadi. 

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin