O'zbekistonning eng yangi tarixi Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi


O’zbek modeli” va uning o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 26,46 Kb.
səhifə2/2
tarix18.05.2023
ölçüsü26,46 Kb.
#116022
1   2
Tarix

O’zbek modeli” va uning o’ziga xos xususiyatlari.

XX asrning 90-yillari O`zbekiston tarixida tub o`zgarishlar davri sifatida e`tirof etiladi yilda O`zbekiston xalqining asriy orzulari ro`yobga chiqdi: O`zbekiston mustaqillikka erishdi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a`zosiga aylandi, yangi jamiyat qurish uchun tub o`zgarishlar va islohotlar amalga oshirila boshlandi. O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, milliy istiqlol mafkurasi asosida qator iqtisodiy islohotlar ham amalga oshirila boshlandi.mustaqilligiga erishgach


Mustaqillikning dastlabki yillarida respublikaning o`z taraqqiyot yo`lini belgilash, Vatanimizni erkin, kuchli va ravnaq topayotgan mamlakatga aylantirish eng birinchi galdagi masala bo`lib qoldi. Davlat mustaqilligini qo`lga kiritish natijasida O`zbekiston uchun iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning, madaniy va ma`naviy yangilanishning keng istiqbollari ochildi.
O'zbek modeli tushunchasi O'zbek modeli tushunchasi, avvalo, O'zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo'lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga yo'naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo'ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi Jamiyatni isloq etishning besh tamoyili Taraqqiyotning o'zbek modeli jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki evolyusion- tadrijiy ravishda isloh etishdir.
Ishlab chiqilgan O ʼ zbek modeli tamoyillarining asosiy mazmuni quyidagilardan iborat: – iqtisodning siyosatdan ustuvorligi, uning har qanday mafkuraviy tazyiqlardan holi bo ʼ lishi va u o ʼ ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog ʼ i kerak; – davlat bosh islohotchi bo ʼ lib, u islohotlarning ustuvor yo ʼ nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim; – bozor munosabatlariga o ʼ tishda qonun ustuvorligi, qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga hamma amal qilishi shart; – bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o ʼ tkazish; – bozor iqtisodiyotiga o ʼ tish hech qanday sakrashlarsiz, evolyutsion yo ʼ l bilan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur.
Ozbek modeli haqida hamkorlar fikri. O'zbek modelining osha paytlarda demokratik jamiyat barpo etishning muhim o'ziga xos modeli ekanini dunyoning juda ko'plab siyosatshunos yetakchi olimlari tomonidan o'rganilgan va tahlil qilingan. Masalan, rossiyalik tadqiqotchilar M.S.Gafarli, A.G.Kasaev, germaniyalik L.Levitin, Rossiya Fanlar Akademiyasining akademigi F.Burlaskiy uni yuksak baholashgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisidagi Farmoni loyihasi ishlab chiqilib, yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishining Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish deb nomlangan uchinchi yoʼnalishda koʼrsatilgan chora-tadbirlarni roʼyobga chiqarish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini taʼminlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish rivojlantirish nazarda tutilmoqda
Mustaqillikning dastlabki yillarida rahbariyat tomonidan iqtisodiy mustaqillikni ta ʼ minlashda quyidagi strategik yondashuvlar: – mintaqa taraqqiyotining tarixiy asoslari, oqilona mantiq e ʼ tiborga olinmay, ma ʼ muriy-buyruqbozlik usullari tazyiqi ostida shakllangan qarashlar¬ning hammasiga barham berilishi; – mintaqa taraqqiyotining istiqbollariga avvalo respublika aholisining manfaati nuqtai nazaridan qaramoq kerakligi belgilab berildi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov takidlaganidek, Partiya degani - bu mansab uchun, lavozim uchun kurash emas, balki muayyan g`oya uchun, uning jamiyatda ustuvor bo`lishi va ro`yobga chiqishi uchun kurash demakdir. Agar partiya manosini mana shu nuqtai nazardan tushunar ekanmiz, qancha partiya bo`lsa bo`laversin, ularning faoliyatiga tegishli sharoit yaratib beriladi
Yüklə 26,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin