O‘zbekistonning eng yangi tarixi



Yüklə 329,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix30.03.2023
ölçüsü329,27 Kb.
#91462
1   2   3   4   5   6
O‘zbekistonning eng yangi tarixi

Davlatimiz rahbari bugungi tinch va osoyishta hayotni saqlashga, mustaqillikni 
mustahkamlashga bir necha bor da'vat qilar ekan, o‘sib kelayotgan avlod tomonidan 



istiqlolga erishish tarixini chuqur o‘rganish muhimligini, qanday qiyin yo‘ldan 
o‘tganimizni va yana nima qilishimiz kerakligini alohida ta'kidlaydi. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi hali institutsional xususiyatga ega emas, ya'ni, 
mustaqil metodikaga, ilmiy ishlarga va o‘quv-uslubiy ta'minotga ega emas. So‘nggi 
yillarda mamlakatimiz tarixidagi voqealar ko‘lami va ularning dinamikasi uni fan va 
ta'lim oldida tizimli ravishda tushunish masalasini ko‘taradi. 
Bundan tashqari, "yangi avlodning o‘quv, ilmiy va uslubiy adabiyotlari va 
nashrlarini tayyorlash, O‘zbekistonning eng yangi tarixini global va mintaqaviy 
jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda, shuningdek, mintaqada shakllangan 
sivilizasiya, xalqlar va davlatlarning tarixiy va madaniy merosini mushtarak tarzda 
o‘rganishni taqozo etadi. 
Yoshlar mustaqil ravishda ma'lumot qidirishlari, turli manbalarni tanqidiy 
qabul qilishlari va tahlil qilishlari, o‘zlarining fuqarolik pozisiyalarini dalillar bilan 
taqdim etishlari kerak. 
Yosh avlodga e'tibor quyidagilarga bog‘liq. Globallashuv sharoitida 
O‘zbekiston yoshlari turli mafkuraviy oqimlarning ta'siri zonasida qolmoqdalar, 
ularning ba'zilari hatto mustaqil O‘zbekistonni va uning hukumati yuritayotgan 
siyosatni ataylab obro‘sizlantirishga qaratilgan aksil tashviqotlar iskanjasiga tushib 
qolmoqdalarki, endilikda ilmiy va akademik fan sifatida O‘zbekistonning eng yangi 
tarixi bilan bog‘liq axborot xavfsizligi tizimini ta'minlash zarur. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi - bu nafaqat akademik bilim va o‘qitish, balki 
tarixiy xotirani shakllantirish, vatanparvarlik va faol fuqarolik pozisiyasini qaror 
toptirish yo‘lidir. O‘zbekistonning zamonaviy tarixini bilish - yoshlarga XX asr oxiri 
– XXIasr boshlarida milliy tarix voqealarini mustaqil tarzda baholashga, jahon tarixi 
kontekstidagi va davlatimiz taraqqiyotidagi eng muhim tendensiyalarni ko‘rish, 
O‘zbekistonning zamonaviy dunyoda tutgan o‘rni haqida tasavvurni shakllantirish, 
mamlakatning yangi strategik yo‘nalishini, uning ichki va tashqi siyosatining 
ustuvor yo‘nalishlarini tushunishiga xizmat qiladi.. 
“Yaqin tarix” tushunchasi an'anaviylikdan farqli o‘laroq, tarixning "eng yangi" 
falsafasi mavzusiga aylanadi. U insoniyat va jamiyat taraqqiyotining muammolarini 



yangi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy nuqtai nazardan ko‘rib chiqishga asoslangan. 
U o‘zgaruvchan dunyo hodisalarini tadqiqot ob'ekti sifatida qarab, voqea-
hodisalarni tarixshunoslikning bir bo‘lagi sifatida o‘rganadi. 
Muayyan vaziyatlarni tekshirish usuli - tarixiy yondashuvga asoslanadi. Faktor 
tahlili - ma'lum mezonlarga ko‘ra, turli omillarni guruhlashdan foydalanish, 
o‘rganilayotgan ob'ektning tuzilishini bilish, sifat va miqdoriy tavsiflarni taqsimlash 
bo‘yicha; sosiologik tadqiqotlar va og‘zaki tarix usullari - rasmiy manbalar bilan bir 
qatorda, ushbu voqealar ishtirokchilarining xotiralaridan foydalanishga, mavzuni 
kengroq va chuqurroq ko‘rib chiqishga, turli darajadagi jarayonlarning o‘zaro 
munosabati va o‘zaro ta'sirini tahlil qilishga imkon beradi. Ko‘p bosqichli tahlildan 
foydalanish - qaror qabul qilishning asosiy prinsipi va mexanizmlarini aniqlashga 
yordam beradi. 
Yaqin tarixni har tomonlama o‘rganish muhim nazariy va amaliy vazifadir. 
Zamonaviy davr tarixini o‘rganishda fanlararo yondashuvlarni ishlab chiqish tavsiya 
etiladi. Zamonaviy jarayonlar ham milliy, mintaqaviy va global jihatlarni 
o‘rganishga asoslangan holda muntazam ravishda tahlil qilinishi kerak. 
Sovet Ittifoqi mafkurasining rad etilishi munosabati bilan O‘zbekiston 
zamonaviy tarix fanida quyidagilar muammoli masalalarga aylandi: 
• Ijtimoiy va siyosiy hayotda olib borilayotgan islohotlarning ahamiyati. 
• Fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish yo‘llari. 
• Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmuni. 
* Xalqaro munosabatlar tizimida O‘zbekistonning o‘rni. 
• Markaziy Osiyodagi geosiyosiy vaziyat. 
• Mintaqaviy va milliy xavfsizlik. 
• Millatlararo, dinlararo munosabatlar va h.k. 
Zamonaviy tarix masalalari bo‘yicha tematik tadqiqotlar sohasi hali ham 
yetarlicha aniqlanmagan, fanlararo tadqiqotlar hozircha mavjud emas. Shuning 
uchun ham zamonaviy tarixni o‘rganishga butun tarix faniga xos bo‘lgan yangi 
yo‘nalishlarni kiritish, zamonaviy tarixni jiddiy metodologik asos bilan ta'minlash 
muhimdir. 




Yüklə 329,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin