O‘zbekistonning eng yangi tarixi


O‘zbekiston tarixini o‘rganishda moddiy va yozma manbalarning o‘rni hamda ahamiyati



Yüklə 71,98 Kb.
səhifə2/8
tarix06.04.2023
ölçüsü71,98 Kb.
#94132
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu. Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” O‘quv faninin

O‘zbekiston tarixini o‘rganishda moddiy va yozma manbalarning o‘rni hamda ahamiyati.

O‘zbekiston tarixi fanini o‘rganishda tarixiy manbalarning o‘rni va ahamiyati katta. Ular xalqning bebaho moddiy va ma’naviy merosi, boyligi hisoblanib muzeylarda, arxivlarda, kutubxonalarda saqlanmoqda. Manbalar o‘z mazmuniga ko‘ra, moddiy va yozma turlarga bo‘linadi. Yozma manbalar eng qadimgi rasmlar, yozuvlar, bitiklar, hujjatlar va kitoblardan iboratdir. O‘tmishda mamlakatimiz hududida va boshqa hududlarda bitilgan qadimgi va o‘rta asrlarga oid yozma manbalarni o‘rganish bo‘yicha talaygina ishlar amalga oshirilgan bo‘lishiga qaramay, bu yo‘nalishda bajariladigan ishlar hali ko‘p. Jumladan, mavjud manbalar ham xalqimiz tarixi, moddiy va ma’naviy qadriyatlari xususida to‘liq, zarur va etarli ma’lumotlarni beravermaydi. Shu boisdan ularni sinchiklab o‘rganish, tarjima qilish ilmiy tadqiq etish muhim.


Xususan, Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlari tarixida muhim o‘rin tutuvchi eng qadimgi manbalar qatorida zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto», qadimgi davr tarixiga oid muhim manba, Erondagi Behistun qoyatosh bitiklari, qadimgi Rim, Yunoniston tirixchilarining yozib qoldirgan ayrim asarlarida hozirgi O‘rta Osiyo xalqlari tarixi, turmush tarzi, moddiy va ma’naviy madaniyatiga oid zarur ma’lumotlar mavjud. Tarixiy manbalar qatorida shuningdek Abulg‘oziyning «Shajari turk», Mirzo Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi», Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Muhammad Yusuf Bayoniyning “Shajarai Xorazmshohiy”va shu kabi boshqa asarlarni ham tarixiy manba sifatida misol qilish mumkin. Shu bilan birga Amir Temurning«Temur tuzuklari», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asarlarining ham muhim yozma manba sifatida keltirish o‘rinli.
Tarixni o‘rganishda arxeologik, etnografik, numizmatik va toponimik manbalar va ma’lumotlarning ham o‘rni katta. Ular qatoriga qadimgi aholi manzilgohlari, shaharlar xarobalari, mozor va qo‘rg‘onlarning qoldiqlari, aholi turmushi va xo‘jaligida ishlatilgan buyumlar, mehnat va jang qurollari, turli-tuman ro‘zg‘or ashyolarini kiritish mumkin. Shunday manzilgohlar bugungi kunda respublikamizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent vohasi, Xorazm, Farg‘ona vodiysi hududlaridan ko‘plab topilmoqda. Aslida maoddiy manbalar, bu inson qo‘li va mehnati bilan yaratilgan moddiy ashyolar va narsalardir. Moddiy manbalarga quyidagilar misol bo‘ladi:
-uy-joylar, ro‘zg‘or buyumlari;
-kiyim kechaklar va oziq-ovqatlar;
-transport vositalari, mashina va jihozlar;
-turli tarixiy topilmalar, moddiy ashyolar;
-bino va inshootlar, tarixiy yodgorliklar va boshqalar.
Tarixiy moddiy manbalar bu, asosan ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bizgacha etib kelgan ashyolar, narsa va buyumlardir. Moddiy va yozma manbalar asosida tarixiy ma’lumotlarni solishtirib, haqqoniy tarixni talqin etish va o‘rganish bugungi muhim vazifalardan biridir. Umuman, talabalar manbalarni o‘rganish jarayonida o‘tmishda xalqimizning, ya’ni ajdodlarimizning hayoti, turmush tarzi, ularning ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashlari, mardligi va jasorati haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Xalq qahramonlari, davlat arboblari, olim-u fuzalolar faoliyatlarini o‘rganadilar.
Manbalar orqali talabalar mamlakatimizning mustaqillikka erishish yo‘lining murakkab jarayonlarda kechganligini, unga ulkan kurashlar evaziga erishilganiga, mustaqillik yillarida jamiyatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xalqimiz ma’naviy qadriyatlarining tiklanishi, fuqarolar ongida tarixiy xotira tuyg‘usini shakllantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar xususida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
Shuningdek dars jarayonida muhim manbalar qatorida arxiv materiallaridan ham foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Zero, arxivlarda xalq va davlat tarixiga oid yozma hujjatlar saqlanadi. Ma’lumki arxiv materiallari barcha moddiy va ma’naviy hamda yozma manbalar qatori tarixiy jarayonlarni haqqoniy, xolis o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan fanga oid mavzuni yoritishda arxiv materiallaridan foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Zero tarix fanini o‘rganish ko‘p jihatdan tarixiy manbalarga tayanadi, usiz fanni va uning ob’ektini tasavvur etib bo‘lmaydi. Xususan respublikamiz Markaziy Davlat Arxivi, viloyatlar va tumanlarda joylashgan arxivlar mamlakatimiz tarixiga oid ko‘plab hujjatlar saqlanadigan muhim markazlardir. Darsda ularda saqlanayotgan hujjatlardan unumli hamda o‘z o‘rnida foydalanish o‘qituvchidan katta mahorta talab qiladi.
Uzoq yillik sovet tuzumi hukmronligi yillaridagi mafkuraviy tazyiqlar, tarixni soxtalashtirishga urinishlar, ma’navqiy cheklashlarga qaramasdan ana shu hujjatlar va kitoblarning arxivlarda saqlanib qolganligi vatanimiz tarixini yanada to‘laroq, xolisona yoritilishiga, tariximiz sahifalaridagi «oq» va «qora» dog‘larning barham topishiga ko‘maklashmoqda.
Bugungi kunda ulardan unumli foydalangan holda oliy o‘quv yurtlarida turli usulda darslar tashkil etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Umuman arxiv hujjatlaridan ilmiy-tadqiqot, xalq xo‘jaligi, ilmiy- ma’rifiy va o‘quv maqsadlarida keng foydalaniladi. Hujjatli manbalar tarix fanini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga, olimlar ularga asoslanib tariximizni haqqoniy yoritishga erishmoqdalar. Avvalombor arxiv hujjatlaridan nusxalar olib ko‘rgazmalar va muzeylar tashkil etilishi mumkin yoki O‘zbekiston tarixining ayrim mavzulari bo‘yicha hujjatlar to‘plami tayyorlanib, ulardan ma’ruza yoki seminar darslarida foydalanish mumkin.
Darsda arxiv hujjatlaridan foydalanishda boshqa idoralar bilan hamkorlikda ishlash ham mumkin. Masalan, hujjatlar ko‘rgazmasini muzeylar bilan birgalikda tayyorlash, hujjatlarni gazeta va jurnallar orqali e’lon qilish, ular asosida radioeshittirishlar va teleko‘rsatuvlar tayyorlash, gazeta va jurnallar tahririyatlari, telestudiyalar, radioqo‘mitalar bilan hamkorlikda amalga oshirish ham mumkin. Quyida oliy o‘quv yurtlarida arxiv hujjatlaridan o‘quv maqsadlarida foydalanish xususida fikr yuritamiz. Davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlardan darslarda yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda quyidagi usullarda foydalanish mumkin:
Arxiv hujjatlardan foydalanishning asosiy shakllaridan biri, ulardan arxivning o‘zida foydalanishdir. Har bir arxivda o‘quv xonalari bo‘ladi. O‘qituvchi yoki tadqiqotchi hujjatlardan talabalar ishtirokida yoki ilmiy maqsadlarda ya’ni, individual holda, bevosita arxiv o‘quv xonalarida foydalanishlari mumkin.
Ko‘rgazmalar tashkil etish, albomlar, plakatlar tayyorlash. Muhim tarixiy sanalar, muhim voqealarga, mashhur tarixiy shaxslarning yubileylariga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil qilish, albomlar, stendalar, plakatlar chiqarish, ko‘rgazmalarda hujjatlar, fotosuratlar, xaritalar, kitoblar, varaqalar va boshqa manbalar namoyish qilinishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Arxiv hujjatlariga oid ma’lumotlardan foydalangan holda maqola, ilmiy-ommabop risolalarni matbuot nashrlarida chop etish, ommaviy axborot vositalarida radioeishttirish va teleko‘rsatuvlar tayyorlash. Ilmiy xodimlar arxiv hujjatlari haqida, ayrim tarixiy mavzular bo‘yicha risolalar tayyorlashlari mumkin. Ularning mavzulari muhim tarixiy voqealarga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari ular matbuotda arxiv, uning hujjatlari to‘g‘risida maqolalar yozishi, televidenie va radioda chiqishlar qilishlari mumkin, shuningdek, muhim ahamiyatga molik hujjatlarni chop etishlari mumkin.
Arxivning o‘zida tarix darslari o‘tishni tashkil qilish. Oliy o‘quv yurtlari, xususan universitetlar, institutlar talabalari uchun tarix darslarini arxivlarning o‘zida tashkil etish mumkin, ularda saqlanayotgan hujjatlardan o‘sha erda bevosita foydalanish eng samarali usuldir. Shu bilan birga tarix fani bo‘yicha kichik filmlar olish, hujjatlarning foto yoki kseronusxa to‘plamlarini olish ham mumkin.
Albbatta, tarixchi olimlar arxiv hujjatlari asosida, qimmatli dalillarga tayangan holda izlanish olib borishlari, haqqoniy tariximizni xolislik asosida o‘rganilishida katta ahamiyat kasb etadi. Dars jarayonida ulardan unumli hamda o‘z o‘rnida foydalanish professor-o‘qituvchidan katta mahorta talab qiladi. O‘qituvchi manbalarning turi, 15 shakli, vazifalari hamda ulardan foydalanish yo‘l-yo‘riqlari xususida talabalarga to‘g‘ri tushunchalar berishi maqsadga muvofiq. Shunday ekan yozma manbalar tarixni ilmiy-nazariy jihatdan xolis o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etishi bejiz emas.
Shu bilan birga bugungi kunda yaqin va uzoq tariximiz bilan birgalikda, tarixning eng yangi davrini ham o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonning eng yangi tarix davrini o‘rganishning ahamiyati shundaki, bunda biz nafaqat mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohot va o‘zgarishlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz yoki o‘rganamiz, balki buyuk kelajak bilan bog‘liq istiqboldagi strategik maqsadlarimizni ham teran anglaymiz.
Avvalombor biz bugungi tinch osoyishta kunlarning qadriga etishimiz, mustaqilligimizni mustahkamlash, o‘sib kelayotgan yosh avlod yaqin tariximizni chuqur o‘rganishi, bunday kunlarga osonlik bilan erishmaganimizni tushunib, anglab etmog‘imiz zarur. O‘zbekistonning eng yangi tarixi bu tarix fanining yangi yo‘nalishidir. Shu bois, u o‘z institutsional xarakteriga, o‘z tadqiqot metodologiyasi, tadqiqot izlanishlariga va o‘quv-metodik ta’minotiga ega bo‘lgan fan sifatida shakllanganligi bejiz emas.
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimiz tarixidagi voqealar ko‘lami va o‘sish sur’ati fan va ta’lim oldiga ularni tizimli ravishda o‘rganish vazifasini qo‘ydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 27-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi” Qarorining qabul qilinishi hamda Kengashning ishchi organi bo‘lgan Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazning tashkil etilishi bunday tizimli anglashning naqadar muhimligidan dalolat beradi.
Kengashning vazifalariga O‘zbekistonning yangi tarixini tizimli o‘rganishni tashkil etish, tarixiylik va ob’ektivlik tamoyillariga asoslanib, o‘zbek xalqining o‘tmishi va bugunini tarixiy baholashda dogmatizm, bir tomonlama yondashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik, darslik, ilmiy, o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va nashr qilish ishlarini muvofiqlashtirishdir.
Bundan tashqari, O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixi bo‘yicha o‘quv-metodik, ilmiy-ommabop, ma’rifiy adabiyotlarni o‘rganish, tayyorlash va chop etish borasida ilmiy, madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilarida, oliy o‘quv muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish masalalari dolzarb muammo sifatida e’tirof etildi.
Prezident Qarorida O‘zbekistonning eng yangi tarixini tizimli ravishda tarixiylik va xolislik prinsiplariga asoslangan holda o‘rganishni tashkil etish, shuningdek buyuk tarixiy-madaniy merosga ega bo‘lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga, aqidaparastlikka yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltirilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston ilmiy jamoatchiligi oldiga o‘quv, ilmiy, o‘quv-metodik adabiyotlarni tayyorlash va yangi avlod nashrlarini chop etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish, ularda O‘zbekistonning eng yangi tarixini umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan, shuningdek hozirgi O‘zbekiston hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi bilan uzviy bog‘liq holda ko‘rib chiqishni ta’minlash kabi vazifalar belgilab qo‘yildi.
Ushbu masalaning yana bir jihatini alohida takidlash joiz. Mafkura va milliy g‘oya, ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha ilmiy maqolalar, nashrlar va televideniedagi ko‘rsatuvlar, ma’ruzalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy hayot (eng yangi tarix) masalalarining, voqealar va jarayonlarning muhokamasi ham muhim hisoblanadi.
Eng yangi tarixni o‘rganishda yana bir muhim omil borki, u bugungi kun butunjahon tadqiqotlari tizimida ustuvor o‘rinni egallab kelmoqda. Bu “tarixdagi inson” mavzusini tadqiq qilish, boshqacha aytganda, shaxsning, tarixiy siymoning hamda oddiy insonning uni o‘rab turgan dunyodagi rolini o‘rganish. Eng muhim vazifa eng yangi tarixni jiddiy metodologik va ilmiy asosga qurishdan iborat. Agarda biz fanning nazariy-metodologik asosni chuqur anglab etsak, bu bir vaqtning o‘zida tarixni qalbakilashtirish va buzib ko‘rsatishning oldini oladi.
Bizningcha, O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘lining mazmun-mohiyatini ob’ektiv baholash hamda щziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, O‘zbekistonning eng yangi tarixi davrini bir qator bosqichlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq.




  1. Yüklə 71,98 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin