O‘zbekistonning eng yangi tarixi



Yüklə 204 Kb.
səhifə5/8
tarix05.05.2023
ölçüsü204 Kb.
#108248
1   2   3   4   5   6   7   8
1-Mavzu “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predm

1987 – 1990 yillar esa qayta qurishning ikkinchi bosqichi bо‘lib, enlikda jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qо‘ydi. Jumladan, bu davrda sovet jamiyatini demokratlashtirish masalasi asosiy vazifa, deb ta’kidlandi. Demokratlashtirish jarayoni jamiyatni ma’lum darajada uyg‘otdi, ijtimoiy faollik ortdi. Saylovlarning muqobil nomzodlar ishtirokida, alternativ asosda olib borilishi ijobiy holat edi, bundan tashqari SSSRda saylov tizimini о‘zgartirish tо‘g‘risidagi Qonun (1988 yil dekabri) ning qabul qilinishi ham jamiyat a’zolari ijtimoiy faolligini oshirishda ma’lum ahamiyat kasb etdi. Biroq Ittifoqda tub demokratik о‘zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazish mumkin bо‘lmadi. Bu ikki sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yо‘q edi. Ikkinchidan, partiya rahbarlari bundan manfaatdor emasdilar.
Xullas, M.S. Gorbachev boshchiligida KPSS rahbariyatining bir qismi tomonidan boshlangan qayta qurish siyosati mamlakat hayoti va umuman jahonda ma’lum о‘zgarishlar sodir bо‘lishiga olib keldi (oshkoralik, siyosiy plyura­lizm, «sovuq urush»ning tugashi va h.k.). Qayta qurishni amalga oshirishdagi qarama – qarshilik va noizchilliklar natijasida 80 – yillarning oxiri – 90 – yillarning boshidan mamlakat hayotining barcha sohalarida bо‘hronlar kuchayib ketdi. Qayta qurish sobiq SSSRda tо‘planib qolgan muammolarni tо‘la hal etishga xizmat qilmadi. Mustaqillik, demokratiya va erkinlik g‘oyalariga tо‘g‘ri kelmaganligi tufayli ham amaliy samara bermadi. Oxir oqibatda KPSS ning halokati va SSSR ning tugashiga muayyan turtki bо‘ldi.
XX asrning 80 – 90 – yillarda sovet hokimiyati tomonidan mavjud turg‘unlik holatidan chiqish, shuningdek, sobiq ittifoqdosh respublikalarning mustaqillik yо‘lidagi harakatlarini bartaraf etish, sobiq SSSRda yuzaga kelgan inqirozli harakatlar sabablarini ittifoqdosh respublikalardan qidirish, ularni ayblash uchun turli nayranglar, «siyosiy о‘yinlar» о‘ylab chiqdilar.
1983 yilning oxirida О‘zbekistonda juda og‘ir vaziyat vujudga kelgan edi. Respublikada jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida SSSR Bosh prokurori xuzurida alohida muhim ishlar bо‘yicha maxsus 12 kishilik tergovchilar guruhi tuzilib, О‘zSSRga yuboriladi. Ular О‘zSSRda paxta tayyorlash va uni qayta ishlash bilan bog‘liq jarayonlardagi «qо‘shib yozish», «о‘g‘irlik», «kо‘zbо‘yamachilik», «poraxо‘rlik»ni (aslida bunday moliyaviy jinoyatlar va qing‘irliklar butun SSSR hududidagi iqtisodiyotda chuqur ildiz otib kelgan edi) tergov qilish bilan shug‘ullandilar. Buning natijasida «paxta ishi» paydo bо‘ldi. Tergovlar jarayonida Moskvadan yuborilgan T.X. Gdlyan va N.V. Ivanov guruhining faoliyati natijasida respublikadagi jamoa xо‘jaliklari raislari va sovxoz direktorlarining 60%, qishloq xо‘jaligi yetakchi mutaxassislarining 45%, paxtachilik brigada boshliqlarining 35%, shuningdek, kо‘plab rahbarlar, viloyatlar va tumanlar partiya komiteti kotiblari, respublika miqyosidagi partiya, sovet va xо‘jalik rahbarlari о‘z vazifalaridan olib tashlandi va ularga nisbatan jinoiy ish qо‘zg‘atildi.
О‘zSSRning ijtimoiy – siyosiy hayotida 1984 yil 23 iyunda bо‘lgan О‘zbekiston Kompartiyasi MK XVI – plenumi mash’um rol о‘ynagan. Moskva tashabbusi va kо‘rsatmasi bilan tashkil qilingan bu plenumda qabul qilingan hujjatlar О‘zSSRda о‘zbek xalqini asossiz badnom etish kompaniyasini boshlab berdi. Markazning tazyiqi ostida 1984 yildan О‘zbekistondagi rahbarlik lavozimlariga sobiq ittifoqning har xil joylaridan «kadrlar desanti» kela boshladi. Birgina 1984 – 1987 yillarda Moskva, Leningrad va Rossiyaning boshqa shaharlaridan 400 dan ortiq kishi О‘zbekistonning partiya, sovet, ma’muriy – xо‘jalik organlariga ishga yuborilgan. Kadrlarni almashtirish siyosati ayanchli tus oldi. Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda о‘zbek xalqi badnom etilib, «paxta ishi»ga ataylab siyosiy tus berildi va u keyinroq atay «о‘zbek ishi»ga aylantirilib, xalqimizning nafsoniyatini toptash yо‘liga о‘tildi. 1983 – 1990 yillarda О‘zSSRda «paxta ishi» degan uydirma bо‘yicha jami 40 ming kishi tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida pro­kuror sanksiyasisiz о‘tirdi, 5 ming kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.
Bu davrda Markaz tomonidan totalitar tuzumning barcha kirdikorlari vafot etib ketgan partiya va davlat arboblariga yuklanib, 80 – yillar qatag‘onida nohaq qoralandi. Eng avvalo qatag‘on qilichi Sharof Rashidovga qarshi kо‘tarilib, uning nomi ham badnom qilindi. 1959 – 1983 yillarda SH.R. Rashidov О‘zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi bо‘lib ishlagan va rahbarlik yillarda qator bunyodkorlik ishlari bilan birga qishloq xо‘jaligi yerlaridan ekstensiv foydalanish oqibatida ekologik vaziyatning buzilishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi kabi noxush holatlar ham yuz berdi. Albatta, bunday holatlarni uning faoliyati natijasida yuzaga kelgan deb bо‘lmaydi, balki sovet hokimiyatining ijtimoiy – siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi.
«Paxta ishi» oqibatda butun mamlakatimizda parokandalik, loqaydlik, umidsizlik va ishonchsizlik kayfiyati chuqurlashdi. О‘zbekiston fuqarolari о‘z xaq – huquqlarini himoya qilishlarini sо‘rab tuman, viloyat va respublika partiya va sovet organlariga murojaat qildilar. 1986 – 1987 yillarda faqat О‘zbekiston Kompartiyasi MQga fuqarolardan 50 mingdan ortiq xat va shikoyatlar tushdi. 20 mingdan ortiq kishi Markazqо‘m kotiblari va bо‘lim boshliqlari qabulida bо‘lib, о‘zlarining talablarini bildirdilar.
Norozilik ayniqsa xotin – qizlar orasida kо‘paydi. 1986 – 1987 yillarda respublikada 270 ayol о‘zini – о‘zi yondirib yubordi. Bu holat ularning sha’ni, qadr –qiymatining toptalashi, haq – huquqlarining buzilishiga nisbatan kо‘rsatilgan norozilik edi. Haqiqat, adolat Birinchi Prezident Islom Karimov О‘zbekiston rahbari bо‘lgach rо‘yobga chiqdi. Islom Karimov tashabbusi bilan «Paxta ishi»ni kо‘rib chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi. 3,5 mingdan kо‘proq kishi oqlandi. Qolganlarning jazo muddatlari kamaytirilib, bir qismi avf etildi.
Qayta qurish millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham о‘z aksini topdi. Uzoq yillar davomida tо‘planib, shakllangan ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohadagi muammolarning millatlararo munosabatlarga ta’sir etmasligi mumkin emas edi.
1989 yil may – iyun oylarida Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida va Andijon shahrida millatlararo mojarolar rо‘y berdiki, u respublikada va butun mamlakatda g‘oyat darajada katta shov – shuvga sabab bо‘ldi hamda respublikada siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Ma’lumki, ikkinchi jahon urushi yillarida mustabid tuzum tomonidan deportatsiya qilingan bir qator xalkdar qatorida mesxeti turklari ham bо‘lib, ular asosan aholi zich yashaydigan Farg‘ona viloyatiga, bir qismi Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga joylashtirilgan, buning oqibatida esa ijtimoiy – iqtisodiy va millatlararo munosabatlarda qо‘shimcha muammolar yuzaga kelgan edi. Bu muammoga sovet davlati о‘z vaqtida e’tibor bermadi. Aksincha, «rivojlangan sotsializm» davriga kelib SSSRda «milliy masala butunlay hal qilindi» deb «tantana» qilindi.
Ammo 1989 yil 24 mayda Quvasoy shahrida yoshlar о‘rtasida (О‘zbekiston kompartiyasining birinchi kotibi Rafiq Nishonovning ta’rificha, «bir banka qulpinoy» uchun) bо‘lgan bezorilik millatlararo (mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar о‘rtasida) tо‘qnashuvni keltirib chiqardi va bu mojaro Farg‘ona vodiysida ommaviy tus oldi. Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni tо‘g‘ri baholay olmadi. Natijada, oddiy mojaro Farg‘ona, Marg‘ilon, Toshloq, Qо‘qon, Andijon, Namangan, Toshkentda aholining, ayniqsa, yoshlarning ommaviy chiqishlariga, millatlararo tо‘qnashuvlarga sabab bо‘ldi.
Farg‘ona fojialari haqida respublika matbuotida va boshqa ommaviy axborot vositalarida tо‘g‘ri ma’lumot berilmaganligi, bu mojarolarning kelib chiqishida asosan «mahalliy aholi aybdor» deb bir tomonlama va noxolis baholanishi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. 11 iyunda Toshkent shahrida ishlayotgan va о‘qiyotgan farg‘onalik yoshlardan 100 ga yaqini «qizil maydonda» namoyish uyushtirib, Farg‘ona voqealari haqida «notо‘g‘ri» ma’lumot berishlarga qarshi fikr bildirdilar va boshqa bir qator talablar qо‘ydilar. Bunday ommaviy chiqishlarga, kommunistik mafkura tartibiga qarshi borishlarga «kо‘nikmagan» mustabid tuzum siyosiy rahbariyati namoyishchilarga qarshi harbiy qism tashladi. 1989 yil 8 iyunda Qо‘qonda tinch namoyishchilar ana shu harbiy qism askarlari tomonidan о‘qqa tutildi, natijada 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok bо‘ldi (ularning kо‘pchiligi yoshlar edi), 200 dan ortig‘i esa yarador qilindi. Umuman, 3 – 12 iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bо‘lgan millatlararo tо‘qnashuvlar va ularni harbiylar tomonidan о‘qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bо‘lgan, 1009 kishi jarohatlangan va 650 xonadonga о‘t qо‘yilib, vayron qilingan.
Farg‘ona fojialariga taalluqli ma’lumotlarning taxdili shuni kо‘rsatadiki, mesxeti turklari uchun bu mojaro mustabid tuzum aybi bilan urush davrida majburan tashlab chiqilgan ona vatanlariga qaytib borishlari uchun bahona sifatida kerak bо‘lgan. Mahalliy aholi esa bu mojaroga tabiiy ravishda qо‘shilib ketgan. Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma’muriy organlar mesxeti turklarini Farg‘onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch kо‘chiriladi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bо‘lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg‘ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga kо‘chirib olib borib joylashtirildi.
Farg‘onada uyushtirilgan siyosiy ig‘vogarlik Tbilisi, Tog‘li Qorabog‘, Bokuda tashkil etilgan ig‘vogarliklardan biri edi. Keyinchalik 1990 yil fevral – mart oylarida Bо‘ka va Parkent, 1990 yil iyunda О‘sh va О‘zganda ham shunday urinishlar bо‘ldi. Yovuz kuchlar о‘z maqsadiga erisha olmadilar. О‘zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan kо‘rilgan chora – tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.
2. О‘zbekistonning davlat mustaqilligini qо‘lga kiritish tomon yо‘l tutishi. XX asr 90 – yillariga kelib jahon va sobiq ittifoqdagi о‘zgarishlar hamda yuzaga kelgan vaziyat о‘zbek xalqining mustaqillik uchun bо‘lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Bu о‘rinda О‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1989 yil 23 iyundagi plenumi va unda Islom Karimovning birinchi kotib etib saylanishi juda katta ahamiyat kasb etdi. Ushbu anjumanda I. Karimov О‘zbekistonning sobiq Ittifoqda tutgan о‘rni va rolini aniq – ravshan belgilab berdi, madaniy merosni va tarix haqiqatini tiklash, milliy urf – odatlar va an’analarni rivojlantirish obyektiv zarurat ekanligini isbotladi.
О‘zbekistonning yangi hukumati Markaz bilan bо‘ladigan munosabatlarni о‘zgartirmay turib, ijobiy siljishlarga erishib bо‘lmasligini va buning uchun respublikaning tо‘liq mustaqilligini ta’minlash zarurligini tushunib yetdi. I.A. Karimovning tashabbusi bilan О‘zbekiston hukumati tomonidan 1989 yil 15 avgustda «Kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xо‘jaliklari va individual uy – joy qurilishini yanada rivojlantirish tо‘g‘risida» maxsus qaror qabul qilindi. Garchi bu g‘oya ittifoq rahbarlariga yoqmagan bо‘lsa ham, I.A. Karimov о‘z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada о‘sha yilning 4 oyida aholi qо‘shimcha 90,7 ming gektar yer oldi.
XX asrning 80 – yillari о‘rtalariga kelib SSSRning parchalanishi real obektiv haqiqatga aylanib qoldi. Bu jarayonni о‘zbek tiliga davlat maqomi berilishi ayniqsa tezlatib yubordi. 1989 yil 21 oktabrda О‘zbekiston Oliy Sovetining XI sessiyasi «О‘zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi Qonunni qabul qildi. О‘zbek tili davlat tili deb e’lon qilindi. Ish yuritish sekin – asta о‘zbek tiliga о‘tkazila boshlandi, uni о‘rganishni yaxshilash yuzasidan aniq chora – tadbirlar belgilandi. Ayni vaqtda rus tilini va respublikada yashovchi boshqa xalqlarning tillarini о‘rganish uchun shart – sharoitlar yaratilishi lozim edi, tilni о‘rganishning ixtiyoriyligi va uni tanlash huquqi qonunda belgilab qо‘yildi. Bu qonunning qabul qilinishi о‘zbek xalqi, shu xalq milliy о‘z – о‘zini anglashining о‘sishi, respublikada millatlararo hamjihatlikning saqlanib qolishi uchun juda katta ahamiyatga ega bо‘ldi. Davlat tili haqidagi qonun qabul qilinganidan sо‘ng milliy о‘zlikni anglash, milliy davlatchilikni tiklash yо‘lida respublikada yana bir tarixiy ahamiyatga ega bо‘lgan muhim siyosiy qadam qо‘yildi.
1990 yil 23 martda О‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Plenumida respublika siyosiy tizimi tо‘g‘risidagi masala kо‘rib chiqildi. Unda О‘zbekistonda hokimiyatning Prezidentlik boshqaruvi shakliga о‘tishi respublika suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi bosqich ekanligi ta’kidlandi.
1990 yil 24 mart kuni О‘zbekiston SSR Oliy Sovetining XII chaqiriq 1 – sessiyasi SSSR doirasida birinchi bо‘lgan siyosiy hujjatni — «О‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi ta’sis etish tо‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi va О‘zbekiston Kompartiyasi MK birinchi kotibi Islom Abdug‘aniyevich Karimov О‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. Shu tariqa, О‘zbekiston — SSSR respublikalari ichida birinchi bо‘lib о‘zining milliy huquqiy va demokratik davlatiga mustahkam zamin yaratdi.
О‘zbekistonning mustaqillikka erishishida qо‘yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri bu – 1990 yil 20 iyunda respublika Oliy Soveti tomonidan «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni qabul qilinishi edi. Mazkur hujjat О‘zbekiston qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini ta’minladi. Shu bilan birga, «Mustaqillik Deklaratsiyasi» О‘zbekistonning 1991 yil 31 avgustga qadar mavjud bо‘lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta’minladi, barcha sohada mustaqil siyosat olib borish imkonini berdi. Deklaratsiyada har bir millatning о‘z taqdirini о‘zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib О‘zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi. Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bо‘lib, quyidagilar bayon etilgan:
О‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti: о‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning о‘z takdirini о‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsadi haqi, har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad bilgan holda, О‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, О‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qiladi.
1. О‘zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning о‘z hududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir.
2. О‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qо‘yilmay turib о‘zgartirilishi mumkin emas.
3. О‘zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bо‘linmas qismlari ustidan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga taalluqlidir.
4. SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar О‘zbekiston SSR Konstitusiyasiga muvofiq О‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina О‘zbekiston SSR hududida kuchga ega bо‘ladi.
5. О‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga О‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi.
6. О‘zbekiston SSR xalqaro hukuqning asosiy prinsiplarini tan oladi va hurmat qiladi.
7. О‘zbekiston SSR ittifokdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan о‘zining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va amalga oshiradi.
8. О‘zbekiston SSR о‘zining taraqqiyot yо‘lini, о‘z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, madhiya) о‘zi ta’sis etadi.
9. Qoraqalpog‘iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqilligini Muxtor Respublika Konstitusiyasi ta’min etadi. О‘zbekiston SSR uning Asosiy Qonuni va О‘zbekiston SSR Konstitusiyasi asosida Qoraqalpog‘iston MSSR manfaatlarini himoya qiladi.
10. О‘zbekiston SSRning qonun chiqaruvchi hokimiyati О‘zbekiston SSR davlat mustaqilligini amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan qonunlarni ishlab chiqadi, О‘zbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy sistemalari tarkibini va qurilishini belgilaydi.
11. О‘zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzishga qaror qilganini bildiradi, О‘zbekiston SSRda yashayotgan barcha millat va elatlarning qonuniy, siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy huquqlariga hamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi.
12. Ushbu Deklaratsiya О‘zbekiston SSRning yangi Konstitusiyasini hamda yangi ittifoq shartnomasini ishlab chiqish uchun asosdir.
Deklaratsiyaning qabul qilinishi bilan О‘zbekistonda respublikaning iq­tisodiy va siyosiy h­ayotiga doir masalalar musta­qil tarzda ­hal q­ilina boshlandi.
Shunday bir tarixiy sharoitda sobiq SSSRdagi siyosiy vaziyat keskinlashib bordi. XX asrning 90 – yillari boshlarida Ittifoq tarkibidagi kо‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni о‘zgartirishni talab qilisha boshladi. 1990 yil bahorida Sovet Sotsialistik Respublikalari hisoblangan Boltiqbо‘yidagi Litva (11 mart), Latviya (4 mayda), Estoniya (8 may), keyinroq Gruziya (oktabr) va Ozarbayjon (1991 yil fevral) Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e’lon qildi. Bu holat SSSRning davlat butunligiga jiddiy ta’sir kо‘rsatdi. Moskva 1990 yil kuzida Markaz bilan respublikalar о‘rtasidagi munosabatlarni yangilash yuzasidan muzokaralar jarayonini boshlab yubordi. Shu asosda markaziy hokimiyat jamoatchilikning talablari ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zaruratini e’tirof etishga majbur bо‘ldi.
SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini о‘zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991 yil 17 mart kuni Butunittifoq referendumini о‘tkazishga qaror qildi. 1991 yil 20 fevralda О‘zbekiston Oliy Kengashning Rayosati referendum о‘tkazishni ma’qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qо‘shimcha byulletenni ovozga qо‘yishga qaror qildi.
Qо‘shimcha byulletenga «Siz О‘zbekistonning mustaqil, teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?» degan savol qо‘yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 % bu savolga «Ha» deb javob berdilar. Demak, о‘zbekistonliklar о‘z mamlakatini mustaqil davlat sifatida federativ ittifoqda bо‘lishini, О‘zbekistonning suveren respublika sifatida rivojlanishini yoqlab ovoz bergan edilar.
1991 yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belorus, О‘zbekiston, Qozog‘iston respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bо‘ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yо‘llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bо‘ldi.
1991 yilga kelib О‘zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish borasida dadil ishlar qilina boshlandi. 1991 yil 15 fevralda О‘zbekiston Oliy Kengashi «О‘zbekistonning davlat ramzlari tо‘g‘risida» maxsus qaror qabul qildi.
О‘zbekistonning о‘z suvereniteti uchun kurashi, avvalo, respublikada qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaati ifoda etilganligi bilan ajralib tura boshladi. Xususan, 1991 yilning 22 iyulida О‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining «О‘zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bо‘ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini О‘zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga о‘tkazish» tо‘g‘risida qabul qilgan qarori ham О‘zbekiston SSR Prezidenti I.A. Karimov, О‘zbekiston SSR Oliy Kengashi va hukumati О‘zbekistonning siyosiy – iqtisodiy mustaqilligi, uning milliy suvereniteti uchun dadil qadamlar tashlaganligining isbotidir.
3. Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi. 1991 yilning aprel oyiga kelib, Markaz о‘zining ta’sir doirasini saqlab qolish maqsadida mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishga intildi. 1991 yil aprelda Novo – Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S. Gorbachevning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bо‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan «Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bо‘lmaydigan choralar tо‘g‘risida» qо‘shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9 + 1» (9 respublika + Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr – mulohazalarga rozi bо‘lganini kо‘rsatadi.
1991 yil 3 iyunda Novo – Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari о‘rtasida uchrashuv bо‘ldi. Uchrashuvda Mustaqil davlatlar ittifoqi (MDI) tuzish masalasi muhokama qilindi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi tо‘g‘risida keskin munozara bо‘ldi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr – mulohazalari asosan inobatga olingan «Mustaqil davlatlar ittifoqi tо‘g‘risida shartnoma» loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jо‘natildi.
Mazkur shartnoma loyihasi О‘zbekiston Oliy Sovetida 1991 yil 14 iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. Shu bilan birga u Respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
1991 yil iyul oyining oxirlarida Novo – Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil – kesil tayorlash uchun Markaz vakillari va Respublika rahbarlarining uchrashuvi bо‘ldi. Markazni ham, Respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi tо‘g‘risida shartnoma» loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bо‘lgani holda «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi tо‘g‘risidagi shartnoma»ni imzolash 1991 yil 20 avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M.S. Gorbachev Foros (Qrim)ga dam olish uchun jо‘nab ketdi.
Biroq ittifoqning kompartiya va markaziy davlat apparatidagi bir necha nufuzli rahbarlar markazning yakka hokimligini cheklaydigan va kamida olti respublikani Ittifoqdan chetda qoldiradigan bu shartnomaga qо‘shila olmadi. Bu rahbarlar oliy hokimiyat mahkamalaridagi asosiy lavozimlarni egallab turar edi. Prezident M. Gorbachev dam olishga ketganidan foydalanib, ular 1991 yil 18 avgust kuni tayyorlangan va 19 avgustda matbuotda e’lon qilingan «Sovet rahbariyatining Bayonoti»da M.S. Gorbachevning salomatligi yomonlashdi, shu sababli uning SSSR Prezidenti vazifalarini ijro etish imkoniyati yо‘q, degan soxta axborot bilan chiqdilar. Bayonotda Prezident vakolatlari vitse – prezident G.I. Yanayevga о‘tkazilganligi e’lon qilindi. Aslida esa Prezident M.S. Gorbachyov sog‘ – salomat edi, ammo о‘zini himoya qila olmadi. Fitnachilar noqonuniy ravishda uni о‘z vazifasidan chetlashtirdi va mamlakatdan, xalqdan, dunyodan ajratib, barcha aloqa vositalarini uzib, 72 soat qamal qilib qо‘ygan edi. Fitnachilar tomonidan mamlakatni idora qilish uchun SSSRda Favqulodda holat davlat qо‘mitasi (GKCHP) tuzildi.
1991 yil 18 avgustda mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi. Favqulodda holat davlat qо‘mitasi faoliyatiga qarshi B.N. Yelsin boshchilik qildi. Uning farmoni bilan 1991 yil 22 avgustda KPSS faoliyati tо‘xtatiladi, keyinchalik taqiqlab qо‘yiladi. Ammo KPSS Markaziy Qо‘mitasi joylardagi partiya qо‘mitalaridan tо‘ntarishni qо‘llab – quvvatlashni talab qildi. Moskva va boshqa bir necha yirik shahar kо‘chalariga qо‘shinlar, shu jumladan tanklar kiritildi, deyarli barcha markaziy gazetalar ta’qiqlab qо‘yildi, markaziy televideniyaning birinchi kanalidan boshqa barcha kanallari, deyarli barcha radiostansiyalar ishi tо‘xtatildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakat aholisining kо‘pchiligi Favqulodda holat davlat qо‘mitasidan yuz о‘girdi, armiya payt poylash pozitsiyasida turdi. 20 avgustdayoq qarshilik markaziga aylangan RSFSR Oliy Kengashi binosi atrofida barrikadalar paydo bо‘ldi, ularda о‘n minglab kishilar himoyada turdi. Harbiy bо‘linmalarning bir qismi mudofaachilar tarafiga о‘tdi. 21 avgustda fitnachilar mag‘lubiyatga uchradi, 22 avgustda esa Favqulodda holat davlat qо‘mitasi (GKCHP) a’zolari qamoqqa olindi. Shundan sо‘ng tо‘ntarishni qо‘llab – quvvatlagan KPSS rahbariyati bu partiyaning obrо‘sini uzil – kesil yerga urdi. Favqulodda holat davlat qо‘mitasining mag‘lubiyatidan sо‘ng mamlakatda kommunizmga qarshi ommaviy namoyishlar bо‘lib о‘tdi. KPSSning faoliyati tо‘xtatib qо‘yilgach, partiyaning qariyb 15 million a’zosidan birontasi bu qarorga qarshi norozilik bildirish uchun kо‘chaga chiqmadi. Bu, mazkur partiya 1991 yil yozidagi qiyofasida umri tugaganidan dalolat beruvchi ramziy holat edi.
Moskvada fojiali hodisalar rо‘y bergan paytda О‘zbekiston birinchi prezidenti I.A. Karimov rasmiy safar bilan Hindistonda edi. U 1991 yil 19 avgustda safardan qaytib keldi va shu kuni kechqurun Toshkent shahrining faollari bilan uchrashib, qat’iy tarzda О‘zbekiston nuqtai nazarini ma’lum qildi. Respublika rahbariyati Markazdan beriladigan qonunga xilof bо‘lgan har qanday kо‘rsatmalarni bajarishni man etdi. 20 avgustda О‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va О‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qо‘shma majlisi bо‘ldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muhokama qilinib, О‘zbekistonning mustaqillikka erishish yо‘li о‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi.
1991 yil 21 avgust kuni О‘zbekiston birinchi prezidenti I. Karimovning Farmoni bilan Favqulodda holat davlat qо‘mitasining О‘zbekiston Konstitusiyasi hamda qonunlariga zid keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb e’lon qilindi.
Islom Karimov Favqulodda holat Davlat Qо‘mitasi faoliyatiga о‘z munosabatini bildirmagan, qо‘rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy Qо‘mitasi Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha’ni va qadr – qimmatini zarba ostiga qо‘yganini qoraladi. Buning ustiga respublika kommunistlarini chalg‘itishga va davlat tо‘ntarishini qо‘llab – quvvatlashga majbur qilishga urinish bо‘lganini oshkora aytdi. I. Karimov bundan buyon KPSS Markaziy Qо‘mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi tо‘g‘risida bayonot berdi. Mazkur bayonotni О‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qо‘mitasi byurosi va Markaziy nazorat komissiyasi rayosati ma’qulladi.
О‘zbekiston birinchi Prezidentining 1991 yil 25 avgustdagi Farmoniga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qо‘mitasi qonuniy ravishda О‘zbekiston tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qо‘shinlari bevosita О‘zbekiston Prezidentiga bо‘ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qо‘mitasi, prokuraturasi, adliya organlari, ichki qо‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qо‘shilmalari partiyadan butunlay xoli qilindi.
Sobiq Ittifoqning rasmiy jihatdan tugatilishida 1991 yil 8 dekabrda Belorussiyaning Belaya Veja pushchasida Rossiya, Ukraina va Belorus­siya rahbarlari tomonidan imzolangan о‘zaro bitim muhim ahamiyat kasb etdi. Bitimda 1922 yil 30 dekabrda tashkil topgan SSSR tugatilganligi va Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligi (MDH) tashkil etilganligini rasman e’lon qildilar. 1991 yil 25 dekabrda SSSR xalqaro huquq subyekti sifatida barham topdi va M.S. Gorbachev Bosh kotib va Prezident lavozimlaridan iste’foga chiqdi.

Totalitar tuzumdan huquqiy davlatga o‘tish


Markaz va respublikalar о‘rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz boshqaruv qobiliyatini yо‘qotgan, har bir mintaqa, har bir respublika о‘z holiga tashlab qо‘yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni tо‘g‘ri baholay bilish qobiliyatiga ega bо‘lgan О‘zbekiston Respublikas ibirinchi prezidenti I. Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda О‘zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi.
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991 yil 26 avgust kuni О‘zbekistonning davlat mustaqilligi tо‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi.
О‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qо‘mitasi va Markaziy nazorat qо‘mitasining 28 avgustda bо‘lgan qо‘shma Plenumi Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqasini tо‘xtatishga, KPSSning barcha tashkilotlaridan chiqishga, uning Markaziy organlaridagi о‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
Ana shunday vaziyatda О‘zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi 1991 yil 31 avgustda о‘z ishini boshladi. О‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlash lozim. Unda «О‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi tо‘g‘risida» hamda «О‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tо‘g‘risida»gi masalalar kun tartibiga qо‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi.
Sessiyada О‘zbekiston birinchi prezidenti I.A. Karimov nutq sо‘zlab, sobiq Ittifoqda sо‘ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy – siyosiy voqealarni, davlat tо‘ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular О‘zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, О‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik tо‘g‘risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi.
Oliy Kengash deputatlari moddama – modda muhokamadan sо‘ng «О‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari tо‘g‘risida»gi qonunni qabul qildilar.
Sо‘ngra «О‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi tо‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi: ... «Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, О‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi О‘zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – О‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi».
Oliy Kengash sessiyasida «О‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish tо‘g‘risida» qaror qabul qilindi. Mazkur qarorda:
1) Respublikaning davlat mustaqilligi tо‘g‘risidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va respublika bundan buyon О‘zbekiston Respublikasi deb atalsin;
2) 1 sentabr – О‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, deb belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin, deb qat’iy belgilab qо‘yildi.

Yüklə 204 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin