Oʼzbekistonning eng yangi tarixi


Oliy ta’limda xalqaro hamkorlik



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə16/57
tarix17.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#115648
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57
O zbekistonning eng yangi tarixi

Oliy ta’limda xalqaro hamkorlik.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining amalga oshirilishi natijasida O‘zbekistonda nisbatan qisqa muddatlarda dunyoning yetakchi davlatlarida ta’lim sohasida erishilgan ilg‘or yutuqlarni, milliy an’analarni o‘z ichiga olgan prinsip jihatdan yangi modeli tashkil qilindi.
Mustaqillik yillarida oliy ta’lim tizimida olib borilgan izchil islohotlar natijasida mamlakatimizda bir qator chet el universitetlarining filiallari ochildi. Jumladan, Buyuk Britaniyaning Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent shahrida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Italiyaning Turin politexnika universiteti filiallari ish boshladi. Shuningdek, Toshkentda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi va Janubiy Koreyaning Inha universiteti filiallari ham o‘zbek yoshlariga o‘z ta’lim sirlarini o‘rgatmoqdalar.
2017-yil 10 yildan ortiq vaqt mobaynidagi tanaffusdan keyin, davlat va jamiyatdagi malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar inobatga olinib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan sirtqi ta’lim tizimi tiklandi, maxsus sirtqi ta’lim takomillashtirildi.
2017-yil 16-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining «Respublika oily ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, musiqiy ta’lim, san’atshunoslik, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida test sinovlari bo‘lmaydi. Masalan, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi,O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti va alohida iqtidor talab etadigan ta’lim yo‘nalishlariga faqat ijodiy imtihonlar orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi. Tibbiyotga oid oliy ta’lim tizimida ham bir qator islohotlar amalga oshirildi.
Jumladan, tibbiyot sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 7 yildan 6 yil va tibbiy profi laktika yo‘nalishida 6 yildan 5 yil etib belgilandi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin