Oʼzbekistonning eng yangi tarixi


Oliy ta’lim va undan keyingi ta’limning takomillashtirilishi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə15/57
tarix17.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#115648
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57
O zbekistonning eng yangi tarixi

Oliy ta’lim va undan keyingi ta’limning takomillashtirilishi. 1992-yil martda viloyatlardagi pedagogika institutlari negizida Andijon Davlat universiteti, Buxoro Davlat universiteti, Termiz Davlat universiteti, Urganch Davlat universiteti, Qarshi Davlat universiteti tashkil qilindi. Prezidentning 1992-yil fevraldagi farmoni bilan yana sakkizta viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi. Eng zamonaviy ixtisosliklar bo‘yicha alohida universitet va institutlar, jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Navoiy konmetallurgiya instituti, Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi kabi o‘nlab yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etildi. Toshkent davlat elektrotexnika va aloqa texnikumi institutga aylantirildi. 1993-
yil «O‘zbekistonda o‘quvchi-yoshlarni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida»gi talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. Mamlakat qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan va zamonaviy bilimlar sohibi bo‘lgan yuqori malakali oliy va o‘rta maxsus ta’lim olgan mutaxassis kadrlarni Toshkent Davlat Agrar universiteti, Andijon, Samarqand Qishloq xo‘jaligi, Qarshi Muhandislik iqtisodiyot, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti ish boshladi. Mamlakat
viloyatlarida oliy universal ta’limni joriy etishda rivojlangan davlatlar tajribasiga
suyanib ish tutildi. 1992-yil dastlab respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovi asosida o‘qishga qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan edi. 1993-yilda esa 46 ta oliy ta’lim muassaslarining 19 tasida tajriba tariqasida test sinovlari o‘tkazildi. 1994-yil Davlat test markazi tashkil etilib, shu yildan boshlab oliy ta’lim muassasalariga test orqali qabul joriy etildi. 1996- yildan ta’lim olishda kontrakt-shartnoma to‘lovi joriy etildi. 1997-yilgi «Talim to‘g‘risida»gi qonunga muvofi q 5 yillik oliy ta’limdan 4 yillik bakalavriat va 2 yillik magistratura bosqichlaridan iborat ikki pog‘onali tizimga o‘tildi. Shuningdek, Prezidentning 2013-yildagi «Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq yuridik institut universitet maqomida qayta tashkil etildi, 2014-yildagi qarori asosida
Toshkent davlat stomatologiya instituti ta’sis qilindi.Malaka oshirish tizimi ham tubdan isloh qilindi. Xalq va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari qatorida oliy ta’lim, tarmoq sohalarida kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari tamomila yangi bosqichga ko‘tarildi. Prezidentning 2015-yildagi «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga
asosan 15 yetakchi oliy ta’lim muassasalari – tayanch oliy o‘quv yurtlari sifatida belgilandi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin