Haftadagi dars soatlari 4
1. Fanning nomi Auditoriya mashg‘ulotlari (soat) Mustaqil ta’lim (soat) Jami yuklama (soat) O‘zbekistonning eng yangi tarixi 60
60
120
2. I. Fanning mazmuni Fanni o‘qitishning maqsadi – mustaqillik yillarida O‘zbekiston
Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-
mohiyatini ko‘rsatish va jamiyat hayotida talabaning o‘rnini, o‘zligini
anglatishdan iborat.
Fanni o‘qitishning vazifalari – mustaqillikka erishish arafasida
O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida
davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa
sohalardagi islohotlarning mazmunmohiyatini talabalarga tushuntirib berish,
ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g‘ururni
shakllantirishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. (2-soat) O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. “O‘zbekistonning eng
yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni
o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari. Yuksak intellektual salohiyatli,
ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda
mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy
xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari. XXI globallashuv asrida
ta’lim sohasida
101
mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovasiyalar.