O‘zbekistonning eng yangi tarixi



Yüklə 5,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/71
tarix20.11.2023
ölçüsü5,56 Kb.
#161992
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71
O\'zb eng yangi tar. majmua 2022 (3)

Erkin iqtisodiy zona
– bu zonalarda bozor iqtisodiyotining ochiq tizimi tashkil 
etiladi. Xorijiy va milliy tadbirkorlar uchun qulay, imtiyozli sharoit yaratiladi. 
Maxsus iqtisodiy zona
– bu zonalar alohida maqomga ega bo‘ladi. Maxsus 
imtiyoz va chegirmalar asosida savdo, boj imkoniyatlari beriladi. 
Erkin industrial-iqtisodiy zona
– bu zonalarda korxonalar faoliyatini 
jadallashtirish, sanoatni modernizatsiya qilish, ichki bozorni tovarlar bilan to‘ldirish, 
eksport-importni kengaytirish amalga oshiriladi. 
Maxsus industrial zona
– bu zonalarda yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, 
alohida sohadagi sanoatni rivojlantirish, hududning o‘ziga xos ijtimoiy imkoniyatlari 
hisobga olingan xolda maxsus sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish tashkil etiladi. 
Logistika
– (yun. logistike – hisoblash, muhokama san’ati) inson faoliyatining u 
yoki bu sohasini moddiy-texnik ta’minlashni boshqarish tizimi. 
Konvertatsiya
– (lot. convertatio – o‘zgartirish, aylantirish) Milliy valutaning 
amaldagi kurs bo‘yicha boshqa xorijiy valutalarga erkin va cheklanmagan miqdorda 
almashtirilishi. 
Skrining
– (ing. – saralash) maxsus usullar yordamida kasallikni erta va tez 
aniqlash uchun aholini ommaviy tekshirishdan o‘tkazish. 
Infratuzilma 
– ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi va jamiyat hayoti uchun zarur 
bo‘lgan me’yoriy sharoitni ta’minlashga xizmat qiladigan turli-tuman yordamchi 
xizmat ko‘rsatuvchi sohalar majmui. 
Baynalmilal
– (arabcha – millatlar o‘rtasidagi, millatlararo) xalqaro, 
umuminsoniy, umumxalqiy mazmunlarida qo‘llaniladi. 
Mentalitet
– (nem. – aql, idrok) jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning 
tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi. Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti 
ularning o‘ziga xos an’analari, rasm-rusumlari, urfodatlari, diniy e’tiqod va irimlarini 
qamrab oladi. 

Yüklə 5,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin