15-mavzu: O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi
o‘rni va nufuzini ortib borishi
Reja:
1.
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini
yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli
ishlashning yangi mexanizmini joriy etish” borasidagi davlat siѐsati,
huquqiy-normativ hujjatlarning qabul qilinishi,
2.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘laѐtgan
muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilaѐtgan chora-tadbirlar:
jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va
jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, ta’lim
tizimini takomillashtirish,.
3.
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va
indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘satkichlarini oshirish
borasida olib borilaѐtgan chora-tadbirlar. “Biznes yuritish” indeksi,
Boshqaruv sifati indikatorlari, Elektron hukumatni rivojlantirish reytingi,
“Korrupsiyani qabul qilish” indeksi,
4.
“Logistika samaradorligi”indeksi, Jahon bankining Statistik salohiyat
indeksi, Iqtisodiy erkinlik indeksi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiѐt
tashkilotining (IHTT) mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash tizimi, Inson
kamoloti indeksi, Huquq ustuvorligi indeksi, Jahon mamlakatlari
demokratiyasi indeksi, Matbuot erkinligi indeksi (umumiy 13 ta).
Bugun O‘zbekiston mintaqada barcha sohalarda jadal sur’atlarda rivojlanayotgan
mamlakat – bu xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilayotgan e’tirof. Rivojlanish,
taraqqiyot esa o‘z-o‘zdan bo‘lmaydi. Iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda kuzatilayotgan
hozirgi o‘zgarish va yutuqlar mamlakat rahbari tomonidan ko‘tarilgan keng qamrovli
chora-tadbirlar hamda ijrochilarning mashaqqatli mehnat mahsuli ekanligi shubhasiz.
Bu e’tiroflar, dastlabki yutuqlar o‘zimizniki albatta. Lekin ularni yanada yaxshilash
mamlakat siyosatining asosiy maqsadlaridan biridir.
Insoniyat taraqqiyoti, barcha sohalarda kechayotgan globallashuv jarayonlar, sifat
va tarkibiy o‘zgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish
barobarida har bir mustaqil mamlakatning ushbu holatlarga yangicha qarashga, ular
bilan birga odim tashlash vazifasini ko‘ndalang qo‘ymoqda. Bu esa, eng avvalo,
o‘sha mamlakatning jahon miqyosidagi o‘rni, xalqaro reyting va ko‘rsatkichlarda
tutgan mavqei bilan belgilanadi.
87
Bugun hayotning har bir jabhasida yangilik va bunyodkorlik ishlari jadal
sur’atlarda davom etmoqda. Tabiiyki, bunday yangilanishlar natijasi nafaqat xalqimiz
hayotida, balki nufuzli xalqaro reyting va indekslar ko‘rsatkichlarida ham o‘z
ifodasini topayotir.
Aytish kerakki, xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning rivojlanish
jarayonini o‘zida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi,
inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy investorlar uchun qulay
muhit, barqaror iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshlik kabi muhim jihatlarning
ko‘zgusidir. Bu jihatlar mamlakatimizdagi islohotlar mohiyatida ham mujassam.
Bularning barchasi inson qadrini ulug‘lashga, odamlarning hayotdan rozi va mamnun
bo‘lib yashashini ta’minlashga xizmat qilishi bilan yanada teran mazmun kasb etadi.
Prezidentimizning shu yil 2 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va
tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish
to‘g‘risida”gi farmoni yurtimizda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yangi
bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘ldi.
Mazkur farmonga muvofiq, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha
respublika kengashi tuzilib, sohada parlament nazorati o‘rnatildi.
Davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va
indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan
tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida»gi Farmoni ana
shu sa’y-harakatlarni yangi pog‘onaga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Oqibat natijada mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi
jozibadorligini oshirish mezoni bo‘lib xizmat qiladigan xalqaro reyting va indekslarni
oshirish jarayonida parlamentning o‘rni qanday bo‘ladi? Oliy Majlis Qonunchilik
palatasida 4 iyun kuni «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va
indekslardagi o‘rnini yaxshilash borasida parlamentning, xususan, Qonunchilik
palatasining roli» mavzusida o‘tkazilgan seminar ana shu mavzuga qaratildi va
Prezident farmoni mazmuni va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda
parlament oldida turgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Jahon banki, Birlashgan millatlar tashkiloti, Birlashgan millatlar tashkilotining
Taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Jahon iqtisodiy
forumi, Xalqaro byudjet hamkorligi, INSEAD xalqaro biznes-maktabi va Economist
Intelligence Unit kabi xalqaro reyting agentliklari va tashkilotlari bilan rasmiy
aloqalar yo‘lga qo‘yildi.
O‘tgan davr mobaynida xalqaro reyting agentliklarining 2019-2020 yillarda chop
etilgan hisobotlariga binoan respublikaning iqtisodiy reytinglardagi o‘rni sezilarli
darajada o‘sdi. Xususan “Fitch Ratings” va “S&P Global Ratings” xalqaro reyting
agentliklarining bahosiga ko‘ra 2019 yilda mamlakatning suveren kredit reytingi
«BB–» barqaror darajada saqlanib qolmoqda.
88
Jahon banki «Biznes yuritish 2020» yangi yillik hisobotida (Doing Business
2020) so‘nggi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi biznes islohotini amalga oshirishda
eng katta yutuqlarga erishgan 20 ta mamlakat qatoriga kirishga imkon bergan to‘rtta
islohotni amalga oshirgani to‘g‘risidagi axborotni tarqatdi. SHuningdek, 2019 yilda
O‘zbekiston ushbu reyting hisobotida dunyoning 190 mamlakati orasida 69-o‘rinni
egallab, 7 pog‘onaga ko‘tarildi.
2019 yilning sentyabr oyida Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarining
2018 yil uchun e’lon qilgan hisobotida O‘zbekiston Respublikasi bir qator
indikatorlardan yaxshilanganligini ma’lum bo‘ldi. Xususan, «Korrupsiyani nazorat
qilish» indeksida 1 pog‘onaga, «Hukumat samaradorligi» indeksida 3 pog‘onaga,
«Normativ sifat» indeksida 7 pog‘onaga, «Qonun ustuvorligi» indeksida 4
pog‘onaga, «So‘z erkinligi va hisobdorlik» indeksida 5 pog‘onaga ko‘tarildi.
Seminarda Prezidentimizning 2020 yil 2 iyundagi Farmoni bilan xalqaro reyting
va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etilayotgani, davlat
organlarining birinchi rahbarlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va
indekslardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas’ul qilib belgilangani alohida qayd etib
o‘tildi.
SHuningdek, mazkur hujjat bilan Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasining tashkil etilishi mazkur
yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish imkoniyatini
yaratishi, bu esa o‘z navbatida ko‘zlangan natijaga erishishda ayni muddao bo‘lishi
qayd etildi.
So‘nggi to‘rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg‘armasining «Iqtisodiy
erkinlik» indeksida 52 pog‘onaga, Jahon bankining «Logistika samaradorligi»
indeksida 19 pog‘onaga, «Biznes yuritish» indeksida 18 pog‘onaga ko‘tarilgan.
Xalqaro reyting va indekslar dunyodagi institutsional muhitning sifatini
baholashda iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida jahon hamjamiyati
tomonidan qabul qilingan vositadir. Ular nafaqat ekspertlar, balki davlatlar darajasida
ham islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy siyosat mezoni sifatida qo‘llanib kelinadi.
Keyingi yillarda mamlakatimiz ko‘pgina ustuvor reytinglarda yuqorilab
borayotgani yurtimizda aholi turmush farovonligini oshirish, jamiyatimizda ochiqlik,
oshkoralikni ta’minlash borasida qilinayotgan ezgu ishlarning muhim natijasidir.
Masalan, yaqinda BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkilotining (YUNIDO)
“Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” bo‘yicha hisoboti chop etildi. Unda
mamlakatimiz ilk marotaba aks ettirilib, 152 ta mamlakat orasida 92-o‘rinni, MDHga
a’zo davlatlar orasida 5-o‘rinni, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 2-o‘rinni
egalladi.
Aytish kerakki, bugun jamiyatimizdagi islohotlarning bosh maqsadi xalqimizni
rozi qilishdek ezgu maqsadga yo‘naltirilmoqda. Barcha sa’y-harakatlarimiz,
islohotlarimiz, qabul qilayotgan qonun va qarorlarimiz zamirida ham ushbu maqsad
89
mujassam. Aholi yuritilayotgan siyosatdan qanchalik rozi bo‘lsa, turli reyting va
indekslardagi o‘rnimiz o‘z-o‘zidan oshib boraveradi.
Xususan,
iqtisodiyotda
davlatning
rolini
kamaytirish,
makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan
bosqichma-bosqich islohotlar 2020 yilda Jahon bankining “Biznes yuritish” indeksida
76-o‘rindan
69-o‘ringa
ko‘tarilishimizga, “Transparency International”ning
Korrupsiyani qabul qilish indeksi hamda “World Justice Project”ning Qonun
ustuvorligi indeksida mamlakatimiz o‘rni yaxshilanishiga olib keldi.
SHu bilan birga, bu yo‘nalishda hali qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar talaygina.
Prezidentimiz farmoni asosida davlat organlari faoliyati natijadorligini oliy, ya’ni
parlament darajasida nazorat qilish belgilanganidan maqsad — bu borada vazirlik va
idoralar rahbarlarining mas’uliyatini oshirishdir. SHu bois, xalqaro reyting va
indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi. Oliy Majlis
deputatlari va senatorlarining xalq tomonidan saylanishini inobatga oladigan bo‘lsak,
mazkur mexanizm sohadagi chora-tadbirlar ijrosi ustidan xalq nazorati
o‘rnatilganligini anglatadi.
Endilikda vazirlik va idoralar rahbarlari o‘zlari mas’ul bo‘lgan reyting va
indekslarda ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va
belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan respublika kengashida hisobot berib boradilar.
Xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatimiz o‘rnining yaxshilanishi ko‘p
jihatdan qabul qilayotgan qonunlarimizning joylardagi ijrosiga bog‘liq. SHuning
uchun ham kengash tarkibiga mahalliy hokimlar kiritildi. Bu esa qonun talablarining
joylardagi ijrosi yuzasidan muammolarni vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish
imkonini beradi.
SHu orqali bu yo‘nalishdagi ishlarda parlament, vazirlik va idoralar hamda
mahalliy hokimliklarning o‘zaro hamkorligi ta’minlanadi, sansalorlik holatlarining
oldi olinadi, barcha ishlar muvofiqlashtirilgan holda tashkil etiladi.
Albatta, bu ko‘p vaqt sarflanadigan, progressiv bilimlarni talab etuvchi yangi
jarayonlardan biri. Bu, shubhasiz, mas’ul davlat organlarining o‘zlariga biriktirilgan
xalqaro reyting va indekslar metodologiyasini izchillik bilan o‘rganish, uni to‘g‘ri
talqin qila olgan holda amaliyotga tatbiq eta olish, xalqaro reyting va indeksni
beruvchi tashkilot bilan aloqalarni o‘rnata olish bilan bog‘liqdir.
Ochig‘i, barcha vazirlik va idoralar, ayniqsa, joylardagi hokimliklar yoki
parlament a’zolarining barchasi ham masalaning tub mohiyatini to‘la anglab etdi, deb
aytish mushkul. YUqorida aytganimdek, reyting va indekslar joylardagi vaziyatga
bog‘liq, qonunlarning ijrosiga bog‘liq. Ming afsuski, joylardagi hokimliklar yoki
davlat organlari vakillarining ba’zida bilib-bilmay aytgan gap-so‘zlari yoki xatti-
harakatlari reyting va indekslardagi o‘rnimizga salbiy ta’sir qiladi.
SHu o‘rinda barcha rahbarlar, ular qaysi darajadagi rahbar bo‘lishidan qat’i
nazar, o‘z harakatlarini qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshirishlari zarur
90
ekanini yana bir karra ta’kidlamoqchiman. Odamlar bilan muloqotlarda esa inson
sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi shart.
Har bir tizimda ishlarimizni samarali tashkil etish maqsadida barcha vazirlik va
idoralarda xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar
tashkil etilishiga erishdik. Bu esa ishimizni ancha osonlashtiradi. Ajratilgan alohida
xodimlar doimiy ravishda o‘zlarining vazirligi yoki idorasi mas’ul bo‘lgan xalqaro
reyting va indeks bo‘yicha ish olib boradi.
Xalqaro reyting va indekslarning ahamiyati, oldimizda turgan ustuvor vazifalarni
belgilash, reyting agentliklarining metodologiyalarini o‘rganish maqsadida mahalliy
hokimliklar hamda vazirlik va idoralar mas’ullari uchun maxsus treninglarni
boshladik.
SHu bilan birga, eng asosiy ishimiz qonunlar va boshqa normativ-huquqiy
hujjatlarning amaldagi ijrosini, bir so‘z bilan aytganda, qonun ustuvorligini
ta’minlashdir. Bu borada biz parlament va jamoatchilik nazoratini qat’iy yo‘lga
qo‘yishga kirishdik va, albatta, ijobiy natijalarga erishamiz.
O‘zbekistonning ushbu xalqaro indekslarda e’tirof etilmaganiga bir necha
sabablar bor. Masalan, Jahon iqtisodiy forumining “Global raqobatbardoshlik
indeksi”ga mamlakatimizni kiritish masalasi yuzasidan Moliya vazirligi olib borgan
muzokaralar natijasida indeksga kirish jarayoni 2 yil muddatni talab etishi ma’lum
bo‘ldi.
Birinchi yilda tashkilot tomonidan O‘zbekistonda rasmiy so‘rovnoma o‘tkazish
uchun hamkor, ya’ni nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari tanlab
olinadi va so‘rovnoma o‘tkaziladi. Ikkinchi yilda so‘rovnoma natijalaridan kelib
chiqib, O‘zbekistonning indeksdagi norasmiy o‘rni belgilanadi hamda ularning
O‘zbekiston ko‘rsatkichlarining haqiqiy tendensiyalari bilan qay darajada mos kelishi
tekshirib ko‘riladi. Tendensiyalar maxsus ekspertlar tomonidan 2 yil mobaynida
muntazam kuzatilib boriladi va tahlil qilinadi.
Xalqaro byudjet hamjamiyatining “Byudjet ochiqligi indeksi”ga kirish masalasiga
to‘xtaladigan bo‘lsak, indeks bo‘yicha mamlakatda tadqiqot o‘tkazish uchun zarur
resurslar (jumladan, mablag‘lar) faqatgina xalqaro nodavlat tashkilotlar va institutlar
(donorlar) hisobidan amalga oshiriladi.
Hamjamiyatning asosiy talablaridan biri — tadqiqot o‘tkazishdagi mahalliy
hamkor sifatida mustaqil fuqarolik jamiyati institutlari (nodavlat notijorat
tashkilotlar) bo‘lishi zarur. Mazkur indeks hisobotida mamlakatimizni aks ettirish
bo‘yicha yakuniy qaror tashkilotning joriy yil avgust oyidagi yig‘ilishida ko‘rib
chiqilishiga kelishilgan.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalarni tartibga solish cheklovlari indeksi”da O‘zbekistonni e’tirof etish
maqsadida tuzilma mas’ul rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazildi. Xususan, Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan birgalikda “Investitsion siyosat sharhi —
91
O‘zbekiston” nomli hisobotni ishlab chiqish va bu orqali indeksda mamlakat o‘rnini
aks ettirish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Kornell universiteti, Xalqaro intellektual mulk tashkilotining “Global
innovatsiyalar indeksi”da mamlakatimiz o‘rnini aks ettirish masalasida Innovatsion
rivojlanish vazirligi muzokaralar o‘tkazmoqda. Hozir ushbu indeksda talab etilgan
zarur statistik ma’lumotlarni jamlash bo‘yicha hamkorlikda ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Albatta, bunday ma’lumotlar turli axborotnomalar shaklida tegishli tashkilotlar,
xususiy investorlar hamda xalqaro ekspertlarga jo‘natilmoqda. SHuningdek, ular
vazirliklarning rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida ham
keng jamoatchilik e’tiboriga havola etib borilmoqda.
Bundan tashqari, ayrim reyting va indekslarda talab etilgan statistik ma’lumotlar
respublikamizning davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan shakllantirilgan statistik
ma’lumotlar bazasiga asoslanadi.
Masalan, BMTning “Barqaror rivojlanish maqsadlari”da jami 206 ta milliy
indikator tasdiqlangan. Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan yaratilgan maxsus
saytga bu boradagi zarur ma’lumotlar doimiy ravishda joylashtiriladi. SHuningdek,
xalqaro reyting va indekslar uchun kerakli ma’lumotlar davlat idoralari tomonidan
muntazam yangilanib boriladi.
Misol uchun, hukumat portali doirasida “Ochiq ma’lumotlar portali” ishga
tushirilgan. Mazkur portal Davlat statistika qo‘mitasining davlat organlari va
tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar bazasi yuritilishi va yangilanishi, shuningdek,
tegishli axborotlarning o‘z vaqtida aks ettirilishini muvofiqlashtirib kelmoqda.
Umuman olganda, xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi tashkilotlar
tadbirkorlar va aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalariga, nodavlat
notijorat tashkilotlar ma’lumotlariga hamda milliy va xorijiy ekspertlar xulosalariga
tayanadi. Bu esa, o‘z navbatida, respublika miqyosida iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy
sohadagi islohotlar va ularning natijalaridan mahalliy aholi va tadbirkorlar qay
darajada xabardor ekanini ko‘rsatib beradi.
Asosan, siyosiy-huquqiy reyting va indekslarda mamlakatimiz o‘rinlari nisbatan
quyi pog‘onalarda. Masalan, So‘z erkinligi va hisobdorlik indeksida 191-o‘rinda,
Normativ sifat indeksida 184-o‘rinda, Korrupsiyani nazorat qilish indeksida 183-
o‘rinda, Qonun ustuvorligi indeksida 182-o‘rinda, Jahon matbuot erkinligi indeksida
156-o‘rinda turibmiz. Albatta, so‘nggi 3-4 yil mobaynida ushbu sohalarni tartibga
soluvchi ko‘plab qonun hujjatlari qabul qilindi, turli institutsional o‘zgarishlar ro‘y
berdi.
Xususan, mamlakatimizda so‘z erkinligi hamda ommaviy axborot vositalarining
cheklov va to‘siqlarsiz faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Ommaviy
axborot vositalari uchun media bozorida teng sharoit yaratish va ularni yanada
rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Milliy
mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tashkil etildi.
92
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohadagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bu boradagi
davlat dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, turli
organlar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, jamiyatda korrupsiyaga
nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi
kurashish milliy kengashi tashkil etildi. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi
kurashish sohasida davlat siyosatini yurituvchi Korrupsiyaga qarshi kurashish
agentligi tuzildi.
Qator sohalardagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq qonunchilikning jadal rivojlanishi
ayrim hollarda amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan ko‘plab normalarning
vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. SHuning uchun ham qonunchilikni tubdan qayta
ko‘rib chiqish, uni tizimlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va
qabul qilish jarayonlari sifatini oshirish, ijrosi monitoringini takomillashtirish
maqsadida Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi ishlab
chiqildi.
Biroq shuncha ishlarga qaramay, indekslardagi ko‘rsatkichlar bu borada hali
kamchiliklarimiz borligini ko‘rsatib turibdi. SHu bois, qator muhim vazifalarni
belgilab olganmiz. Eng avvalo, O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi
kurashish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqishimiz zarur bo‘ladi.
SHuningdek, davlat organlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy baholash
tartibini belgilash va davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha
reytingini shakllantirishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz.
SHu bilan birga, mamlakatimizning Korrupsiyaga qarshi davlatlar guruhi
(GREKO) xalqaro tashkilotiga a’zo bo‘lishi va bu tashkilotning korrupsiyaga qarshi
tegishli konvensiyalari talablarini milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilish
masalasini ham o‘rganib chiqishimiz lozim.
Ommaviy axborot vositalari, fikrlar xilma-xilligi va so‘z erkinligini
ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashimiz zarur.
Ayniqsa, jurnalistning qonuniy professional faoliyatiga to‘sqinlik qilishga oid
huquqbuzarliklarga nisbatan javobgarlikni belgilashimiz kerak.
Respublikaning siyosiy-huquqiy reyting va indekslarda quyi pog‘onalardan joy
olganligining sabablaridan yana biri mazkur reyting va indekslar, asosan,
jamoatchilik fikri va xalqaro ekspertlar xulosasi asosida shakllantirilishidadir.
Qolaversa, indeks yurituvchi tashkilotlar so‘rovnomalari faqatgina mustaqil fuqarolik
jamiyati institutlari (nodavlat notijorat tashkilotlar) bilan hamkorlikda o‘tkazilishini
inobatga olib, respublika miqyosida bunday tashkilotlar kamligi hamda ular
tomonidan tadqiqot ishlarini amalga oshirish salohiyati cheklanganligi kabi omillar
ham bunga sabab bo‘lishi mumkin.
SHu o‘rinda alohida qayd etishimiz zarur, har bir davlat organi, ayniqsa,
respublika darajasidagi vazirlik, idora, tashkilotlar huzurida nodavlat notijorat
93
tashkilotlar vakillaridan iborat jamoatchilik kengashlari tuzilib, ular bilan yaqin
hamkorlik o‘rnatilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Albatta, O‘zbekiston umumiy reytingda 6 ta pog‘onaga pasaydi. Lekin reytingni
shakllantiruvchi komponentlar bo‘yicha birmuncha o‘sish kuzatilgan. Masalan, ushbu
reytingning “Inson kapitali”, “Elektron ishtirok” va “Telekommunikatsiya
infratuzilmasi” indekslari bo‘yicha ko‘rsatkichlar 0,01 dan 0,14 punktgacha oshgan.
“Elektron ishtirok” indeksi bo‘yicha respublikamiz o‘zining ko‘rsatkichini 0,80
punktgacha oshirib, umumiy reytingdagi o‘rnini 13 pog‘onaga ko‘tardi va 46-o‘rinni
egallab, elektron ishtirok indeksining juda yuqori rivojlanish darajasiga ega
mamlakatlar ro‘yxatiga kirdi. Vaholanki, 2018 yilda ushbu indeks bo‘yicha
mamlakatimiz 59-o‘rinda edi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonga ochiq ma’lumotlar bo‘yicha eng yuqori ball
berildi. Albatta, “Elektron hukumatni rivojlantirish” reytingidagi o‘rnimiz
pasayishiga ayrim omillar ta’sir qildi. Eng avvalo, ta’kidlash joizki, 2018 yildan joriy
yilning aprel oyiga qadar respublikamizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va
“Elektron hukumat” tizimini joriy etishda yagona muvofiqlashtiruvchi organ mavjud
bo‘lmagan. Natijada reytingni oshirish bo‘yicha aniq belgilangan chora-tadbirlar
rejasi qabul qilinmagan va tegishli ishlar etarli darajada tashkil etilmagan. Hozir
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ushbu ishga
mas’ul etib belgilangan.
SHuningdek, milliy elektron xizmatlar portali hamda ta’lim, mehnat, ijtimoiy
xizmatlar, sog‘liqni saqlash, moliya va atrof-muhit sohalaridagi tegishli vazirlik va
idoralarning veb-saytlari ham talabga to‘liq javob beradi, deb ayta olmaymiz. Ushbu
saytlar reytingning “Elektron xizmatlar” komponentida 148 ta jihat bo‘yicha baholab
boriladi. Milliy onlayn xizmatlar portali va rasmiy veb-saytlarning mobil -
qurilmalardan foydalanish uchun moslashgan shakllari etarli darajada joriy etilmagan.
SHuningdek, tranzaksiya xizmatlari darajasining pastligi, davlat bojlari, turli
yig‘imlar va jarimalarni to‘liq elektron tarzda to‘lash ham oxiriga etmaganligi
reytingdagi o‘rnimizga salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Reytingning “Inson kapitali” komponenti bo‘yicha ham ishlashimiz kerak bo‘lgan
ayrim kamchiliklar bor. Masalan, masofaviy o‘qitish imkoniyatlaridan to‘liq
foydalanilmayotgani, oliy ma’lumotga ega aholi qatlami bo‘yicha aniq ma’lumotlar
etarli emasligi reytingdagi o‘rnimizga ta’sir qilmoqda.
Mobil aloqa abonentlari, internet foydalanuvchilari ulushini begilaydigan
“Telekommunikatsiya infratuzilmasi” komponentida esa respublikaning uzoq
hududlariga yuqori tezlikdagi simli internet tarmog‘i etib bormaganligi ham
reytingdagi o‘rnimizga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.
Bu kamchiliklarni to‘g‘rilash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab olganmiz.
Umid qilamizki, navbatdagi hisobotlarda ushbu yo‘nalishda mamlakatimiz o‘rni
yanada yaxshilanishiga erishiladi.
|