O‘zbekistonning eng yangi tarixi



Yüklə 5,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/71
tarix20.11.2023
ölçüsü5,56 Kb.
#161992
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   71
O\'zb eng yangi tar. majmua 2022 (3)

“Inson qadri uchun
”, “Davlat – inson uchun”, degan 
g‘oyalar hamda 
“Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi 
sari”,
tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, u o‘tgan davr mobaynida ommaviy 
axborot vositalarida keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi va unda bildirilgan 
17 ming 500 dan ortiq taklif va tavsiyalar e’tiborga olinganini ta’kidladi. 
Dunyoda ikki yuz ellikdan ortiq davlat, minglab xalq va elat bor. Ular orasida 
O‘zbekiston deya atalmish go‘zal va betakror mamlakatning o‘z o‘rni va nufuzi
o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li borligi qalbimizga iftixor bag‘ishlaydi. SHu bois ham 
Mustaqillik biz uchun benihoya qadrlidir. Qadrli narsa esa osonlikcha qo‘lga 
kiritilmasligini barchamiz yaxshi bilamiz. 


81 
Vatanimiz tarixi bir necha ming yillar bilan bo‘ylashadi. Bu diyor jahon 
tamaddunining tamal toshini qo‘ygan, ilm-fani, san’ati, madaniyati, ulkan madaniy-
ma’naviy merosi, olimu fuzalolari bilan dong taratgan. SHu bois yaqin o‘tmishda 
qariyb bir asr davomidagi mustamlaka davri, ungacha ham haq-huquqlari poymol etib 
kelingan xalqimiz ruhini hech qanday kuch so‘ndirolmagan. SHu nuqtai nazardan 
o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani, 1990-1991 yillarda Navro‘z bayrami qayta 
tiklangani, Ramazon va Qurbon hayitlari bayram kunlari deb e’lon qilingani 
xalqimizning asriy orzu va armonlari ro‘yobga chiqishi, milliy qadriyatlarimiz 
tiklanishi yo‘lidagi dastlabki yirik qadamlar bo‘ldi. 
Milliy davlatchiligimizni barpo etish yo‘lidagi zalvorli qadam sifatida 
Mustaqillikning dastlabki yillarida dastlab uning kafolati bo‘lmish Konstitutsiya 
qabul qilinganini alohida ta’kidlash joiz. O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat 
qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish bosh vazifa etib belgilanib, 
mamlakat siyosiy hayotida ko‘ppartiyaviylik muhiti qaror topdi, nodavlat tuzilmalar, 
jamoat tashkilotlari va o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyati takomillashtirildi, 
sud-huquq tizimida, ommaviy axborot vositalari, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda keng 
ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. 
Darhaqiqat, mamlakatimiz tarixida o‘chmas sahifa ochgan buyuk istiqlol tufayli 
O‘zbekiston o‘tgan davr mobaynida jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallab, 
milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil ilgarilab bormoqda. Ayniqsa, 
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 
yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi bu o‘zgarishlarni 
yanada teranroq anglashimiz, idrok etishimizda muhim ahamiyat kasb etdi. 
Davlatimiz rahbarining har bir so‘zlari xalqimiz qalbida iftixor tuyg‘ularini yanada 
jo‘sh urdirdi. SHubhasiz, bundan ruhlangan xalqimiz davlatimizning har qarich erida 
yuksalish davri bo‘lishi uchun azmu qaror qilmoqdalar. 
Muhtaram YUrtboshimiz nutqida ta’kidlaganidek, Milliy yuksalish deganda, biz 
mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning hayot darajasi va turmush sifatini har 
tomonlama yuqori bosqichga ko‘tarishni tushunamiz. Ilm-fan, ta’lim-tarbiya, 
sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarida bo‘layotgan katta o‘zgarishlar 
hayotimizda muhim voqelikka aylanmoqda. 
YUrtimizda ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha o‘ziga xos tizim shakllanmoqda. Bu 
borada 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga 
oshirilayotgani, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “YOshlar – kelajagimiz”, “Besh 
ijobiy tashabbus” kabi dasturlar aholini yangicha fikrlash va ishlashga safarbar 
etishda muhim rol o‘ynamoqda. Buning natijasida, hatto mamlakatning eng chekka 
hududlari, markazlardan olisda joylashgan qishloqlarning ham me’moriy qiyofasi 
tubdan yangilanib, aholining turmush farovonligi yuksaltirilmoqda. 
Sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, ilm-fan, ayniqsa, ta’lim-tarbiya sohalarida 
bo‘layotgan ulkan o‘zgarishlarning barchamiz guvohi bo‘lib turibmiz. 


82 
SHu o‘rinda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda umumta’lim 
maktablarida 11 yillik tizim tiklanganini, maktab ta’limini rivojlantirish masalasi 
buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanayotganini alohida 
ta’kidlash joiz. Ayniqsa, bugungi kunda mamlakatimizda oliy ta’lim sohasi ham jadal 
rivojlanmoqda. So‘nggi uch yilda 35 ta yangi oliy o‘quv yurti tashkil qilingani, 
ularning umumiy soni 112 taga etgani, e’tiborlisi, bularning 13 tasi nufuzli xorijiy 
universitetlarning filiallari ekani sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin 
isbotidir. 
Ertangi kelajagimiz bo‘lmish yoshlar kelgusida ana shu ulug‘vor ishlarning 
munosib davomchilaridir. SHu nuqtai nazardan, yangi o‘quv yilining ilk – 
“Mustaqillik” darslarida istiqlol yillarida, ayniqsa, keyingi uch yilda amalga 
oshirilgan islohotlar, Harakatlar strategiyasida belgilangan “Milliy tiklanishdan – 
milliy yuksalish sari” degan ustuvor g‘oya, Prezidentimiz nutqi mazmun-mohiyati 
xususida o‘quvchi-yoshlarga keng tushunchalar berildi, ularning fikr-mulohazalari 
tinglandi. Quvonarlisi, yoshlar YUrtboshimiz nutqining har bir satrida hayot 
borligini, har bir so‘zida O‘zbekistonimizning yuksak taraqqiyotiga qaratilgan aniq 
maqsad borligini teran anglab etdi. 
SHu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, bundan keyin ham biz pedagoglar 
ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. “Milliy 
tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ustuvor g‘oya asosiy dasturilamalimizdir. 
Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni albatta 
yaxshi ko‘radi. Vijdon, ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat 
qilish deganidir. 

Yüklə 5,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin