O‘zbekistonning eng yangi tarixi


-mavzu: O‘zbekiston va jahon hamjamiyati



Yüklə 5,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/71
tarix20.11.2023
ölçüsü5,56 Kb.
#161992
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71
O\'zb eng yangi tar. majmua 2022 (3)

12-mavzu: O‘zbekiston va jahon hamjamiyati 
(1-qism)
 
Reja: 
1.
O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan 
tan olinishi. 
2.
O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi va jahon hamjamiyatidagi o‘ziga 
xos o‘rni. O‘zbekistonning MDH hamda SHHTdagi o‘rni va mavqeining oshib 
borishi.
3.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari.
4.
O‘zbekistonning Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya, AQSH, Xitoy bilan istiqbolli 
hamkorliklari. 
5.
Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyohvandlik va odam savdosiga 
qarshi kurashda O‘zbekiston Respublikasining faolligi.
6.
O‘zbekistonning SHHT bilan aloqalari.
O‘zbekistonning geosiyosiy holati. O‘zbekiston Respublikasi o‘ziga xos geografik 
tuzilishi bilan Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida alohida ajralib turadi. 
Bunday geografik joylashuvning qulay va noqulay tomonlari mavjud bo‘lib, ular 
respublikaning geosiyosiy vaziyati va geostrategik manfaatlari, uning ichki va tashqi 
siyosatini tanlash hamda belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mustaqil O‘zbekistonning qulay geosiyosiy imkoniyatlari quyidagicha: uzoq 
o‘tmishdan SHarq va G‘arb o‘rtasidagi qadimgi savdo-sotiq, madaniy-ilmiy va 
diplomatik aloqalar yo‘li bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘li O‘zbekiston hududidan o‘tgan. 
Hozirda ham Evropa va YAqin SHarqdan Osiyo – Tinch okeani mintaqasiga olib 
boradigan yo‘llar Markaziy Osiyodan, uning markazida joylashgan O‘zbekistondan 
o‘tadi; Markaziy Osiyoning markazida joylashgan O‘zbekiston o‘zining geografik 
holatidan kelib chiqib, mazkur mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, 
iqtisodiy integratsiya jarayonini rivojlantirish, barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni 
mustahkamlash imkoniyatiga ega. O‘zbekiston bugungi kunda qo‘shni davlatlar – 
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston o‘rtasida 
bog‘lovchi halqa vazifasini o‘tab kelmoqda.
O‘zbekiston o‘zining joylashuviga ko‘ra Markaziy Osiyoning transport, 
energetika, kommunikatsiya, suv tizimi markazida joylashgan. Tabiiy iqlim sharoiti 
qulay, ulkan mineral – xomashyo zaxiralari va strategik materiallarga ega, 
dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o‘zini ta’minlashga qodir. 
O‘zini neft, gaz, rangli metallar bilan ta’minlabgina qolmay, ularni eksport qilish 
imkoniyatiga ham ega. O‘zbekiston Respublikasining erostida amaldagi Mendeleev 


68 
davriy tizimining barcha elementlari mavjud. Mazkur imkoniyatlari bo‘lgan taqdirda 
ham O‘zbekiston geosiyosiy joylashuvini noqulayliklardan mustasno deb bo‘lmaydi. 
SHu jihatdan O‘zbekiston Respublikasiga qiyinchiliklar tug‘diruvchi quyidagi 
omillar mavjud: O‘zbekiston Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim 
havzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim halqaning strategik 
markazida joylashgan. SHuning uchun bu hududda butun dunyoda energiya 
taqchilligi sharoitida ko‘pgina davlatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari 
o‘zaro to‘qnashmoqda. Dunyodagi kuchli davlatlar mazkur mintaqada o‘z 
manfaatlarini izlamoqda. SHu bilan birga, O‘zbekiston mintaqadagi etnik 
murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan rag‘batlantirilib 
kelinayotgan, ichki mojarolar hali ham tugatilmagan Afg‘oniston kabi davlat bilan 
chegaradoshdir. O‘zbekiston bevosita dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga 
dengiz portlaridan eng uzoqda joylashgan mamlakat hisoblanadi. Qora dengiz, Boltiq 
dengizi, YApon dengizi va SHimoliy dengizlarga olib chiquvchi eng qisqa temir yo‘li 
qariyb 3 ming kilometrni tashkil etadi. Mustaqil O‘zbekistonning, umuman, hamma 
daryolari hamda respublika hududini kesib o‘tadigan, uzunligi 150 va undan ko‘p 
kilometrli daryolar 50 tadan oshgan bo‘lishiga qaramasdan, uning suv resurslari 
cheklangan va ekologik muammolari ham bor. Orol fojiasi ham mamlakatimiz uchun 
noqulaylik omilidir. 
O‘zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosati asoslarining ishlab 
chiqilishi. Hozirda xalqaro hamjamiyat mustaqil O‘zbekiston diplomatiyasining 
dastlabki qadamlari, Markaziy Osiyodagi mavqeyi, mintaqa xavfsizligini 
ta’minlashdagi o‘rni alohida ekanini tan olmoqda. O‘zbekiston tashqi siyosatining 
ma’naviy yo‘nalishi, insonparvarlik, oshkoralik, qadrqimmat, o‘z imkoniyatlariga 
tayanish va insoniyatning yagona oilasida o‘z taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lishdir. SHu 
bois istiqlol yillarida mamlakatimiz 133 davlat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar 
o‘rnatgan, Toshkentda 45 ta xorijiy davlatning elchixonalari, 9 ta faxriy konsullik, 11 
ta xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat olib bormoqda. Mustaqillikni 
mustahkamlash, mamlakatimizning xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyoti ko‘p 
jihatdan xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi bilan bog‘liq 
edi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosat tizimi O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil may oyidagi “O‘zbekiston 
Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 
va 1994-yil mart oyida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar 
vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlari asosida shakllantirildi. 
1996-yil “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari 
to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 2012-yil sentabrda O‘zbekiston Respublikasining 
“Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi” e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasining 
Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi – bu davlat tashqi siyosatining prinsiplari va 
strategik ustuvor yo‘nalishlarini, xalqaro maydondagi maqsad va vazifalarini, 


69 
istiqbolda O‘zbekiston milliy manfaatlarini ilgari surish mexanizmlarini belgilab 
beradigan qarashlarning yaxlit tizimidir. 
“O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subektidir. 
Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch 
bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, 
boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va xalqaro huquqning umume’tirof 
etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi”. O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi 17-modda. 
Mazkur Konsepsiyada Markaziy Osiyo mintaqasiga alohida e’tibor qaratilgan va 
“O‘zbekistonning hayotiy muhim manfaatlari shu mintaqa bilan bog‘liq” ekanligi 
rasman e’tirof etilgan. Unda Markaziy Osiyo o‘zining muhim geosiyosiy joylashuvi 
va mineral xomashyo resurslarining ulkan zaxiralariga ega ekanligi tufayli jahon 
miqyosida kuchli e’tibor obektiga, yirik davlatlarning strategik manfaatlari 
to‘qnashadigan hududga aylanib borayotgani ta’kidlangan. SHuningdek, dunyoning 
yirik davlatlari tomonidan mintaqada olib borilayotgan o‘zaro raqobat inobatga 
olinib, “Markaziy Osiyo muammolari tashqi kuchlarning aralashuvisiz, mintaqadagi 
davlatlarning o‘zlari tomonidan echilmog‘i zarur”, degan fikr bayon etilgan. 
Konsepsiyada O‘zbekistonning tinchliksevar siyosat yuritishi, harbiy-siyosiy 
bloklarda ishtirok etmasligi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka 
aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qolishi ta’kidlandi. 
Tashqi siyosat tamoyillari. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy 
tamoyillari quyidagilardan iborat: mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar hamkorlik 
uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga 
sodiqlik; davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; 
boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; 
kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; inson huquqlari va erkinliklarini 
hurmatlash; ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning 
umume’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi; davlatning, xalqning oliy 
manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, 
hamdo‘stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish; tajovuzkor harbiy bloklar va 
uyushmalarga kirmaslik; davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro 
manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi; tashqi aloqalarni ham ikki 
tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan 
yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik kabilar ustuvor yo‘nalish sifatida 
belgilab olindi. 
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi. O‘zbekiston 
tashqi siyosatining etakchi yo‘nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil 
davlatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan do‘stlik, 
hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.
Mintaqadagi beshta davlat o‘rtasida o‘xshash jihatlar ko‘p. Tariximiz, 
madaniyatimiz, tilimiz, dinimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketganligi bu 


70 
mamlakatlar xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishning zaminidir. YAngi tarixiy 
sharoitlarda vujudga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar Markaziy Osiyo 
mamlakatlari xalqlarining kelib chiqishi, ularning tarixi, o‘ziga xos turmush tarzlari 
va yaqin qo‘shnichilik munosabatlariga har qachongidan boshqacharoq qarashni 
hayot taqozo eta boshladi. 1993-yilning yanvarida Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti 
Islom Karimov tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkent 
uchrashuvi tashkil etildi. Oliy darajadagi bu uchrashuvda Markaziy Osiyo 
Hamdo‘stligiga asos solindi. Besh davlat – Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, 
Tojikiston, Turkmaniston rahbarlari Hamdo‘stlik haqidagi bitimga imzo chekishdi. 
Buni mintaqa xalqlari zo‘r mamnuniyat bilan qarshi oldilar va qo‘llab-quvvatladilar. 
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1993-yil Qozog‘iston Respublikasining Qizil 
O‘rda shahrida, 1994-yil Nukus shahrida, 1995-yil Turkmaniston Davlatining 
Doshhovuz shahrida, 1995-yil yana Nukus shahrida Orol dengizi muammosiga 
bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazdilar va bu borada amaliy ishlar olib bora 
boshladilar. 1999-yil Turkmanistonning Ashxobod shahrida Orolni qutqarish Xalqaro 
jamg‘armasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda ekologik falokat mintaqasidagi 
vaziyatni barqarorlashtirish borasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama 
qilindi. Davlat rahbarlari o‘zaro hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro 
miqyosdagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar. 
2017-yilda O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 
O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan munosabatida yangi davr boshlandi. SHu 
yilning o‘zida Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston davlatlariga O‘zbekiston 
Prezidentining rasmiy tashriflari amalga oshirildi. 2018-yil mart oyida esa 
Tojikistonda oliy darajadagi uchrashuv amalga oshirildi. Bundan tashqari, 2017-yil 
Samarqandda BMT homiyligida “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, 
barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusida anjuman bo‘ldi. 
Unda 500 nafar xorijiy ishtirokchilar qatnashdi. 
O‘zbekiston – Qozog‘iston. O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan ikki tomonlama 
munosabatlari 1992-yil iyunda Turkiston shahrida O‘zbekiston Prezidentining 
Qozog‘istonga rasmiy davlat tashrifi paytida N.Nazarboev bilan I.Karimov 
tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi 
o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida mustahkamlanib 
bordi. Qozog‘iston Prezidenti N.Nazarboev 1994-yil yanvarda rasmiy davlat tashrifi 
bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Ikki Prezident O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida 
tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarning erkin o‘tib turishini nazarda 
tutuvchi hamda o‘zaro kelishilgan kredit, hisob-kitob, budjet, soliq, narx, boj va 
valuta siyosatini ta’minlash to‘g‘risida shartnomani imzoladilar. 1998-yil oktabrda 
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida abadiy do‘stlik shartnomasi imzolandi. 
O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining Toshkentda 2000-yil bo‘lgan 
uchrashuvida ikki davlat chegaralarini aniq belgilab olishga bag‘ishlangan uchrashuvi 


71 
bo‘ldi. Muzokaralar yakunida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Qozog‘iston 
Respublikasi Prezidentining qo‘shma bayonoti” imzolandi. 
2001-yil O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov rasmiy tashrif 
bilan Qozog‘istonda bo‘ldi. Ikki davlat Prezidentlari O‘zbekiston – Qozog‘iston 
davlat chegarasi to‘g‘risida SHartnomani imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi 
O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegarasining 96 % belgilab olindi. Qolgan 
qismini kelishuv asosida delimitatsiya qilishga kelishildi. 2002-yil O‘zbekiston 
Prezidenti Ostona shahriga tashrif buyurdi. “O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat 
chegaralarining alohida uchastkalari to‘g‘risida bitim” imzolandi va ikki mamlakat 
o‘rtasidagi chegaraga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o‘z echimini topdi. 
Qozog‘iston O‘zbekiston uchun Markaziy Osiyodagi muhim hamkorlardan biri 
hisoblanadi. 
2013-yil imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi 
o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma ham o‘ta muhim hujjatlar 
sirasiga kiradi. 2014-yil O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 
rasmiy tashrif bilan Qozog‘iston Respublikasida bo‘ldi. 2017-yil iyunda SHanxay 
Hamkorlik Tashkilotining Ostona sammiti munosabati bilan Prezident SHavkat 
Mirziyoev Qozog‘istonda bo‘ldi. 2017-yil sentabrda Qozog‘iston Prezidenti 
Nursulton Nazarboev rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. O‘zbekiston va 
Qozog‘iston prezidentlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi. 
SHavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboevni “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirladi. 
Hozirda Qozog‘istonda 550 mingga yaqin o‘zbek millatiga mansub, 
O‘zbekistonda esa bir millionga yaqin qozoq millatiga mansub xalq istiqomat qiladi. 
2017-yil Qozog‘iston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi paytida 2018-yilda 
Qozog‘istonda O‘zbekiston yili va 2019-yilda O‘zbekistonda Qozog‘iston yili 
o‘tkazilishi belgilandi. 
O‘zbekiston – Qirg‘iziston. O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan ikki tomonlama 
hamkorligi O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida 
do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam haqida shartnoma asosida yo‘lga qo‘yildi va 
rivojlantirilmoqda. Bu shartnoma Toshkentda 1992-yil Qirg‘iziston Prezidenti Askar 
Akaevning O‘zbekistonga rasmiy davlat tashrifi paytida imzolangan edi. 
Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1993-yil Qirg‘izistonga qilgan 
rasmiy davlat tashrifi paytida O‘sh shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 
1994–2000-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish to‘g‘risida 
Bayonot imzolandi. Bu hujjat ikkala respublikada ishlab chiqilgan milliy dasturlarni 
muvofiqlashtirishga, xomashyo va ishchi kuchidan, ilmiy salohiyatdan unumli 
foydalanishga qaratilgan edi. 1994-yil yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Qirg‘izistonda bo‘ldi. Rasmiy tashrif yakunida ikki davlat Prezidentlari tovarlar, 
xizmatlar, sarmoya, ishchi kuchlarining erkin yurishini, o‘zaro kelishilgan kredit, 
hisob-kitob, budjet, soliq, narx, bojxona va valuta siyosatini belgilovchi shartnomani 
imzoladilar. 


72 
2010-yil iyulda Qirg‘izistonda ekstremistik kuchlar tomonidan uyushtirilgan 
millatlararo qonli voqealar sharoitida O‘zbekiston 100 mingdan ortiq qochqinlarni 
o‘z hududiga qabul qildi. 
2017-yil O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlarida yangi sahifa ochildi. SHu 
yil sentabr oyida Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambaev taklifiga binoan 
Prezident SHavkat Mirziyoev Bishkekda bo‘ldi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston 
prezidentlari o‘z ichiga 85 foiz masofani qamrab olgan chegara to‘g‘risidagi bitimni 
imzolashdi. SHu munosabat bilan, aholining o‘tib-qaytishi uchun ikki davlat 
o‘rtasidagi 7 yil davomida yopib qo‘yilgan chegara postlar ochildi. 2017-yil dekabrda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning taklifiga binoan 
Qirg‘iziston Respublikasining yangi saylangan Prezidenti Sooranbay Jeenbekov 
rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy sohalarda 
hamkorlikka doir qator hujjatlar qabul qilindi. 
O‘zbekiston – Tojikiston. Tojikistonda 1992–1997-yillarda davom etgan 
birodarkushlik urushi Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir etdi, uning 
qo‘shni mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston bilan hamkorligiga ham salbiy ta’sir 
ko‘rsatdi. 
1997-yilda Moskvada Tojikistonning rasmiy hokimiyati bilan muxolifat kuchlar 
o‘rtasida tuzilgan milliy murosa haqidagi shartnomaga erishilgach, Tojikistonning 
qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalari yana tiklandi. O‘zbekiston Respublikasining 
Birinchi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 1998-yil yanvarda Tojikiston 
Prezidenti Imomali Rahmon O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi. Ikki mamlakat 
rahbarlari tashrif yakunlari bo‘yicha qo‘shma axborot imzoladilar. Ikki mamlakat 
hukumatlari o‘rtasida yuk tashish hamda gaz etkazib berish, Tojikistonning qarzi 
bo‘yicha o‘zaro hisob-kitob to‘g‘risidagi bitimlar ham imzolandi. O‘zbekiston 
Tojikiston hududidan o‘tgan transport kommunikatsiyalaridan foydalanib kelmoqda. 
O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi ham yil sayin ortib 
bordi. 
2017-yil O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlarida ham yangi sahifa ochildi. 
SHu yil may oyida O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev Saudiya Arabistoni 
poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan AQSH va arab-musulmon davlatlari 
sammitida ishtiroki doirasida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan ilk bor 
uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida ko‘plab manfaatli kelishuvlarga erishildi. 2017-
yilning aprelida 25 yillik tanaffusdan so‘ng Dushanbe va Toshkent o‘rtasidagi 
aviaqatnov yana tiklandi. 2017-yil aprelda Dushanbeda ikki tomonlama munosabatlar 
tarixida ilk bor O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning keng ko‘lamli 
ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. May oyining boshida esa tojik-o‘zbek munosabatlari 
tarixida ilk bor Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazildi. 
O‘zbekiston – Turkmaniston. 1991-yilda O‘zbekiston va Turkmaniston 
Prezidentlari 
uchrashuvida 
O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston 
Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolangan. 


73 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1996-yil yanvarda 
amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ldi. CHorjo‘y shahrida S.Niyozov bilan 
I.Karimov o‘rtasida va ikki mamlakat delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘ldi. 
Prezidentlar O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro 
yordam to‘g‘risidagi shartnomani, O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasida davlat 
chegarasini qo‘riqlashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi va suv xo‘jaligi masalalari 
bo‘yicha qator bitimlarni imzolashdi. 1991-yildan 2016-yilga qadar ikki mamlakat 
rahbarlarining 11 marta oliy darajadagi tashriflari amalga oshirildi. 
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikka oid dolzarb 
yo‘nalishlarni qamrab olgan davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajada 
imzolangan 150 dan ortiq xalqaro shartnomalar ikki mamlakat munosabatlarining 
mustahkam huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. 
YUrtimizda 2001-yilda tashkil etilgan Respublika turkman madaniyat markazi 
faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston hududida turkman millatiga 
mansub qariyb 170 ming aholi yashab, 44 ta maktabda turkman tilida ta’lim olib 
borilmoqda. Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning 2014-yil 
may oyida mamlakatimizga rasmiy tashrifi chog‘ida O‘zbekiston–Turkmaniston 
hamkorligini yanada rivojlantirish masalasida qator ikki tomonlama hujjatlar 
imzolandi. 
2017-yil 
SHavkat 
Mirziyoev 
Turkmaniston 
Prezidenti 
Gurbanguli 
Berdimuhamedov taklifi bilan ikki marta (mart, may oylari) Turkmanistonga tashrif 
buyurdi. Tashriflar davomida bir qator kelishuvlarga erishildi. 2017-yil mart oyidagi 
muzokaralar yakunida prezidentlar O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasida 
Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Ikki mamlakat vazirlik va 
idoralari o‘rtasida iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi va kimyo sanoati, temir yo‘l 
transporti, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik, hududlararo aloqalarni 
rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolandi. 2017-yil 6–7-mart kunlari O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev rasmiy tashrif bilan Turkmanistonda 
bo‘ldi. Bu SHavkat Mirziyoevning Prezident sifatida xorijiy mamlakatlarga qilgan ilk 
rasmiy tashrifi hisoblanadi. 

Yüklə 5,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin