O‘zbekistonning eng yangi tarixi


-mavzu: O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan



Yüklə 5,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/71
tarix20.11.2023
ölçüsü5,56 Kb.
#161992
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71
O\'zb eng yangi tar. majmua 2022 (3)

10-mavzu: O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan 
islohotlar 
Reja: 
1.
Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi: YAngi jamiyat qurishda ta’lim va 
tarbiyaning o‘rni va roli.
2.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul 
qilinishi.
3.
Ta’limning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar.
4.
Oliy ta’lim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda belgilangan vazifalar.
Mustaqillikning 
dastlabki 
yillarida 
ta’lim 
tizimi. 
Madaniy-ma’naviy 
rivojlanishning eng muhim poydevori – ta’lim tizimidir. CHunki zamon talablariga 
javob beradigan, ilg‘or fan-texnika, texnologiya yutuqlarini egallab olgan kadrlarni 
etishtirmasdan jamiyatni yuksaltirib bo‘lmaydi. 


56 
O‘zbekistonda 1992-yil 2-iyulda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bu 
dasturulamal hujjatda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta’lim 
tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog xodimlarning burch va mas’uliyatlari aniq 
belgilab berildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida 10 mingdan ortiq xalq ta’limi 
xodimiga davlat uylari, 22 mingdan ortiq xodimga esa tashkilot va muassasalar 
tasarrufidagi uylar bepul xususiylashtirilib berildi. 50 mingdan ortiq pedagog 
xodimga shaxsiy qurilish uchun er maydonlari ajratildi. Qishloqlarda istiqomat 
qiladigan pedagog xodimlarning hammasi kommunal xizmat uchun to‘lovlardan ozod 
etilgan bo‘lsalar, shaharliklar uning 50 foizi miqdorida to‘lab bordilar. Keyinchalik 
kommunal xizmat bo‘yicha bu imtiyozlar oylik maoshlariga qo‘shib beriladigan 
kompensatsiya bilan almashtirildi. 
1992-yildagi qonun asosida umumiy ta’lim quyidagi bosqichlar bo‘yicha amalga 
oshirila boshlandi. 
I bosqich – boshlang‘ich ta’lim (1–4-sinf); 
II bosqich – asosiy (tayanch) maktab (4–9-sinf); 
III bosqich – yuqori o‘rta maktab (10–11-sinf); 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil dekabrdagi qarori bilan 1-
oktabr – “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” deb belgilandi hamda bu kun bayram 
sifatida dam olish kuni deb e’lon qilindi. 1997-yildan boshlab har yili 1-oktabr 
«O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» sifatida nishonlanib kelinmoqda. 
O‘zbekistonda jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga 
munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqeyi, turar joyidan qat’i 
nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlandi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi siyosat 1997-
yil 29-avgustda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun hamda 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘z aksini topdi. 1996–1997-o‘quv yilidan 
boshlab maktablarning birinchi sinflarida o‘qish lotin alifbosida olib borildi. YAngi 
alifboda o‘qitish uchun zarur dastur, qo‘llanma va darsliklar yaratildi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga 
oshirildi.
I bosqich – 1997–2001-yillarda dasturni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 
huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratildi. 
Buning uchun davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda 65 milliard so‘m mablag‘ sarf 
qilindi.
II bosqich – 2001–2005-yillarni o‘z ichiga olib, milliy dastur keng miqyosda joriy 
etildi.
III bosqich – 2005-yildan bugungi kungacha. Bu bosqichda Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi natijasida erishilgan natijalar, to‘plangan tajribalar umumlashtirilib, shu 
asosda yurtimizda ta’lim tizimi takomillashtirilib borildi. 2009-yildan boshlab 
yurtimizda to‘liq 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi. 9 yillik umumiy o‘rta ta’lim 


57 
savodxonlik asoslarini, umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan bilim va 
ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. 
Bolalar birinchi sinfga 6–7 yoshdan qabul qilinadi. Umumiy o‘rta ta’lim kerakli 
bilimlar hajmiga asos soladi, mustaqil fi krlash, tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy 
tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki kasbiy yo‘nalish va navbatdagi ta’lim 
bosqichini tanlashga zamin yaratadi. Ta’lim tizimi O‘zbekiston Respublikasining 
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni asosida maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta 
maxsus ta’lim, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka oshirish va kadrlarni 
qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim shakllaridan iborat. Prezidentning 2004-
yildagi farmoni asosida 2004–2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat 
umummilliy dasturi qabul qilindi. Dastur doirasida yangi maktablar qurildi, 
boshqalari kapital ta’mirlandi; aniq va tabiiy fanlardan o‘quv laboratoriyalar zarur 
uskunalar bilan jihozlandi. Umumiy o‘rta, umuman, ta’limning barcha bosqichlarida 
yangi o‘quv dasturlari, davlat ta’lim standartlari yaratildi. Maktab darsliklari 
tamomila yangilandi hamda fan va amaliyot yutuqlari bilan boyitish bo‘yicha 
takomillashtirib borildi. Multimedia o‘quv adabiyotlari ham yaratilishi yo‘lga 
qo‘yildi. Respublikada faoliyat yuritayotgan 10 mingga yaqin maktablarning moddiy-
texnika ta’minoti ham davlat hisobidan amalga oshirildi. 
O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimining tashkil etilishi. O‘zbekiston 
Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq umumiy o‘rta ta’limning 
to‘qqiz yillik etib belgilanishi munosabati bilan to‘qqiz yillik maktabni tugatgan 
barcha o‘quvchilar ta’lim olishni o‘rta maxsus yoki kasb-hunar kollejlarida davom 
ettirdilar. Bu yangi ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tildi, ya’ni Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturining 1-bosqichi (1997–2001) doirasida amalga oshirildi. SHu 
davr mobaynida 300 ga yaqin yangi turdagi ta’lim muassasalari ochildi. O‘rta maxsus 
ta’lim sohasida viloyatlarda biznes maktablari, umumta’lim maktablarida kasb-hunar 
kurslarining ochilishi, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda yangi 
mutaxassisliklar (fermer, soliq va bojxona xodimi, audit va hokazo) kiritildi. Unga 
binoan, yurtimizda 1997-yildan boshlab hozirga qadar 1400 dan ortiq kasb-hunar 
kolleji, 200 ga yaqin akademik litsey bunyod etildi. Ular sohalar bo‘yicha mutasaddi 
tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalariga biriktirilishi tufayli bu bosqichda o‘quv 
jarayoni samarali tashkil etilib, kollej bitiruvchilarining ish bilan ta’minlanishiga 
e’tibor qaratilganiga qaramay, bu borada qoniqarli natijaga erishilmadi. 
2017-yilgi islohotlar. Ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar, 12 yillik 
ta’limni takomillashtirish yo‘lidagi tadbirlar kutilgan natijani bermadi. Yig‘ilib 
qolgan muammolar sohani tub isloh qilishni, dunyoning rivojlangan mamlakatlari 
tajribasidan foydalanish zarurligini taqazo qildi. 2017-yil umumta’lim va o‘rta 
maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida tub islohotlar yili bo‘ldi. Xalq qabulxonalari va 
Prezidentning virtual qabulxonasiga tushgan taklif va mulohazalar, shuningdek
respublika maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari o‘rtasida o‘tkazilgan 


58 
so‘rovnoma natijalaridan kelib chiqib, Prezident SHavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 
9+3, ya’ni 12 yillik majburiy ta’limdan 11 yillik ta’limga o‘tildi.
2017-yilning o‘zida 10-sinf o‘quvchilari uchun 9 mln. nusxa darsliklar chop etildi 
va 10 mingga yaqin umumta’lim maktabida 11 yillik ta’limga o‘tilgan holda o‘qitish 
tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni 
bilan barobar olib borildi. Bunda ota-onalar va o‘quvchilarning xohish-istaklari 
inobatga olindi. 
2016/2017-o‘quv yilida umumta’lim maktablarini tamomlagan 466 mingdan ortiq 
o‘quvchining 288 mingi 10-sinfda o‘qishni davom ettirdilar. Maktabgacha ta’lim 
tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir. Maktabgacha ta’lim, 6–7 
yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi. 
Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha 
axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. SHu bois, 
bolalarning sog‘lom va bilimli, etuk salohiyatli kadrlar bo‘lib voyaga etishida 
bog‘cha tarbiyasi juda muhim o‘rin tutadi. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim 
muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2017-yil 30-
sentabrda “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 
farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. YAngi 
vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahri 
maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlarning maktabgacha ta’lim 
boshqarmalari va ularning shahar va tumanlardagi bo‘limlari kiradi.
2017-yilda O‘zbekistonda 4916 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat 
yuritgan. Oxirgi 20 yil davomida bog‘chalar soni 45%ga kamaygan. Ayni damda 
bog‘chaga borayotgan bolalar umumiy bolalar sonining 30%- ni tashkil qiladi. 
Oliy ta’lim tizimi. Prezidentning 1992-yil fevraldagi farmoni bilan yana sakkizta 
viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi. 1992-yil martda 
viloyatlardagi pedagogika institutlari negizida Andijon Davlat universiteti, Buxoro 
Davlat universiteti, Termiz Davlat universiteti, Urganch Davlat universiteti, Qarshi 
Davlat universiteti tashkil qilindi. 
Eng zamonaviy ixtisosliklar bo‘yicha alohida universitet va institutlar, jumladan, 
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Navoiy kon-metallurgiya instituti, 
Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki 
ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi kabi o‘nlab yangi oliy o‘quv yurtlari 
tashkil etildi. Toshkent davlat elektrotexnika va aloqa texnikumi institutga 
aylantirildi. 1993-yil talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. 
Mamlakat qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan zamonaviy bilimlar sohibi bo‘lgan 
yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash maqsadida Toshkent Davlat Agrar 
universiteti, Andijon, Samarqand Qishloq xo‘jaligi, Qarshi Muhandislik iqtisodiyot, 
Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutlari ish boshladi. 


59 
Mamlakat viloyatlarida oliy universal ta’limni joriy etishda rivojlangan davlatlar 
tajribasiga suyanib ish tutildi.
1992-yil dastlab respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovii 
asosida o‘qishga qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan edi. 1993-yilda esa 46 ta oliy 
ta’lim muassasalarining 19 tasida tajriba tariqasida test sinovlari o‘tkazildi. 
1994-yil Davlat test markazi tashkil etilib, shu yildan boshlab oliy ta’lim 
muassasalariga test orqali qabul joriy etildi. 1996-yildan ta’lim olishda kontrakt-
shartnoma to‘lovi joriy etildi. 1997-yilgi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, 5 
yillik oliy ta’limdan 4 yillik bakalavriat va 2 yillik magistratura bosqichlaridan iborat 
ikki pog‘onali tizimga o‘tildi. SHuningdek, Mamlakat Prezidentining 2013-yildagi 
“YUridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga 
muvofiq yuridik institut universitet maqomida qayta tashkil etildi, 2014-yildagi qarori 
asosida Toshkent davlat stomatologiya instituti ta’sis qilindi.
2017-yildagi holatga ko‘ra, mamlakatimizda 80 dan ortiq oliy o‘quv yurti, 
jumladan, 19 ta universitet, 37 ta institutlar, 6 ta akademiya, 1 ta konservatoriya, 1 ta 
raqs va xoreografiya oliy maktabi, 13 ta OTMlar filiallari, 7 ta xorijiy davlatlar 
OTMlarining filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Malaka oshirish tizimi ham tubdan isloh qilindi. Xalq ta’limi va o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi muassasalari qatorida oliy ta’lim, tarmoq sohalarida kadrlarning 
malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari tamomila yangi bosqichga ko‘tarildi. 
Prezidentning 2015-yildagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog 
kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan 15 ta etakchi oliy ta’lim muassasalari 
– tayanch oliy o‘quv yurtlari sifatida belgilandi. 
Oliy ta’limda xalqaro hamkorlik. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga 
oshirilishi natijasida O‘zbekistonda nisbatan qisqa muddatlarda dunyoning etakchi 
davlatlarida ta’lim sohasida erishilgan ilg‘or yutuqlarni, milliy an’analarni o‘z ichiga 
olgan yangi modeli tashkil qilindi. 
Mustaqillik yillarida oliy ta’lim tizimida olib borilgan izchil islohotlar natijasida 
mamlakatimizda bir qator chet el universitetlarining filiallari ochildi. Jumladan, 
Buyuk Britaniyaning Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent shahrida M.V. 
Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya neft 
va gaz davlat universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Italiyaning 
Turin politexnika universiteti filiallari ish boshladi. SHuningdek, Toshkentda G.V. 
Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi va Janubiy Koreyaning Inha 
universiteti filiallari ham o‘zbek yoshlariga o‘z ta’lim sirlarini o‘rgatmoqdalar. 
YUrtimiz va xorijdagi o‘quv maskanlarida yuzlab iqtidorli yoshlar ta’lim olmoqda va 
o‘z malakasini oshirmoqda. Bunda xorijiy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama 
tajriba almashish yo‘lga qo‘yilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim darajasi bo‘yicha dunyoning rivojlangan 
mamlakatlari qatoriga chiqdi. YOshlarni jahon fani va bilimlari xazinasidan 


60 
bahramand qilishga katta e’tibor berilmoqda. Respublika o‘quv yurtlarining chet 
ellardagi o‘quv markazlari bilan aloqalari ancha mustahkamlandi. CHet ellik 
o‘qituvchilar va mutaxassislarni xorijiy tilda mashg‘ulot olib borish uchun taklif 
qilish, shuningdek, chet el o‘quv va ilmiy markazlarida xodimlarning malaka 
oshirishi va talabalarning o‘qishi kengayib bormoqda. Ayni vaqtda jahonning ko‘plab 
mamlakatlaridan kelgan xorijiy fuqarolar O‘zbekistonda ta’lim olishmoqda. 
2017-yilgi tub islohotlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-
fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2017–2021-yillarda oliy ta’lim tizimini 
tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada 
zamonaviylashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha 
manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan 
ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi. 2017–2018-yillar 
davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining etmishga 
yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi 
o‘zgarish va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi. Harakatlar Strategiyasida ta’lim 
va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlariga o‘tishda oliy ta’lim 
muassasalari faoliyati va samaradorligini oshirishdagi ustuvor vazifalar belgilab 
olindi. 
Ana shuni nazarda tutib, Prezident SH.M.Mirziyoev “YOshlarni mustaqil 
fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib dunyo 
miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib 
kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va 
imkoniyatlarini safarbar etamiz”, degan edi. 2017-yil 10 yildan ortiq vaqt 
mobaynidagi tanaffusdan keyin davlat va jamiyatdagi malakali kadrlarga bo‘lgan 
ehtiyojlar inobatga olinib, O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev tashabbusi 
bilan sirtqi ta’lim tizimi tiklandi, maxsus sirtqi ta’lim takomillashtirildi.
2017-yil 16-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy 
ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini 
takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq 2018–2019-o‘quv 
yilidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va 
amaliy san’at, musiqiy ta’lim, san’atshunoslik, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi 
ta’lim yo‘nalishlarida test sinovlari o‘tkazilmaydi. Masalan, O‘zbekiston davlat 
konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Kamoliddin 
Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy 
tarbiya instituti va alohida iqtidor talab etadigan ta’lim yo‘nalishlariga faqat ijodiy 
imtihonlar orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi. Tibbiyotga oid oliy ta’lim tizimida 
ham bir qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, tibbiyot sohasida bakalavriat 
ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 7 yildan 6 yil va tibbiy profilaktika yo‘nalishida 
6 yildan 5 yil etib belgilandi. 


61 
Test sinovlari shaffof va haqqoniy o‘tishini ta’minlash maqsadida, ushbu tizimni 
takomillashtirish hamda abiturientlar, ota-onalarga engilliklar tug‘dirish maqsadida 
mavjud tizimni isloh qilish talab etildi. 2018–2019-o‘quv yilidan boshlab test 
jarayonini bir kunda emas, 15 kun davomida o‘tkazish, natijasini esa imtihonning 
ertasiga e’lon qilish vazifalari qo‘yilgan. 
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim. 2012-yilga qadar aspirantura (3 yil) va 
doktorantura (3 yil)dan iborat bo‘lib, 2012–2017-yillarda bir bosqichli doktorantura 
faoliyat olib bordi. 2013–2017-yillar oralig‘ida faqat 360 ga yaqin tadqiqotchi 
doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Bu esa respublikadagi oliy ta’lim va ilmiy 
tadqiqot muassasalari uchun oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan 
ehtiyojni qondira olmadi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasini yanada 
takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini 
namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida hamda bir qator ilg‘or xorijiy 
mamlakatlarning xalqaro amaliyotini o‘rgangan holda 2017-yilning1-iyulidan 
boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi. 
Birinchisi – dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa 
doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura va 
ikkinchisi – dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori 
(Doctor of Sciense) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimidir. 

Yüklə 5,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin