13-mavzu: O‘zbekiston va jahon hamjamiyati
(2-qism)
Reja:
7.
O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan
tan olinishi.
8.
O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi va jahon hamjamiyatidagi o‘ziga
xos o‘rni. O‘zbekistonning MDH hamda SHHTdagi o‘rni va mavqeining oshib
borishi.
9.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari.
10.
O‘zbekistonning Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya, AQSH, Xitoy bilan istiqbolli
hamkorliklari.
74
11.
Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyohvandlik va odam savdosiga
qarshi kurashda O‘zbekiston Respublikasining faolligi.
12.
O‘zbekistonning SHHT bilan aloqalari.
O‘zbekiston – Rossiya. O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlik
masalalariga alohida e’tibor qaratdi. O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya
Federatsiyasi o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar va hamkorlik 1992-yil
imzolangan Davlatlararo munosabatlar, Do‘stlik asoslari to‘g‘risidagi shartnoma,
1998-yil imzolangan 1998–2007-yillar uchun iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish
to‘g‘risidagi shartnomalar asosida rivojlanib bordi.
Keyingi yillardagi O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarining yangi bosqichga
ko‘tarilishida 2004-yilda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya
Federatsiyasi o‘rtasidagi Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma muhim ahamiyat
kasb etdi. 2005-yilda Moskvada imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya
Federatsiyasi o‘rtasidagi Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma,
shuningdek, 2012-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakuniga ko‘ra qabul
qilingan “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida strategik
sheriklikni
chuqurlashtirish
to‘g‘risidagi deklaratsiya” ikki davlat o‘zaro
munosabatlarida alohida voqea bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘zaro munosabatlari va
hamkorligining yanada rivojlanishi va chuqurlashishiga 2013-yil aprelda O‘zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti
V.Putin o‘rtasidagi Moskva uchrashuvi yangi turtki berdi. Ushbu uchrashuv chog‘ida
davlatlarning keng qamrovli o‘zaro munosabatlaridagi hamkorlikni rivojlantirish
holati va istiqboli ko‘rib chiqildi. Har ikki davlat mustaqillikka erishgandan keyingi
davr ichida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 160 dan ortiq xalqaro shartnoma va 40
dan ziyod boshqa hujjatlar imzolandi.
2017-yil aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev rasmiy
tashrif bilan Rossiyada bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoevning
Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha siyosiy, savdo-iqtisodiy,
sarmoyaviy, harbiy-texnikaviy, migratsiya sohalari, shuningdek, mintaqalararo
hamkorlik, turizm va sog‘liqni saqlashga oid umumiy qiymati 16 milliard dollar
bo‘lgan 55 ta hujjat imzolandi.
O‘zbekiston – Xitoy. Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi
mustaqilligini 1991-yil 27-dekabrda tan olgan. 1992-yil yanvarda diplomatik
munosabatlar o‘rnatildi. O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi
o‘rtasida an’anaviy do‘stlik munosabatlari o‘rnatilgan. Bular ikki mamlakatga har
ikki tomonni qiziqtiruvchi ko‘plab masalalar bo‘yicha o‘zaro manfaatli va samarali
hamkorlik olib borish imkonini beradi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisining 2010-
yildagi O‘zbekistonga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil iyunda
Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.
Uchrashuvlar davomida hamkorlikning istiqbollari belgilandi. Buning yaqqol dalili
75
sifatida O‘zbekiston rahbarining Xitoyga tashrifi chog‘ida davlatlar rahbarlari
tomonidan “Strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma
bayonot” imzolanganini ko‘rsatish mumkin.
O‘zaro manfaatli hamkorlikning huquqiy bazasini 2005-yilda imzolangan
Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma, 2010-yildagi
Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlarini har tomonlama chuqurlashtirish va
rivojlantirish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, 2012-yildagi Strategik sheriklik
o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiya, 2013-yildagi Ikki tomonlama strategik
hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish haqidagi Qo‘shma deklaratsiya,
2014–2018-yillarga mo‘ljallangan Strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish
dasturi hamda 2016-yilda imzolangan Qo‘shma bayonot tashkil qiladi. Mazkur
hujjatlarning qabul qilinishi uzoq muddatli istiqbolda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi
munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
2017-yil 11–13-may kunlari Prezident SHavkat Mirziyoevning Xitoy Xalq
Respublikasiga davlat tashrifi O‘zbekiston – Xitoy munosabatlarini yangi bosqichga
ko‘tardi. Muzokaralar yakunida SHavkat Mirziyoev va Si Szinpin O‘zbekiston
Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi Qo‘shma bayonotni
imzoladilar. SHavkat Mirziyoev Xitoyga bo‘lgan tashrifi davomida umumiy qiymati
23 mlrd. dollar bo‘lgan 105 ta ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. 2017-yilning
o‘zida xorijiy mamlakatlar bilan 60 mlrd. dollarlik shartnomalar imzolangan bo‘lsa,
shuning 35 foizi, ya’ni 23 mlrd. dollari Xitoy ulushiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston – AQSH. O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma SHtatlari o‘rtasida
davlatlararo aloqalar mustaqillikning dastlabki yillaridayoq yo‘lga qo‘yildi. 1992-yil
fevralda AQSH davlat kotibi O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi va ikki davlat
o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi. 1992-yil martda Toshkentda birinchi bo‘lib
AQSHning elchixonasi ochildi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
Islom Karimovning 1996-yil iyunda AQSHda bo‘lishi O‘zbekiston va Amerika
munosabatlarini yangi pog‘onaga ko‘tardi. Islom Karimov AQSH Prezidenti Bill
Klinton bilan uchrashdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish,
tomonlar manfaatiga daxldor bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik masalalari
muhokama etildi. Bill Klinton AQSH ma’muriyati Markaziy Osiyo mamlakatlarining
mustaqilligi, barqarorligi va ravnaqidan manfaatdor ekanini, O‘zbekiston bilan qalin
munosabatlar o‘rnatishni istayotganini, O‘zbekistonning tezroq dunyo hamjamiyatiga
integratsiyalashuvi yo‘lida yordam berajagini ta’kidladi.
1996-yil O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi ochildi. O‘zbekiston davlati
delegatsiyasining AQSHda bo‘lishi chet el sarmoyasi uchun respublikada yaratilgan
shart-sharoitlar to‘g‘risidagi axborot taqchilligini bartaraf etdi. 2002-yil mart oyida
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshliq davlat
delegatsiyasi rasmiy davlat tashrifi bilan AQSHda bo‘ldi. AQSHni sinovli damlarda
qo‘llab-quvvatlagani uchun 2002-yil Islom Karimov Amerika jamoatchiligi
tomonidan “Xalqaro miqyosdagi lider” mukofoti bilan taqdirlandi.
76
2017-yil may oyida O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev Saudiya
Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan AQSH va arab-musulmon
davlatlari sammitida ishtirok etdi. Sammit doirasida SHavkat Mirziyoev va AQSH
prezidenti Donald Tramp ilk bor uchrashdi. Donald Tramp davlatimiz rahbari bilan
uchrashuvda O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar jarayonini yuqori baholadi.
SHu yil sentyabrda O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev BMTning 72-
sessiyasi munosabati bilan Amerika Qo‘shma SHtatlarida bo‘ldi va u erda istiqomat
qilayotgan bir guruh o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi. Prezidentimizning Amerika
Qo‘shma SHtatlariga tashrifi turli tarixiy voqealar va uchrashuvlarga nihoyatda boy
bo‘ldi. Prezidentimiz 19-sentyabr kuni BMTning Nyu-York shahridagi bosh
qarorgohida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan
uchrashdi. BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi doirasida mamlakatimiz,
xalqimiz uchun yana bir muhim ahamiyatga molik voqea bo‘lib o‘tdi. Birlashgan
Millatlar Tashkiloti binosida muazzam Registon maydonining maketi o‘rnatildi.
19-sentabr kuni Nyu-Yorkda Amerika Qo‘shma SHtatlari Prezidenti Donald
Tramp tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasiga tashrif buyurgan davlat va hukumat rahbarlari sharafiga rasmiy qabul
marosimi o‘tkazildi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat
Mirziyoev rafiqasi bilan ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn,
Xalqaro valuta jamg‘armasi farmoyish beruvchi direktori Kristin Lagard, Bolgariya
Respublikasi Prezidenti Rumen Rudev, Gruziya Bosh vaziri Georgiy Kvirikashvilini
bilan uchrashdi. Xalqaro valuta jamg‘armasi farmoyish beruvchi direktori Kristin
Lagardning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida
to‘xtalib, ularga O‘zbekiston renessansi, yangi uyg‘onish davrining boshlanishi
sifatida baho bergani ayniqsa diqqatga sazovordir.
O‘zbekiston Prezidenti, shuningdek, Jahon banki prezidenti Jim eng Kim bilan
uchrashdi. Davlatimiz rahbari tashrif davomida Amerika Qo‘shma SHtatlarida
istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz bilan ham uchrashib, samimiy
suhbatlashdi. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev O‘zbekiston va AQSH ishbilarmon
doiralari vakillari ishtirokida o‘tgan qabul marosimida ishtirok etdi. Vatandoshlar
ilm-fan, ta’lim, texnologiya, investitsiya va boshqa sohalarni rivojlantirish,
O‘zbekiston va AQSH muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha
o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi. SHavkat Mirziyoev ularga murojaat qilar ekan,
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga daxldor bo‘lish,
zamonaviy bilim va tajribalarni mamlakat rivojiga yo‘naltirishga da’vat etdi. Bugungi
kunda O‘zbekiston va AQSH strategik hamkor va sherik mamlakatlardir.
O‘zbekiston – YAponiya. O‘zbekiston o‘zining sharqiy yo‘nalishdagi tashqi
siyosatida Osiyo qit’asining YAponiya, Hindiston va Koreya Respublikasi kabi
mamlakatlari bilan davlatlararo munosabatlar va manfaatli hamkorlik aloqalarini
mustahkamlashga alohida e’tibor berdi. 1992-yil yanvarda o‘rnatilgan diplomatik
77
munosabatlar, 1994-yil may, 2002-yil iyul va 2011-yil fevralda YAponiyada hamda
2006-yil avgustda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan davlat rahbarlari o‘rtasidagi oliy
darajadagi uchrashuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi manfaatli va do‘stona aloqalarga
yangicha ma’no-mazmun bag‘ishladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2002-yilda YAponiyaga tashrifi doirasida
Bosh vazir Jun’itiro Koidzumi bilan uchrashuvida o‘zaro do‘stlik, strategik sheriklik
va hamkorlik to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonot imzolandi. Ushbu bayonot tomonlarning
hozirgi zamon xalqaro munosabatlardagi ko‘plab muammolar bo‘yicha qarashlari va
munosabatlari o‘xshashligi, shuningdek, ularning ikki mamlakat ko‘p qirrali
hamkorligini yanada kengaytirishga intilishlarini tasdiqlovchi rasmiy hujjat bo‘lib
qoldi. 2004-yilda Tokiodagi Soka universiteti hududida buyuk o‘zbek mutafakkiri
Alisher Navoiyga haykal o‘rnatildi.
O‘zbekiston Prezidentining 2011-yil fevralda YAponiyaga qilgan navbatdagi
rasmiy tashrifi davomida yuqori texnologiyalar sohasida ixtisoslashgan yirik
kompaniyalar bilan yapon texnologiyalari va investitsiyalarini O‘zbekistonning neft-
gaz, kimyo, energetika, mashinasozlik va to‘qimachilik sanoati kabi tez
rivojlanayotgan sohalariga jalb etishga qaratilgan qator bitimlar tuzishga erishildi.
2015-yil oktabrda YAponiya Bosh vaziri Sindzo Abening O‘zbekistonga tashrifi
doirasida O‘zbekiston va YAponiya umumiy qiymati 8,5 mlrd. dollardan ko‘proqni
tashkil qiladigan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
O‘zbekiston – Hindiston. Hindiston O‘zbekistonning yirik strategik hamkoridir.
1992-yil martda Toshkentda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida diplomatik
munosabatlarning o‘rnatilishi to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi. 2016-yilga qadar
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Hindistonga besh
marotaba tashrif buyurgan va birinchi rasmiy tashrif 1991-yilning avgustida amalga
oshirilgan edi.
1993-yil mayda Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao davlat tashrifi bilan
O‘zbekistonda bo‘ldi. Safar kunlarida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Hindiston
Respublikasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari to‘g‘risida”
shartnoma, savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida va boshqa bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1993-yilgi
Hindistonga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy, savdo va
ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida qator bitimlar imzolandi. 2006-yilda
Hindiston Bosh vaziri M.Singxning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2011-yil may oyida Hindistonga qilgan davlat tashrifi va
2015-yil iyunda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining O‘zbekistonga rasmiy
tashrifi hamkorlik munosabatlarini yanada yuqori pog‘onaga ko‘tardi. O‘zbekiston va
Hindiston o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarga xizmat qiluvchi 40 ga yaqin hujjatlar
qabul qilingan bo‘lib, ularning orasida eng muhimi – ikki davlat munosabatlarini sifat
jihatidan yangi darajaga ko‘tarishga qaratilgan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi
78
Qo‘shma bayonotidir. Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida Hindiston sarmoyasi
ishtirokida tashkil etilgan 60 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston – Koreya Respublikasi. O‘zbekiston Respublikasi va Koreya
Respublikasi o‘rtasida hamkorlik munosabatlarining rivojiga 1991-yil dekabrda
O‘zbekiston mustaqilligi tan olingan va ular o‘rtasida 1992-yil yanvarda diplomatik
munosabatlar o‘rnatilgan kunda asos solingan edi. Bu tarixiy sanalar ikki davlat
o‘zaro munosabatlarida faol siyosiy muloqot olib borish va har tomonlama o‘zaro
manfaatli hamkorlikning shakllanishi uchun yo‘l ochdi. O‘zbek-koreys o‘zaro
manfaatli hamkorlik munosabatlari ravnaqiga O‘zbekiston rahbarining Koreya
Respublikasiga 2012-yil sentyabrdagi tashrifi yangi turtki berdi. Uchrashuv
yakunlariga ko‘ra, Qo‘shma bayonot qabul qilinib, unda tomonlarning ko‘p tarafl
ama hamkorligi holatiga baho berildi va har tarafl ama munosabatlarning istiqboldagi
ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. 2014-yil iyunda Koreya Respublikasi Prezidenti Park
Geunhening O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasida Strategik
sherikchilikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risida Qo‘shma
deklaratsiya va moliya, investitsiya, muqobil energetika va madaniyat sohalarida
o‘zbek-koreys hamkorligini yanada chuqurlashtirish maqsadida qator hujjatlar
imzolandi. O‘zbekistonda Koreya investitsiyasi ishtiroki bilan 400 dan ortiq korxona
faoliyat olib bormoqda.
1992-yildan beri Toshkentda Koreya ta’lim markazi faoliyat olib bormoqda.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Samarqand davlat chet tillari
institutida Koreys tili va madaniyati markazlari faoliyat olib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Koreya Respublikasi
Prezidenti Mun CHje Inning taklifiga binoan 2017-yilning noyabrida Koreya
Respublikasiga rasmiy tashrif bilan bordi. Bu O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Koreya Respublikasiga tarixiy burilish yasovchi davlat tashrifi bo‘ldi.
Oliy darajadagi muzokaralarda o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari,
siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi
davlatlararo aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro
muammolar yuzasidan bitimlar imzolandi. O‘zbekistonning zamonaviy tashqi
siyosati faol, tashabbuskor va pragmatik tashqi siyosiy kurs olib borishni hamda
yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarga o‘z vaqtida va adekvat javob choralari orqali
echishni talab etadigan XXI asrning o‘ta shiddat bilan o‘zgarib borayotgan xalqaro-
siyosiy voqeliklarini inobatga olgan holda qurilmoqda. Bular O‘zbekistonning jahon
hamjamiyati bilan mustahkam aloqada bo‘lganligidan, har tomonlama manfaatli
hamkorlikni yanada chuqurlashtirib borayotganidan dalolat beradi.
Xalqaro hamkorliklar doirasida qabul qilingan hujjat va kelishuvlarni o‘z vaqtida
to‘liq bajarish maqsadida 40 ta “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va xorijiy
hamkorlarimiz bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston tashqi siyosatida
yangi industrial rivojlanayotgan mamlakatlar bilan yaqin munosabatlar va hamkorlik
o‘rnatish hamda rivojlantirishga ham katta e’tibor berilayotir. Bunday davlatlar
79
toifasiga to‘la ma’noda Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarini kiritish mumkin.
Janubi-sharqiy Osiyoning O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatidagi o‘ziga xos
o‘rni shu bilan belgilanadiki, bu mintaqa o‘nta rivojlanayotgan mamlakatni o‘z ichiga
oladi. Ular orasida ijtimoiy-iqtisodiy hayot darajasi va rivojlanish sur’atlari bo‘yicha
Indoneziya, Malayziya, Singapur va Tailand kabi mamlakatlar ajralib turadi.
Ularning mustamlaka muteligidan qutulgandan so‘ng to‘plagan siyosiy va ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar borasidagi tajribasi yangi mustaqil mamlakatlar uchun asqatishi
mumkin.
O‘tgan davr mobaynida davlat va hukumat rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan
rasmiy uchrashuvlar natijasi o‘laroq, o‘zaro anglashuv, do‘stlik va hamkorlik
to‘g‘risidagi shartnoma va bitimlarga erishilib, ular davlatlararo munosabatlarga
mustahkam poydevor yaratdi. Bularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi va
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va
madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik muvaffaqiyat bilan ravnaq topishiga
xizmat qildi.
Dostları ilə paylaş: |