83
qaytadan tayyorlanib, ularga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.
Jumladan, 11-sinfda
kasb ta’limi orqali 50 ga yaqin kasbni o‘rgatish bilan birga, “Tadbirkorlik asoslari”
fani ham o‘qitiladi. O‘quv dasturlari asosida 10-sinf o‘quvchilariga umumta’lim
fanlaridan 18 nomdagi darsliklar 7 tilda, jami 9 million 53 mingdan ortiq tirajda chop
etilib, joylarga etkazildi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarining
10-11-sinflari
o‘quvchilariga
kasbiy
ta’lim
berishga
ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori 10-11-sinf o‘quvchilarining ta’lim olishi bilan birga, ularga
kasb-hunar o‘rgatish, yoshlarning qiziqish va qobiliyatini
nazarda tutgan holda
kelajakda ularni ta’limni davom ettirishi yoki egallagan kasbi bo‘yicha mehnat
faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratish maqsadida qabul qilindi.
Kasb-hunar kollejlarida o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etildi. Kasblar
ro‘yxatini tayyorlashda hududlarning sharoiti hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
dasturlari inobatga olinib, mutasaddilar va ish beruvchi
tashkilotlar mutaxassislari
bilan birgalikda, real vaziyatni xolis baholagan holda ish olib borildi. YA’ni 11-sinf
o‘quvchisi maktabni tamomlagandan keyin egallagan hunari bo‘yicha o‘z ishini topa
olishiga jiddiy e’tibor qaratildi.
Oilada va kundalik turmushda hamisha zarur bo‘lgan kichik tibbiy hamshira,
oilaviy kichik hamshira, tarbiyachi yordamchisi, ijtimoiy soha kichik mutaxassisi,
dasturchi,
tarmoq boshqaruvchisi, veb-sayt dizayneri, kompyuter grafikasi
mutaxassisi va shu kabi boshqa kasblarning o‘rgatilishi jamiyatga, ham davlatga bir
xil naf keltiradi. E’tiborlisi, joylarda tashkil etilgan o‘quv-ishlab chiqarish
majmualarida kasblar murakkabligiga qarab 1 yoki 2 yil davomida o‘rgatiladi va
mehnat bozoridagi ehtiyojga ko‘ra kasblarning turi o‘zgarib turadi.
10-11-sinf o‘quvchilariga haftasiga bir kun 6 soatdan 2
yil davomida kasbiy
ta’lim o‘qitiladi. Bitiruvchilarga o‘rta ma’lumot to‘g‘risida attestat bilan birga kasb
malakasi bo‘yicha davlat namunasidagi diplom beriladi. SHu bilan birga,
o‘quvchilarda kasblarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, kasblar to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni uzluksiz etkazish maqsadida ular umumta’lim maktablarining 1-
sinfidan boshlab kasbga yo‘naltirilib boriladi. 8-9-sinflarda esa kasbga yo‘naltirish
alohida fan sifatida o‘qitiladi.
Ilgari 9-sinfni tamomlayotgan o‘quvchilarda qaysi kollejda o‘qishni davom
ettirish borasidagi savol ko‘ndalang turardi. Ba’zilari majburlikdan u,
yoki bu
kollejlarga “adashib” borib qolardi. Oxir oqibat ularning bilim olishida, ham
tarbiyasida salbiy holatlar paydo bo‘la boshlardi. Bu esa, o‘z navbatida, voyaga
etmaganlar orasida turli huquqbuzarliklar, jinoyatlar ortishiga sabab bo‘ldi.
Pedagog sifatida shuni ishonch bilan aytamanki, o‘quvchilar 11 yillik ta’lim
sistemasida
chuqur bilim oladi, bu ertamiz egalarining bilimli, kasb-hunarli bo‘lib
ulg‘ayishi, ma’naviyati, odob-axloqi, bo‘sh vaqti ustidan mahalla-ko‘y va
jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishiga keng imkoniyat yaratdi.