Reja mustafo Bafoyevning hayot yo'li. Kompazitorning qoldirgan ijodiy me’rosi



Yüklə 22,03 Kb.
səhifə1/5
tarix20.11.2023
ölçüsü22,03 Kb.
#165855
  1   2   3   4   5
Reja mustafo Bafoyevning hayot yo\'li. Kompazitorning qoldirgan i-hozir.org


Reja mustafo Bafoyevning hayot yo'li. Kompazitorning qoldirgan ijodiy me’rosi
Mustafo Bafoyev hayoti va ijod yo’llari

REJA
  1. Mustafo Bafoyevning hayot yo'li.




2.Kompazitorning qoldirgan ijodiy me’rosi.
3.Taniqli kompozitor Mustafo Bafoyev bilan suhbat.
Mustafo Bafoyev

(1946-y.)


Shashmaqom vatani bo‘lmish Buxoro musiqiy muhitida voyaga 

yetgan, 0 ‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, Abdulla Qodiriy


nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, kompozitor, dirijor, peda­
gog Mustafo Bafoyev - bastakorlikning o‘ziga xos yo‘lini tanlagan
ko‘p qirrali ijodkorlardan biri hisoblanadi. U 1946-yilda Buxoro
viloyati Kogon tumani Ganchkash qishlog‘ida, Bafo Vaxtadov
oilasida tug‘ildi. 1953-1960-yillari umumta’lim maktabida o‘qib,
badiiy havaskorlik to‘garagiga qatnashadi, g ‘ijjak chalishni mashq
qiladi. Uning musiqaga bo‘lgan ishtiyoqini payqagan ustozlar mu­
siqa bilim yurtida o‘qishini davom ettirishni maslahat beradilar.
1960-1964-yillarda Mustafoga Buxoro musiqa bilim yurtida,
g ‘ijjak ixtisosligi bo‘yicha tajribali pedagog Samehjon Vohidov,
Toshkent davlat konservatoriyasida esa, dotsent V.A.Belenkiy 

va professor M.Nasimovlar saboq berishadi. 1989-yili konser-


vatoriyani muvaffaqiyatli bitirgach, yosh mutaxassis Buxoro
davlat pedagogika institutiga yo‘llanma oladi. Bu yerda u ta-
labalarga saboq berish bilan birga musiqa ijodkorligi bilan ham
shug‘ullanadi. Bastakorlik sirlarini o‘rganish maqsadida Mustafo
Bafoyev 1972-yilda konservatoriyaga ikkinchi marta o‘qishga ki-
radi. Professorlar B.Giyenko sinfida kompozitsiya, A.Kozlovskiyda
cholg‘ulashtirish fanidan saboq oladi. 1977-1979-yillarda assistent-
stajerlik kurslarida kasb malakasini oshiradi. Ayni paytda Toshkent
davlat madaniyat institutida о‘zbek xalq cholg‘ulari kafedrasida
o ‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. 1980-yilda 0 ‘zbekiston radiosi qoshi-
dagi o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestriga dirijor lavozimiga ishga
taklif qilinadi. Keyinchalik u orkestming bosh dirijori va badiiy
rahbari vazifasida ishlay boshladi.
Kompozitor Mustafo Bafoyev talabalik davridan boshlab mu- 

siqaning turli shakl va janrlarida jozibali, ohangdor musiqiy asarlar


yarataboshlaydi.Uo‘zigaxosvabetakrormusiqiytildakuylaydigan
ijodkor sifatida shakllandi, uning yaratgan asarlari badiiy nafosati
bilan alohida ajralib turadi. Chunonchi: M.Bafoyevning talabalik
davridayoq yaratgan torli kvarteti 1973-yili Novosibirsk shahrida
ijro etiladi. Yoki Navoiy she’rlariga ovoz va fortepyano uchun
yozgan “Besh ruboiy” turkumi (1975-yil) Leningradda o‘tkazilgan
yosh kompozitorlar ijodigabag‘ishlangan festivalda ijro etilib, iliq
kutib olinadi, shuningdek, “Buxoronoma” (O.Xalil so‘zi) oratori-
yasi 1978-yilda Butunittifoq yosh kompozitorlari tanlovida 3-da-
rajali diplomga sazovor bo‘ldi.
Mustafo Bafoyev “Yettinchi jin” (L.Boboxonov asari), “Uzilgan
tor” (K.Amirov asari), “Zo‘ldir” (A.Ibrohimov pyesasi), “Radja”
(T.To‘la asari), “So‘nmas alanga” (R.Tagor pyesasi), “Sevgi ni-
dosi” (F.Jo‘rayev asari), “Buyuk ipak y o ‘li” (A. Sharipov asari)
singari musiqali dramalar, “Umar Xayyom” (O.Uzoqov libret-
tosi), “Ahmad al-Farg‘oniy” (J.Jabborov librettosi) operalari,
shuningdek, “U lug‘bek burji” (Y.Ismatova librettosi) “Nodira”
(Y.Ismatova librettosi), “Moziydan nur” (Y.Ismatova librettosi)
kabi telebaletlami ijod qiladi.
Shuni aytish joizki, M.Bafoyevning musiqiy asarlari nafaqat 

Respublikamiz balki, xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan festival


hamda simpoziumlari konsert dasturlarida muntazam yangrab
turibdi: Abu Ali ibn Sino tavalludining 1000 yilligiga bag‘ishlan-
gan konsert dasturida kompozitoming Ibn Sino ruboiylariga
bastalagan yakkaxon va akapella xori uchun 7 qismli “Poema-
freska” (1980-yili Toshkent va Moskva), Tojikistonda o ‘tkazilgan
0 ‘zbekiston adabiyoti va san’ati dekadasi konsert dasturida shoir
J.Kamol so‘ziga yozgan “Do‘stlik” vokal-simfonik poemasi
(1981-yili), Butun ittifoq musiqa festivalida J.Kamol so‘zi bilan
yaratgan “Ajab nozik” xor qo‘shig‘i (1983-yil mart oyida Tallin);
Muso al-Xorazmiy tavalludining 1200 yilligiga bag‘ishlangan
konsert “A1 Xorazmiy yulduz“ xoreografik miniaturasi (1983-
yil Moskvada); ikkinchi Xalqaro musiqashunoslik simpoziumi-
ning konsert dasturida “Maqom sadolari” xor-poemasi (1983-yil,
Samarqand); Armanistonda o‘tkazilgan xor san’ati festivalining
konsert dasturida “Bahoriya” (xalq so‘zi) yakkaxon goboy, urma
cholgular va xor uchun (1986-yili) yaratilgan; 0 ‘zbekiston adabi­
yoti va san’ati dekadasi konsert dasturida T.To‘la so‘ziga basta-
langan “Tanganali qasida poema” (1987-yil, Ukraina); uchinchi
Xalqaro musiqashunoslik simpoziumi konsert dasturida kamer
simfonik orkestri uchun bastalagan “Ibn Sino xotirasi” 2-simfoni-
yasi (1987-yil, Samarqand); Mirzo Ulug‘bek tavalludining 650
yilligiga bag4ishlangan konsert “Ulug‘bek burji” telebaletidan par-
cha (1994-yil, Samarqand); Amir Temur tavalludining 660 yilli­
giga bag‘ishlangan konsert dasturida “Kuy va qo‘shiqlar turkumi”
(1996-yil, Samarqand). 0 ‘zbekiston. kunlariga bag‘ishlangan tad-
birda “Buyuk ipak yo‘li” spektakli (1997-yil, Parij). Mazkur spek-
takl 1997-yili Samarqandda o‘tkazilgan “Sharq taronalari” birin­
chi Xalqaro musiqa festivalida; 1999-yili Toshkentda o‘tkazilgan
Xalqaro “Ilhom XX” musiqa festivali konsert dasturida dutor
va fortepyano uchun “Konsert-poema” va 2000-yilda Xalqaro
“Ilhom XX” musiqa festivalida fortepyano va milliy cholg‘ular
uchun 5 ta musiqiy manzara (“Alpomish” dostoni asosida), 2001-
yili shu festival konsert dasturida ovoz, kamer orkestr, xor, zarbli
asboblar va fortepyano uchun “Zikral-Haq” nomli konserti singari
mukammal asarlari ko‘gpina nufuzli anjumanlarda jarangladi.
Mustafo Bafoyev simfonik va vokal-simfonik janrlarda ham
samarali ijod qilib kelmoqda. U orkestr va xor jamoalari uchun:
“Shiroq haqidagi afsona” simfonik poema (1974); “Bayram”
simfonik uverturasi (1976); truba va simfonik orkestr uchun
“Konsert-rapsodiya” (1978); “Avitsenna” nomli kamer orkestr
uchun simfoniya №2 (1984); 1990-yil Hamzaga bag‘ishlangan
“Shoiming hayot sahifasi” nomli 3-simfoniya; 1991-yil Alisher
Navoiy tavalludining 550 yilligiga bag‘ishlangan “Movaroun-
nahr” nomli 4-simfoniya; “So‘g ‘dcha freska” (1992). Vokal-sim­
fonik asarlardan 1983-yil xor va simfonik orkestr uchun “Haya-
jonli poema” kantatasi (T.To‘la so‘zi); shoir J.Kamol so‘ziga badiiy
so‘z ustasi, yakkaxon xor va simfonik orkestr uchun “Toshkent haqi-
da qo‘shiq” nomli oratoriya; 1984-yil B.Boyqobilov so‘ziga yakka
xonanda xor va simfonik orkestr uchun “Toshkent - Sharq mash’ali”
poemasi; 1987-yil badiiy so‘z ustasi H.Olimjon so‘ziga, yakkaxon,
ayollar xori, urma, fortepyano, torli cholg‘ular uchun “Roksananing
ko‘z yoshlari” oratoriyasi; 1993-yil A.Oripov so‘ziga badiiy so‘z usta­
si, yakkaxon; xor, damli, urma, torli, fortepyano, milliy cholg‘ular
uchun “Hajnoma” oratoriyasi (mazkur asar videotelefilm qilin-
gan). 1995-yil yakkaxon, xor va simfonik orkestr uchun “Zar-
dushtiylar marosimi” oratoriya-baleti (Y.Ismatova librettosi).
Xor jamoasi uchun Uvaysiy so‘ziga “Maqom sadolari” poemasi
(1982); xor uchun “Sozlar nag‘masi” (1983); Y.Qurbon so‘ziga
yakkaxon va xor uchun “Yurak nidosi” turkumi (1985); Navoiy
so‘ziga “Holati Alisher Navoiy” 5-xor simfoniyasi (1991) kabi
qator asarlari shular jumlasidandir.
Shuningdek, kompozitor o‘zi rahbarlik qilgan D.Zokirov nomi- 

dagi o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri uchun turli janrlarda musiqiy


asarlar bastalab, jamoa repertuarini boyitib keldi. Qashqar rubobi
va orkestr uchun “Poema” (1980); “Bayram tantanasi” poemasi
(1981); orkestr uchun “Konsert” (1983); dutor va orkestr uchun
“Konsert-poema” (1989); Jomiy va Navoiyga bag‘ishlangan
ud va orkestr uchun “Poema” (1991); orkestr uchun “Zarafshon
to‘lqinlari” suitasi (1994); Navoiyning “Sabayi sayyor” dostoni
asosida yakkaxon, xor va orkestr uchun “Bahrom va Dilorom”
xoreografik poemasi (1998); “Alpomish” dostoniga bag‘ishlangan
8 ta musiqali manzara (1999); tanbur va orkestr uchun konsert
(1999); “Sug‘diyona”, “Buxorcha” (1999) nomli cholg‘u kuylarini
yaratdi.
Mustafo Bafoyev yaqinda 0 ‘zbekiston xalq shoiri Jumaniyoz
Jabborov librettosi asosida “Sevgi samosi” operasini yozdi. Buyuk
ajdodimiz Al-Farg‘oniy hayoti va ijodiga bag‘ishlab yaratilgan
ushbu asaming premyerasi 2008-yil 2-mayda Alisher Navoiy nomi-
dagi 0 ‘zbekiston opera teatrida bo‘lib o‘tdi. Asami tomosha qil-
gan taniqli san’at arboblari va shu sohaning yirik mutaxassislari
operaga yuqori baho berdilar. Operaning eng katta yutug‘i uning
musiqiy poydevori
mustahkamligida ekanligi, operada milliy
ohang butun asar davomida ustuvorlik qilganligi, asosiysi kom-
pozitor Mustafo Bafoyev badiiy mahoratining yuksakligini alo-
hida qayd etdilar.
Gap shundaki, biz ushbu ijodiy lavhamizda Mutafo Bafoyev
tomonidan turli janrlarda yaratilgan musiqiy asarlaming asosan
ro‘yxati ustida to‘xtalib o‘tdik. Maqsadimiz Mustafo Bafoyevning
ko‘p qirrali ijodkor ekanligini ta’kidlash edi. Shuni alohida ayt-
moqchimizki kompozitor Mustafo Bafoyev o‘ziga xos ohangsoz-
lik yo‘lini tanlagan ijodkordir.
Kompozitor jami 200 dan ortiq qo‘shiq va romanslar bastalagan.
Uning ijodkorlik, dirijorlik va jamoatchilik faoliyati Respub-
lika hukumati tomonidan munosib taqdirlandi. U “0 ‘zbekiston-
da xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” faxriy unvoni (1995-y.), A.
Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti (1997-y.) “Fidokorona xizmat-
lari uchun”ordeni (2008-y.) bilan mukofotlangan
  • UMRIM BEKATLARI


    Taniqli kompozitor Mustafo Bafoev
    bilan suhbat

Suhbatdoshimiz mashhur bastakor Mustafo Bafoev aslida bolaligida xonanda bo’lishni orzu qilardi. Avvaliga otasi, keyin musiqa bilim yurtidagi ustozi bunga qarshilik qilishdi. Taqdir esa uning qo’lidan yetaklab, musiqa san’atining katta olamiga olib kirdi. Avvaliga, sozanda, keyin bastakorlik bo’yicha ta’lim oldi. Bugun o’sha buxorolik bola otasining istagi bilan agronom yoki musiqa o’qituvchisi emas, balki atoqli bastakor, taniqli dirijyor bo’lib tanilgan, Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti laureati, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi unlari bilan munosib taqdirlangan va tom ma’noda, o’zbek madaniyati tarixida katta o’rin egallagan Shaxsga aylandi. Jahon sahnalarida yangragan simfoniya va operalarning, yuzlab musiqiy asarlarning muallifi bu e’tiborli maqomga umrning turfa bekatlarini bosib o’tib yetib kelgan.



Yüklə 22,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin