O‘zbekistonning eng yangi tarixi


YAngi bosqichning yangi imkoniyatlari



Yüklə 5,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/71
tarix20.11.2023
ölçüsü5,56 Kb.
#161992
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71
O\'zb eng yangi tar. majmua 2022 (3)

YAngi bosqichning yangi imkoniyatlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrda
 “
Professional 
ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingani ta’lim tizimidagi islohotlarning mantiqiy 
davomi bo‘ldi. Ushbu hujjatda nazarda tutilgan maqsadlar barchamizni quvontirdi, 
desam mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Farmonga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda Ta’limning 
xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg‘unlashgan yangi boshlang‘ich, o‘rta 
va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari 
joriy etiladigan ta’lim muassasalari tashkil etilib, mazkur dasturlar asosida tegishli 
kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari ro‘yxatlari tasdiqlandi. 
Bundan tashqari, Farmonga ko‘ra
,
jami 388 ta kasb-hunar kollejlari binolari 
tegishli ro‘yxatga asosan maktab sifatida foydalanilishi belgilandi. 
Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimida tegishli ta’lim 
dasturlari joriy etilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardan iborat 
professional ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi. 
Bunda: 
A) kasb-hunar maktablarida:
Maktablarning 9-sinf bitiruvchilariga 2 yillik kunduzgi ta’lim beriladi; 
Ta’lim olayotgan o‘quvchilar Davlat byudjeti hisobidan bazaviy hisoblash 
miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan 
ta’minlanadi. 
B) kollejlarda:
Kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga kasblar va 
mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda 
kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt 
asosida ta’lim beriladi. 
V) texnikumlarda:
Umumiy 
o‘rta 
ma’lumotga 
ega 
bo‘lgan 
shaxslarga 
kasblar 
va 
mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo‘lmagan 
muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda 
to‘lov-kontrakt asosida ta’lim beriladi; 
Texnikumlarni tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim 
yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim 
muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi. 
Xulosa o‘rnida aytganda, amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi yosh 
avlodning puxta va sifatli bilim olishiga davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan katta 
e’tiborning amaldagi ifodasidir. Zero, hech bir davlatda O‘zbekistondagidek bepul 
ta’lim tizimi mavjud emas. Bu islohotlarning tag-zamirida MUSTAQILLIK bergan 
cheksiz imkoniyatlardir. 


85 
Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g‘oyasi xalqimizning milliy tiklanishiga 
xizmat qildi. G‘oyaviy kurashlarda kunimizga yaradi. Xalqimizni birlashtirdi, 
buzg‘unchi g‘oyalar mohiyatini tushuntirdi. 2017 yildan boshlab O‘zbekiston o‘z 
taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichiga kirdi. Konstitutsiyamizga 
asoslangan, xalqimizning tub manfaatlariga javob beradigan O‘zbekistonni 
rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi amalda. Keyingi yillarda erishilgan yuksak 
marralar xalqimizni baxtli qilishga qaratilgan islohotlar samaralarini yaqqol 
ko‘rsatmoqda. 
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida 
oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat 
manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarurligi alohida ta’kidlandi. 
2019 yil 8 aprel kuni Prezidentimizning O‘zbekiston taraqqiyotining yangi 
bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-
tadbirlar to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilindi. 
Mazkur hujjat qabul qilinishining zarurati nimalarda namoyon bo‘ladi? 
Rivojlangan mamlakatlarda milliy g‘oya davlat maqsadlarini xalq maqsadlariga 
uyg‘unlashtiradi. “Bir hudud – bir xalq” e’tiqodini shakllantirib, mamlakatlar 
aholisini birlashtirgani, umumiy maqsad yo‘lida safarbar qilganiga misollar ko‘p. 
Ularning aksarida milliy g‘oya milliy qadriyatlarga bog‘lab singdirilganini ko‘ramiz. 
Masalan, “Tarix – sintoizm – konfutsiylik – samuraylik irodasi” qadriyatlari 
negizida yapon milliy g‘oyasi ishlab chiqildi. Odamlarga ishonch, rag‘bat berildi. 
Maktabning tarbiyaviy ishlar tizimi, g‘oyasi isloh qilindi. Uyushgan millatning juda 
qattiq mehnati o‘laroq, dunyo “YApon mo‘‘jizasi”ning guvohi bo‘ldi. Xitoyda ham 
milliy zaminga – Konfutsiy ta’limotiga murojaat qilindi. Konfutsiy merosidan diniy 
ta’limot emas, balki axloqiy (xulq uchun) asos sifatida foydalandi. YOshlar tarbiyasi 
“Ona Vatanga xizmat qilish va sodiq bo‘lish” g‘oyasi asosida tashkil etildi. 
YOshlarga shaxsiy va milliy manfaatlarni uyg‘un tutish o‘rgatib borildi. 
AQSHda davlat mafkurasi yo‘q, deb hisoblanadi. Ammo amerikaliklarning 
ma’naviyatini o‘rgangan olimlar AQSH kabi mafkuralashgan davlatni topish qiyin
deyishadi. AQSHda mafkura vazifasini “Amerika orzusi” (American Dream) 
bajarmoqda. U Amerika davlatining oliy qadriyatlari yig‘indisi, millatning ma’naviy 
onasi deb tushuniladi. “Amerika orzusi”ning asosiy tushunchalarini shaxs erkinligi, 
erkin tadbirkorlik, demokratiya, muvaffaqiyatga erishishga qaratilgan mehnat tashkil 
qiladi. Amerikaliklar mafkura bo‘lmasa, davlat boshqaruvida tizimlilik bo‘lmaydi, 
tizimsiz esa samarali siyosat bo‘lishi mumkin emas, deb hisoblashadi. SHu bois, 
amerikalik davlat arboblaridan biri U.Sefayr “Agar Amerika tuzumi – skelet bo‘lsa, 
amerikancha orzu – uning qalbidir“ degan edi. 
Janubiy Koreyada ham milliy g‘oya xalqning milliy o‘zligiga va yoshlar 
tarbiyasiga qurildi. Maktabda milliy g‘oya yoshlar ongiga urf-odatlar, axloqiy ideallar 
orqali singdirib borildi. YOshlarni hayotga tayyorlashda oila, maktabgacha ta’limga 


86 
alohida e’tibor qaratildi. Hozir ham koreys oilalarida umumiy byudjetning ellik olti 
foizi bolaning ta’lim-tarbiyasi, inson kapitali – Human Capital uchun sarflanmoqda. 
Mamlakatimizda milliy g‘oyaga yangi davr, millatimiz tarixining yangi bosqichi 
talablaridan kelib chiqqan real talablar qo‘yilmoqda. 

Yüklə 5,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin